DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
653 subscribers
1.65K photos
120 videos
12 files
692 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida markazimizda “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi yo’lga qo‘yilgan bo‘lib, unda davlat tashkilotlarining boshqaruv xodimlari, mutaxassislari malaka oshirmoqdalar.
“O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
1🔥1
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining Farg‘ona hududiy bo'linmasida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida o‘quv seminar tashkil qilindi.
Seminarda viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tongotarova Sohibjamol Abdullayevna hamda Viloyat hokimligi devonxona mudiri Oxunjonova Ma'rifat Mashrapovna Ishtirok etdilar.
Seminar davomida til siyosati, davlat tilining ahamiyati borasida qilinayotgan ishlar borasida fikr muhozalar bildirildi.
1
Markazimizning 39 nafar tinglovchilardan iborat “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o'quv kursini tamomlagan an'anaviy guruhi uchun yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ular 144 soat davomida lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi, o'zbek adabiy tili me'yorlari va davlat tilida ish yuritishga doir ko'nikma va malakalarini shakllantirib bordilar.
👍51
Kasbiy qayta tayyorlov kurslariga navbatdagi qabul boshlandi!
👍41
📄Sertifikatlar topshirildi.

📝Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan bir oylik “O‘zbek adabiy tili, me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.

📌Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
👍31
#madaniyhordiq 🎥🍿
📍Markazimizning Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiali tinglovchilari "Anasi suymegen kempir" kinokomediyasini tomosha qilishdi.
Dam olish kunlaridagi madaniy hordiq yangi haftaning samarali o'tishini ta'minlaydi.
👍31
Moʻtabar ayollar!
Aziz opa-singillar, xotin-qizlar, ta’lim tizimida samarali mehnat qilayotgan olima ustozlar!
Siz va oila a’zolaringizga uzoq umr, sihat-salomatlik, fayzli xonadoningizga tinchlik-totuvlik hamda jonajon yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi yo‘lidagi mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.
Hurmat bilan,
Markaz direktori I.Azimov
👍41
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining "DTRM-Ta'lim" YouTube kanali ishga tushganligini ma'lim qilamiz.
Ushbu kanalda Markazning masofaviy ta'lim tizimi uchun tayyorlangan videodarslar hamda yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Kanalga o'tish va a'zo bo'lish uchun shu yerga bosing.

Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1
HAR BIRIMIZ DAVLAT TILINI MUKAMMAL BILISHIMIZ LOZIM

Bosh qonunimizda davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilganidan so‘ng respublikamizdagi barcha tashkilotlar bosqichma-bosqich davlat tilida ish yuritishga o‘tishmoqda. Bu har bir tashkilot ishchi-xodimlaridan davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha bilim va malakani talab etadi.

🏢 "O‘zmetkombinat" AJda o‘zbek tilini rahbar va xodimlarga o‘rgatish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 1-martidan 18-martigacha Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limida, haftada 3 kun Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda kombinat rahbar va xodimlari uchun "O‘zbek adabiy tili meyorlari va davlat tilida ish yuritish” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Hozirda ushbu o‘quv kursiga kombinatning bir qator tarkibiy bo‘linmalaridan 20 nafar rahbar va xodimlar qatnashishmoqda.

👉 Manba

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1👍1