DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.59K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.34K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#seminar

🔰Hokimlarning davlat tili bo‘yicha maslahatchilari uchun seminar o‘tkazildi.

🔰Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 2-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman(shahar) hokimlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔰Seminar davomida Davlat tili va geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, fikr-mulohazalar almashildi. Galdagi vazifalar belgilab olindi.

🔰Seminar ishtirokchilariga Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov joriy yilning 11 oyida viloyatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Yakkasaroy hokimligining 11 nafar xodimiga sertifikat topshirildi

Bugun Yakkasaroy tumani hokimligining zalida tadbir bo‘lib o‘tdi.

➡️ Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdumuxtor Malikov, hokim o‘rinbosarlari hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda hokimlik xodimlari ishtirok etdilar.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida Yakkasaroy tuman hokimligi xodimlarini o‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv tashkillashtirilgan edi.

🔼 O‘quv yakunida 11 nafar hokimlik xodimlariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari topshirildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqollar_taʼrifi

Laqmaning kallasi — tarozining pallasi

Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: laqma — har narsaga darrov ishonaveradigan, osongina aldanadigan, goʻl, sodda odam. Laqmaning kallasi tarozining pallasidek ogʻir tarafga ogʻib ketaveradi, yaʼni u kim nima desa, shunga laqqa ishonib ketaveradi.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 82-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Iqror" she'ri. Rustam Mirvohid
2. "Shaydo etib kel" qo‘shig‘i. O‘lmas Saidjonov
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🍀 "Bir tilning chegarasi qisqargan sari uning kuchi ham kamayadi, bir tilning imkoniyatlari qisqargani sari u tilda gapirayotgan insonlarning, davlatning ham imkoniyatlari kamayib boradi".

🎙Abdukarim Mirzayevning til bayramida so‘zlagan nutqidan.

👉To'liq video

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#etimologiya

ISH
‘mehnat faoliyati’. Paxta dalalarida ish qaynaydi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli i:sh tarzida talaffuz qilingan. O‘sha davrlardayoq i: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan: i:sh > ish.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 83-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Jonim Vatan" she'ri. Sirojiddin Sayyid
2. "Jigarlarim" qo‘shig‘i. Dildora Niyozova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

🔰 O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.
Abdulla Qodiriy


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

📝O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi va Vazirlar Mahkamasining 776-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Yashnobod tumani hokimi maslahatchisi O. Bekmurodova, “Aviasozlar” dehqon bozori mas’ul xodimi N. Norxo‘jaev tomonidan “Aviasozlar” dehqon bozori hududida joylashgan tadbirkorlik obyektlaridagi tashqi yozuvlar, reklamalar, peshlavhalar, ko‘rsatkichlarning xato va kamchiliklarni aniqlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔖O‘rganish davomida bir qator tashqi yozuv, reklama va peshlavhalardagi qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlarga ogohlantirish va muhim tavsiyalar berildi.

⚠️Davlat tilining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari Yashnobod tumani hududi bo‘ylab davom etadi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook