DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
653 subscribers
1.65K photos
120 videos
11 files
690 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
#bilib_oling

⚠️So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida, bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan qanday holga tushib qolganimizni sezmaymiz ham.

Quyida shunday so‘zlarning kichik lug‘ati bilan tanishasiz.

Avans – bo‘nak

Aklad – oylik, maosh

Astano‘fka – bekat

Balnisa – kasalxona, shifoxona

Brat – aka, akaxon

Vapshe – umuman

Golubsi – karamdo‘lma

Da (telefon ko‘tarilganda) – eshitaman, labbay. Yoki xalqaro "alo" so‘zini ham ishlatish mumkin

Izdivatsa qilmoq – ustidan kulmoq

Zdachi – qaytim

Kanikul – ta’til

Kapcho‘niy – dudlangan, sur

Karochi – qisqasi

Koja – teri, charm, ko‘n

Holadilnik – muzlatgich

(davomi bor)


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1
#bilib_oling

SANALAR IMLOSI

1. Hujjatlar odatda imzolangan kundan kuchga kiradi, shu bois ularga imzo qoʻyilgan sanasi yoziladi.

2. Sanalarni yozishda arab raqamlari ishlatiladi (yilni ifodalash uchun toʻrtta, oyni ifodalash uchun ikkita va kunni ifodalash uchun ikkita raqam), ular nuqta bilan ajratiladi: 2020.13.09, 2020.08.01.

3. Sanani raqamlar bilan yozganda, avval kun, keyin oy va yillarni yozish maqsadga muvofiq emas: 13.09.2020

4. Shunday yozilgan taqdirda, soʻnggida yil soʻzi yoki uning qisqartmasi (y.) qoʻyilmaydi: 13.09.2020-yil

5. Yilni ikkita raqam bilan ifodalash maqsadga muvofiq emas: 20.09.13

6. Sanani harf va raqamlar bilan ham yozish mumkin: (1992-yil 1-sentabr)

7. Vaqt oraligʻini ifodalovchi ikki sana orasiga chiziqcha (–) qoʻyiladi va ularning orasida boʻsh joy boʻlmaydi: 2015–2020-yillar, 12–13-sentabr.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍31🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur "O‘TINCH" so‘zining kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
1
#bilib_oling

Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra, muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#bilib_oling

Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi – xabar berish va buyurish amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada ham axborot («Eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi...») o‘z ifodasini topadi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍4
#bilib_oling

🟢 Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan
yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari
(buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan
bo‘ladi.
Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan
hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs,
birlik sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs
ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi:
«...ga ruxsat berishingizni so‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»;
«ma’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi»
kabi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍1