DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
9.8K photos
2.26K videos
13 files
6.16K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#joy_nomlari_tarixi📍

XOʼJАILMKONI – Kitob tumanidagi mahalla va qishloq nomi. Bu bo`yicha bahsli fikrlar bor. Masalan, mazkur nomi rasmiy hujjatlarda Xoʼjailmkoni deb yuritilgan qishloqni mahalliy aholi Xoʼjaimkana deb aytsa, ayrim manbalarda Xoʼjaemkanagiy, Xoʼjaqishloq tarzida berilgan.

🟢 Jurnalist Salohiddin Isomiddinovning maqolasida qishloqning qadim madaniyati, bu yerda ulkan kutubxona, madrasa, xonaqoh boʼlganligi nazarda tutilib, Xoʼjailmkoni deb atash joiz, deyilgan.

🟢Аhad Berdievning “Kitob haqida kitob” kitobida “Xoʼjailmkoni" asli nomi "Xoʼjaemkanagiy”, arabiyda “e” boʼlmagani uchun “i” deb talaffuz qilingan, Xoʼjaemkanagiyning oʼzagi -em, -emchi”, degan fikr bildirilgan.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#joy_nomlari_tarixi📍
TEVABOSHI — Kitob tumanidagi mahalla va qishloq nomi. Bu nom haqida ham turli fikrlar yuradi.

🟢Mehnat faxriysi Faxriddin Hisomovning yozishicha, Katlos qishlogʼi aholi koʼpayishi natijasida bir qism oilalar qishloq yonboshidagi tepalikka koʼchib oʼtgan va yangi qishloqni Tepaboshi deb aytgan va keyinchalik Tevaboshi boʼlib ketgan.

🟢Qishloq nomi Tuyaboshi shaklida ham qoʼllanilgan. Mahalliy aholi vakillari bu haqda Katlos qishlogʼiga bozor uchun kelgan tuyalar karvoni shu yerda toʼxtab, dam olgani, ehtimol, qishloq nomining kelib chiqishi shunga aloqador boʼlishi mumkinligini aytishadi.

🟢Toʼra Nafasovning “Oʼzbekiston toponimlarining izohli lugʼati” (180-bet) kitobida yozilishicha, Tuyaboshi-tuva-teva soʼzining tovush oʼzgarish shakli – tuya, tuyaboshi-tepaning usti, doʼnglikning yuqori tomoni, degan maʼnoni ifodalaydi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Kitob tumani hokimligi| RASMIY (Qahramonjon Oqilov)
#joy_nomlari_tarixi📍
MАKRID – Kitob tumanidagi mahalla nomi.

🟢Toʼra Nafasov kitobining 111-112 betlarida "Makrid" soʼzining kelib chiqishi haqida yozilgan. Jumladan,–makrit💬markit💬mirkit💬merkit💬etnonim, deyilgan.

🟢Rashididdin “Jome-at-tavorix”da bu etnonimni moʼgʼul qabilasi, deb koʼrsatgan Noʼgʼay, boshqird, qirgʼiz, turkmanlar tarkibida ham markit urugʼi bor. Janubiy oltoy va teleutlarning merkit urugʼi borligi maʼlum.

🟢Markitlar XIII asrda Chingizxon qoʼshinlariga qarshi kurashgan va yengilgan. Soʼngra ular XIII asrda nayman, qoraxitoylar bilan birgalikda gʼarbga–Dashti Qipchoq choʼllariga siljigan. Dashti Qipchoqda oʼrnashgan markitlar keyinchalik oʼzbek, qozoq, qirgʼiz, turkmanlar tarkibiga qorishib ketgan. Oʼzbeklar tarkibiga singishib ketgan markitlar nomi oykonimga aylangan. Etnonimda "rk">"kr" metateza hodisasi, "ye">"a" tovush oʼzgarishi yuz bergan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitob tumani hokimligi| RASMIY (Qahramonjon Oqilov)
#joy_nomlari_tarixi📍

MATMON —"Kuhsor" mahallasidagi qishloq nomi. Bu nomning ham qiziq tarixi bor.

🟢Rivoyat qilishlaricha, karomatgoʼy avliyo Shayx Hajjoj oila aʼzolari bilan Panjikentning Mogʼiyon hududidagi Obiborik (Ingichka suv) qishlogʼiga koʼchib keladilar. Shayxning Boyazid (Hazrati Mullo) ismli oʼgʼillari, Hazrati Mulloning Shayx Sobiri Parranda va Shayx Hisomiddin Darranda ismli farzandlari boʼlib, bu ikki farzand Kitob tumanidagi Sumak qishlogʼini manzil-makon qilishadi. Umri oxirlashib qolganida Hazrati Mullo oʼgʼillaridan xabar olgani Sumak qishlogʼida keladilar. Besh-oʼn kun oʼgʼil va nabiralar huzurida mehmon boʼlib, ota makoni Obiborikka qaytayotganlarida hozirgi Matmon qishlogʼida vafot etadilar. Jasadni dafn etish ustidan tortishuv boʼladi. Shu payt oʼlikdan sado chiqib: “Mani mon”, deydi. Tojik tilidagi bu soʼzlar “Meni shu yerga qoʼyinglar”, degan maʼnoni bildiradi. Shundan keyin Hazrati Mullo dafn etilgan manzilda qishloq paydo boʼlib, nomi Manimon, keyinchalik Matmon boʼlib ketadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Лола УРОКОВА
#joy_nomlari_tarixi📍
SАNАM – Kitob tumanidagi mahalla va koʼchaning nomi.

🟢Sanam ilgari qishloq boʼlgan va keyinchalik shahar tarkibiga kirib, mahallaga aylangan. Mahalla nomining tarixi boʼyicha sanamliklar orasida turli rivoyatlar yuradi.

🟢Rivoyatlardan birida aytilishicha, Sanam Kitob begi qizining ismi boʼlgan. Sariqtepa tepaligida qorovullikda turgan sarboz yigit qizni Oqsuv daryosi boʼyida koʼrib, yoqtirib qoladi va olib qochib toʼgʼri amirning huzuriga boradi. Аmir avval qoʼriqlab turgan joyini tashlab ketgan sarboz yigitni 50 darra urdiradi va keyin dunyoda muhabbatdan qudratli narsa yoʼqligini aytib, ikki yoshning toʼyini oʼtkazishni buyuradi. Noiloj qolgan bek qizini sarbozga nikohlab beradi va hech kim ular bilan gaplashmasin, deb buyuradi. Yakkalanib qolgan yoshlar Oqsuv daryosi yaqinidagi ovloq joyda oʼzlariga boshpana qurishadi. Yigit daryodan ariq tortib, suv keltiradi. Аsta-sekin atrofga boshqalar ham koʼchib kelib, kimsasiz joy qishloqqa aylanadi va Sanamqishloq deb ataladi.

🟢Boshqa rivoyatda aytilishicha, tanobchilar qishloqlardan soliq yigʼishganida bir qishloq qolib ketib, soliq kam chiqadi. Ular hududni qayta aylanib, Oqsuv boʼyidagi qishloqni topib olishadi va: “Ey, sanam qishloqmi?”, deyishadi ovora boʼlganlaridan ranjib. “Sanam qishloqmi?”, degan soʼzlardagi “Sanam” qishloq nomiga asos boʼlgan, deyilgan.

🟢Toʼra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida esa Sanam mahallasi nomi togʼ, qalʼa nomidan olingan boʼlishi mumkin, degan taxmin berilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
#joy_nomlari_tarixi📍
KO‘SAM – Kitob tumani "Obod" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Qishloq nuroniylari, ziyolilari Ko‘sam nomini sahoba Qusam ibn Abbos nomiga bog‘lashadi. Qishloq dastlab Ko‘sam ota deyilgan, keyinchalik Ko‘samga aylangan Qishloq qabristoni hozirgacha Ko‘sam ota deyiladi.

🟢Professor To‘ra Nafasovning ”O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati” kitobida xalq dostonlarida “kusam sarka” birikmasi ko‘plab ishlatilishi, bunda kusam so‘zi yirik gavdali degan ma’noni anglatishi, jo‘ssali kishilarga nisbatan ham bu so‘z qo‘llanilishi aytilgan.

🟢Bundan tashqari, kitobda kusam o‘zbeklarning kesamir qabilasi nomining soddalashgan shakli, degan fikrlar bor, deyiladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
#joy_nomlari_tarixi📍
QUSHBOSHI – Kitob tumani "Obod" mahallasidagi qishloq.

🟢Qishloq nomi ikki xil izohlanadi. Og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan rivoyatlarga ko‘ra nom tarixi temuriylar davriga borib taqaladi. Aytishlaricha, Amir Temur asosiy qo‘shinlarini shu qishloqda to‘plagan, dastlab qishloq nomi Qo‘shinboshi deyilgan. Tovush tushishi va almashishi sababli Qushboshi bo‘lib ketgan.

🟢Ikkinchi talqin shundan iboratki, qishloq aholisi chorvachilik bilan shug‘ullangan va chorva mollarini erta bahorda tong sahardan tog‘ yon bag‘irlariga haydab boqqan. Qo‘yiroqda joylashgan qishloqlar podalari ular ortidan haydalgan. Shuning uchun Qo‘shboshi deb nomlangan, vaqt o‘tib, “o‘” harfi “u” ga aylangan va Qushboshi bo‘lgan, degan fikrlar ham bor.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬
Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Forwarded from Лола УРОКОВА
#joy_nomlari_tarixi📍
BЕSHKALTAK–"Qorabuloq" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Qishloq nomining tarixi bo‘yicha shu qishloqda yashovchi Ruxsora Sanayeva qiziq rivoyatni keltiradi. Emishki, osmondan beshta tug‘ kelib, tepalikka, qadalib qolgan. Odamlar tug‘larga qizil mato bog‘lab, belgi qilib qo‘yishadi va qishloqni Beshtug‘ deb atashgan. Vaqt o‘tib, qizil mato tug‘lardan uzilib, tayoqlarning o‘zi qoladi. Shundan qishloq nomini Beshkaltak deyishgan.

🟢Professor To‘ra Nafasov esa etnik mansublik qishloq nomi yaralishiga asos bo‘lgan, ya’ni, Beshkaltak–qo‘ng‘irotlar qo‘shtamg‘ali bo‘limiga mansub kal urug‘ining bir tarmog‘i, deydi. Kenagaslarda ham beshkaltak urug‘i bo‘lgan.

🟢Akademik K.Shoniyozovning tadqiqiga ko‘ra, beshkaltak qipchoqlarga xos urug‘ bo‘lib, kishi laqabi asosida paydo bo‘lgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬
Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
#joy_nomlari_tarixi
Otauba – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi ovul fuqarolar yig‘ini nomi. Ovulning o‘z tarixi bor.
Taxminan 1870-yillarda hozirgi Turkmanistonning Lebap viloyatidan turkmanlarning “Ata” urug‘i Amudaryodan o‘tib, shu hududga ko‘chib kelgan.
Bu so‘zning etimologiyasi “Ata+uba” shaklida izohlanib, “ata” turkman urug‘ining nomi, “uba” turkmancha “qishloq”, ya’ni “ata” urug‘ining qishlog‘i” degan ma’noni anglatadi.
Forwarded from Лола УРОКОВА
#joy_nomlari_tarixi📍

XOʼJАISPАROZ– Kitob tumani Oqsuv mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Tarkibi xoʼja va isparozdan iborat. Nosirjon Oxunovning Joy nomlari taʼbiri” kitobida yozilishicha, xoʼja musulmon mamlakatlarida oqsuyaklar tabaqasi sifatida sayidlardan keyin turib, maʼlum imtiyozlarga ega boʼlgan shaxs hisoblanadi.

🟢 Professor Toʼra Nafasovning yozishicha, soʼzning isparoz/isparaz/isparas qismini tarkibiy boʼlaklarga ajratish qiyin. Bosh qismidagi is soʼzi Iskana (Kitob), Isfara (Fargʼona), Isfayromsoy (Sirdaryoning irmogʼi) kabi nomlarning bosh qismidagi soʼzga oʼxshash. Maʼnosi aniqlanmagan. Joy maʼnosidagi iston soʼzining oʼzgargan shakli boʼlishi mumkin. Soʼz oxiridagi paroz/paraz, paras soʼzi baraz soʼzining oʼzgargan shakli, sugʼd tilida kichik baland degan maʼnoni bildiradi, deyilgan.

🟢Mahalliy aholining fikricha, Xoʼjaisparozdagi paroz/paraz, paras soʼzi parvoz soʼzining oʼzgargan shakli, yaʼni Xoʼjaparvozdir. Chunki qishloqdagi Oqsuv ziyoratgohida karomatgoʼy avliyo Shayx Shamsiddin Parrandaning qabrlari boʼlib, u kishi haqida el orasida juda koʼp rivoyatlar yuradi. Rivoyatlardan birida aytilishicha, Shayx Shamsiddin Parranda namozning sunnatini qishloqda, farzini Makkada oʼqiganlar. Yaʼni parrandalik (uchish) xislati bor avliyo boʼlganlar. Shuning uchun keksalar qishloq nomi aynan avliyo ota bilan bogʼliq, deyishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube
#joy_nomlari_tarixi📍

SURUM– Kitob tumanidagi mahalla va qishloq nomi.

🟢Ilgari qishloq nomini Yomonchi deyishgan.

🟢Toʼra Nafasovning “Oʼzbekiston toponimlarining izohli lugʼati” kitobida yozilishicha, yomon (jomon) urugʼning nomi boʼlib, Yomonchi shu urugʼga mansub kishilar yashaydigan joy, degan maʼnoni bildirgan. Yomonchi bilan bir paytda qishloq nomi Surum ham deb yuritilgan va keyinchalik Surum deb ketilgan. Surum soʼzini Toʼra Nafasov surilgan joy, togʼ koʼchkisi yuz berib, yerning yuza qismi yuqoridan qoʼyi tomonga surilib tushgan joy tarzida izohlash hollari mavjud, deydi. Biroq tumandagi mazkur qishloq togʼ hududida joylashmagan.

🟢Muallif yana Surum–sayram soʼzining oʼzgargan shakli, har yerda ikki suvning orasida toshloq yer boʼlsa, turkiy til birla saryom derlar, deb izohlaydi. Shu tariqa Surum - saryam-sayram–ikki daryo oraligʼidagi toshloq joy, sangnoq, boshqacha aytganda, Sangnoq boʼyidagi, yonidagi qishloq, deya fikr berilgan. Bu fikr haqiqatga yaqinroq. Chunki Surum qishlogʼi Qashqadaryo daryosi bilan tutashib ketgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
#joy_nomlari_tarixi📍

QAYNAR – Kitob tumanidagi mahalla nomi.

🟢Mahallada Qaynarbuloq qishlog‘i ham bor. Biroq aholi qishloq nomini qisqartirib, Qaynar deb ataydi. Har ikki joy nomi mazkur qishloqdagi Qaynarbuloq chashmasi nomidan olingan. Qishloqda O‘zbekiston xalq baxshisi Abdulla shoir yashab o‘tgan va chashma haqida “Qaynab chiqishlaring kumush qo‘ng‘iroq, Kuyingga bir umr solgayman quloq. Tug‘ilib o‘sgan yurti shoirning, Suvlari shakarday shul Qaynarbuloq”, deya boshlanguvchi she’r yozgan.

🟢Qaynar mahallasi Taxtaqoracha dovoni bilan tutashib ketgan bo‘lib, hududda Sovuqbuloq, Mingbuloq, Suvbuloq, Rohatbuloq, Qo‘tirbuloq, Sassiqbuloq, Ko‘rbuloq, Devonabuloq va boshqa ko‘plab buloqlar bor. Rohatbuloq shundoqqina dovonga chiqishda asfalt yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, ijodkorlar: “Mingchinor”ga kirmay o‘tmas ne-ne mehmon, qo‘nog‘i, Chanqov bosgan yo‘lovchiga peshvoz Rohatbulog‘i”, deya Qaynarni madh etishgan.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida (351-352-betlar) Qaynarbuloq nomi “yer osti suvining ko‘pligi, oqim yo‘nalishining o‘ta qiyaligi sababli katta miqdordagi suv qaynagan singari oqib chiqadigan buloq”, deya izohlangan va buloq nomi qishloq nomiga o‘tganligi aytilgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook