DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
652 subscribers
1.65K photos
120 videos
11 files
689 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram

“O‘tkan kunlar” koreys tilida chop etildi

O‘zbek adabiyotining durdonasi – Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk bor koreys tilida nashr etildi. Tarjimani Koreyaning nufuzli Kemyong milliy universiteti professori Kim Chun Sun amalga oshirgan.

Kitobni tarjima qilish va uni nashr etish jarayoni qariyb 2,5 yil davom etdi.

Kitobning taqdimot marosimi Janubiy Koreya matbuotida keng yoritilgan "O‘tkan kunlar" asarining koreys tilidagi tarjimasi Seulda bo‘lib o‘tayotgan yirik xalqaro kitob yarmarkasida ham namoyish etildi.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2
"Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari" kitobining taqdimoti.

2025-yil 8-iyul  kuni  Davlat  tilida   ish  yuritish  asoslarini   o‘qitish  va  malaka  oshirish markazining  Sirdaryo  viloyat  hududiy  bo‘linmasida,  tinglovchilar ishtirokida Markaz  direktori  I.Azimovning  “Jadidlar  faoliyatida  alifbo  va  imlo  masalalari” kitobining  taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi.
Hududiy  bo‘linma  rahbari, dotsent  H.Yodgorov  mazkur  kitobning yozilish  tarixi, uning  ilmiy-amaliy va  tarixiy ahamiyati, jadid  ma’rifatparvarlarining  o‘zbek milliy tili,  o‘zbek  alifbosi  va  imlosi   borasidagi  faoliyatlarini  yoritishda  asl  manbalarning  berilishi hamda muallifning  bu borada  olib  borgan  izlanishlari, uzoq  yillik mehnat  samarasi  ekanligini  alohida  ta’kidlab o‘tdi.
Shundan  so‘ng hududiy  bo‘linma  o‘qituvchisi, filologiya  fanlari  doktori,  professor  I.Ermatov mazkur  kitobning mazmuni bilan   tinglovchilarini  batafsil tanishtirdi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumani Uchlola koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining devoriga solingan surat.

Chiroyli-a?
8👍8
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILIMIZNING ENG ASOSIY TARG‘IBOTCHISI BOʻLISHI KERAK.

Davomi👇👇👇
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILIMIZNING ENG ASOSIY TARG‘IBOTCHISI BOʻLISHI KERAK. Davomi👇👇👇
Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbayi bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi.
Darhaqiqat, bugun biz tarixiy davrda xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib tinch osoyishta hayot kechirayotgan, avvalombor, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, ko‘plab sohalarda ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining tamomila yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yayotgan bir davrda barcha sohalar kabi davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish borasida ham tub burilish jarayonlari boshlanganligini, shuningdek, buyuk tarixga ega dunyoni lol qoldirgan allomalar yurti bo‘lmish jonajon O‘zbekiston farzandi ekanligimizni his qilishimiz lozim.
Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bu borada qilinadigan keng ko‘lamli ishlarning to‘laqonli tarhini chizib berar ekan, bu ishlarning natijalarini quyidagicha ifoda etadi: “Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”.
Ming afsuski, bugungu kunda amalga oshirilayotgan va oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarning yoritilishi, qolaversa, ona tilimizni e’zozlash, unga ehtirom koʻrsatish, uning nufuzini oshirishda asosiy targ‘ibotchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining yetakchisi va asosiysi bo‘lgan televideniyedagi, ayniqsa, nodavlat kanallardagi koʻpgina ko‘rsatuvlarning nomlanishi, ba’zi bir suxandon-boshlovchilarimizning o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatlari dilni xira qiladi. E’tibor bering-da: “Perla shou”(Mening yurtim), “Uznonstop”(FTV), “Top Cover”(FTV), “You Tube Chart”(FTV), “Fkokteyl”(FTV), “Top Chart plus”(FTV), “Fresh news”(FTV), “Top chart”(FTV), “Romantik chart”(FTV), “Pop chart”(FTV), “Mixbaal” (SportTV), “Retrokino”(Kinoteatr), “Retromusiqa”(FTV), “Топспинг”, “News-24”, “М-НЬЮС”, “МТB-шоу”, “TV SALE”, “Sketch shou”, “Jackpot”, “Anons”, “Hop-shop”, “Telemagazin”, “Cover Up”, “Реал Хит”, “Superliga”, “Offside”, “Yoshlar food”(Yoshlar),“Kids shou”, “Uzlyvood”(Sevimli), “Comedy shou”(Mening yurtim), “Lady shou” (Milliy TV), “Retro hajviya”(Mahalla),“Zargarshop”(Navo), Reality shou, “Lider club”(ZoʻrTV), “Bollivud battl”(Sevimli), “Madaniyat dayjest” (Madaniyat va ma’rifat), “Mega dunyo” (Madaniyat va ma’rifat), “Debyut” (Madaniyat va ma’rifat), “Obraz-shou” (Madaniyat va ma’rifat), “Foreign Languages”(Xorijiy tillar kanali, bugungi kunda faoliyat koʻrsatmayapti), “Uzreport News”(Uzreport), “Biggest Shipbuilders” (Uzreport), “Eksklyuziv Qomus New” (Uzreport), “Aspekt” (Uzreport), “Avtoban”(Uzreport), “Avtomagistral” (Uzreport), “Uznonstop” (Navo), “Xit-parad” (Navo), “Bollwood-retro”(Navo), “AOKADA BRIFING”(Oʻzbekiston) kabi ro‘yxatni, ming afsuski, bemalol davom ettirish mumkin. Toʻgʻri, koʻplab tanqidlar mevasimi yoki toʻgʻri xulosami, bugungi kunda yuqorida sanab oʻtilgan ba’zi koʻrsatuvlar namoyishi amalga oshirilmayapti, ba’zilari nomlarini oʻzgartirdi. Lekin, eng achinarlisi, bu koʻrsatuvlar minglab tomoshabinlarga doimiy namoyish qilib kelindi, ba’zilari esa hali hamon namoyish etilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridan biri boʻlgan ba’zi bir radiokanallar nomlanishiga ham e’tiborni qaratish vaqti kelmadimikin? HIT FM, TRUCK UZBEKISTAN, AVTO RADIO, RADIO GRAND, RADIO MAXSIMA, NOSTALGIE, TEMP FM... Savollar ketidan savollar toʻgʻilaveradi, aslida ommaviy axborot vositalari ona tilimizning yuzi, eng asosiy targʻibotchisi boʻlishi kerak emasmi?
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILIMIZNING ENG ASOSIY TARG‘IBOTCHISI BOʻLISHI KERAK. Davomi👇👇👇
Shuningdek, tilimizning og‘zaki me’yorlari ham maqtangudek emas. Og‘zaki nutqimizda turli xil ajnabiy so‘zlar, varvarizmlar, bir qarashda anglash qiyin bo‘lgan o‘ta qo‘pol qisqartmalar, fikrni jargonlarsiz bayon qila olmaslik holatlari ko‘p uchramoqda. Bu kabi holatlar tilimizga e’tiborli bo‘lgan har qanday insonni ham chuqur o‘yga solishi aniq. Axir ona tilimizning aybi nimada? Ajdodlarimizni allalagan, farzandlarimizga ta’lim-tarbiya bergan, boy tariximiz, moddiy va ma’naviy merosimiz, dinimiz, e’tiqodimiz haqida eng ishonarli ma’lumotlarni kelajakka opichlab o‘tkazib kelayotgan ona tilimizga ehtirom shumi? Nahotki, joylarda televideniye va radiokanallar mas’ullari, qolaversa, koʻrsatuv va eshittirishlar muharrirlari mazkur masalalarga e’tiborni qaratishlari, mazkur masalalarni risoladagidek amalga oshirishlari qiyin bo‘lsa?
To‘g‘ri, bugungi kunda dunyo miqyosida global taraqqiyotning ta’siri, fan-texnika rivoji, ijtimoiy hayot sur’atining o‘sishi, ijtimoiy tarmoqlar faollashuvi natijasida har qanday tilning lugʻatida ham u yoki bu o‘zgarishlar kuzatilishi tabiiy hol. Tilga kirib kelayotgan o‘ta faol so‘zlar, ayniqsa, ba’zi xalqaro atamalarni inkor qilib bo‘lmaydi. Faqat bu so‘zlarning ifoda ma’nosiga ko‘ra ehtiyotkorlik bilan iste’molga kiritish, so‘zlarning tilimizda mavjud bo‘lgan ma’nodoshlariga almashtirish, taklif etilgan soʻz shakllarini nutqimizga olib kirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, parol (im, o‘ron), heshteg (tanitma, xosbelgi), skrinshot (qaydlavha, ekranlavha), masterklass (mahorat darsi), QR kod (yo‘naltirma, yoki tezkor javob kodi, xos kod), shtandart (tug‘, ramziy tug‘, sanjoq, andaza) tyutor (tarbiyachi), sayt (sahifa), onlayn (to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv, aloqa), oflayn (yuzma-yuz uchrashuv), vebinar (tarmoq orqali mashg‘ulot, yoki tarmoqda mashg‘ulot), frilanser (shartnoma asosida ishlovchi mutaxassis, yollanma), chellenj (chorlov, da’vatli tashviqot, chaqiriq, ommalashuv), fleshmob (tezkor ommaviy targ‘ibot), dayjest (qisqa izoh), startap (tashabbus, yangi loyiha, yoki yangi qadam), xostel (kichik mehmonxona, mehmon uyi), kouch (maxsus murabbiy, xos murabbiy), trening (o‘quv mashg‘uloti), yuzer (foydalanuvchi), rezyume (ma’lumotnoma), messenger (aloqa tarmog‘i), login (eslatma), fake (soxta), keshbek (ulush), admin (tarmoq boshqaruv nazoratchisi), chat (tarmoq yozishmasi), prank (kutilmagan hazil), layfhack (ayyorona yechim), lichka (shaxsiy sahifa), motivatsiya (ruhlantirish), reglament (mosqoida), sekuriti (qorovul) va boshqalar.
Albatta, izlasa imkon topiladi, vaholanki, adibimiz Abdulla Qahhor ta’kidlaganidek: “Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u yo‘q!”

Oʻrinboy Boboyorov – Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi boʻlim boshligʻi.
Forwarded from Sirdaryo.uz
Noqonuniy o'rnatilgan reklama vositalarini bartaraf etish yuzasidan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Xovos tumanida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini ta’minlash, tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish boʻyicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Viloyat ishchi guruhi tomonidan tumandagi Chamanzor, Bunyodkor, Tinchlik va Do‘stlik mahallalarida tashqi yozuvlar va reklama obyektlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilganligi holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida 30 dan ortiq noqonuniy va eskirgan reklama obyektlari shuningdek, axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan targ‘ibot vositalari va axborot matnlari bartaraf etildi.
🔥1
💐💐💐#tavallud_kun
 
         Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori filologiya fanlari doktori Azimov Inomjon Mamasodiqovich  tavallud topgan kun.
         Ustoz mamlakatimiz va xorijda ona tilimizning nufuzi va mavqeyini oshishida jonbozlik koʻrsatib kelmoqda. Ustozning sa’y-harakatlari bilan markaz va uning hududiy boʻlinmalarida, qolaversa, respublikamizdagi tashkilotlarda oʻzbek tilining ahamiyati, davlat tilida ish yuritish masalalarida koʻplab ishlar amalga oshirildi.
          Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan til siyosati, o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirish borasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosining ta’minlanishiga Ustozning munosib hissasi borligini e’tirof etish maqsadga muvofiq. Davlat va jamiyat hayotida davlat tilining obroʻsini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va rolini oshirish borasida samarali mehnat qilmoqda.
        Qutlugʻ sana munosabati bilan Markaz jamoasi ustozni samimiy muborakbod etadi. Uzoq umr, mustahkam sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaydi.
🎉7
DIQQAT E'LON! ❗️❗️❗️

“DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI V RESPUBLIKA AN’ANAVIY ILMIY-AMALIY ANJUMANI bo‘lib o‘tadi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan 2025-yilning 20-oktabr sanasida o‘tkaziladi.


Axborot xati bilan tanishish uchun shu yerga bosing 👈

🌎
Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍1