DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#hamkorlik

🔰2024-yil 11-may kuni Turkiyaning Turk Dil Kurumu bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida ilmiy hamkorlik doirasida kelishuv memorandumi imzolandi.

🔰Ushbu protokol Turk Dil Kurumu rahbari Prof. Dr. Usmon MERT, Markaz direktori dots. Dr. Inomjon Azimov va Jamg‘arma direktori dots. Dr. Azizjon Eminovlar tomonidan imzolandi.

🔰Memorandum o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida ilmiy tadqiqot masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ko‘maklashish va mustahkamlash maqsadida tayyorlangan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

JIYAK


1 Do‘ppi, to‘n vа sh.k. ning chetigа tutilаdigаn mахsus ensiz tаsmа.

U [Bоltа аrаvаkаsh] do‘ppisining jiyagini qаytаrib, shоhi belbоg‘ bilаn bog‘lab оlgаn. K.Yashin, Hamza.

2 Birоr nаrsаning gir аtrоfi, cheti.

Jiyaklаridа bоychechаklаr o‘sib yotgаn nаm so‘qmоqdаn оq оtli yo‘lоvchi jаdаl ketyapti. Sh.Хоlmirzаyev , Оq оtli.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#taqdimot

🔰Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlar markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Elchin IBROHIMOV “TURKIY XALQLARNING UMUMIY ALIFBOSI, IMLOSI VA MULOQOT TILI” nomli kitob (monografiya) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰Ushbu monografiyada turkiy xalqlar o‘rtasida alifbo islohotlari yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, XX asr boshidan bugungi kungacha davom etib kelayotgan jarayonlar, turkiylar o‘rtasida umumiy muloqot tilini shakllantirish maqsadida alifbo, imlo masalalarini yechish kabi muammolar ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan.

🔰Kitobda turkiy xalqlarning umumiy va mushtarak alifboga o‘tish yo‘llari belgilanib, ko‘rib chiqilayotgan yangi alifboda turkiy tillarning mushtarak tovushlariga tavsiya etiladigan umumiy harflar, umumiy muloqot tili uchun imloning bugungi kundagi dolzarbligi o‘z ifodasini topdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#maʼnodoshlar / #sinonimlar

Boqiy soʻzining maʼnodoshlari:

- abadiy,
- mangu,
- umrbod,
- umrbodga,
- toabad,
- ilalabad,
- mudom,
- doimiy,
- muntazam,
- uzluksiz,
- toʻxtovsiz,
- cheksiz,
- chegarasiz,
- hadsiz.


Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#mutolaa

✔️“JADID”
gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

📥Yuklab olish (2024-yil, 21-son)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram