DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
653 subscribers
1.65K photos
120 videos
12 files
692 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Bugun Markaz va uning hududiy bo'linmalarida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 592-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida navbatdagi talabgorlardan davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha navbatdagi sinov-imtihonlari bo'lib o'tdi.

Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍21
“Qatag‘on qurbonlari” xotira muzeyiga tashrif

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi tinglovchilari ... (batafsil)


Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1👍1
Kecha, joriy yilning 29-martida Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muhammadxon Hakimov Xo‘jaxonovichning 60 yillik tavalludi munosabati bilan universitetda “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda ko'plab tilshunos olimlar qatori O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi direktori Eminov Azizjon G'ulomjonovich va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi bo'lim boshlig'i Dehqonov Hasanboy Ubaydullayevichlar ishtirok etdilar.

Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1
#bilasizmi?
So‘zlarimiz tarixi (etimologiyasi)ni bilasizmi?

IMIRSILLA – “ataylab o‘ta sekin harakatlan–”. Imirsillamay tez-tez yig‘ishtirilsang-chi! Bu so‘z asli imir tasvir so‘ziga ‘istash’ ma’nosini ifodalovchi -si qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan fe’ldan ‘takror’ ma’nosini ifodalovchi -la qo‘shimchasi bilan hosil qilingan: (imir+si=imirsi)+la=imirsila.

IN ‘qush, hasharot, hayvonlarning yashash uchun qurgan joyi’. Arining inini buzib tashladik. Qadimgi turkey tilda ‘yirtqich hayvon uyasi’ ma’nosini anglatgan bu ot asli yin tarzida talaffuz qilingan bo‘lib (Девон, III, 11), o‘sha davrlardayoq so‘z boshlanishidagi y undoshi talaffuz qilinmay qo‘ygan (Девон, I, 84; ДС, 209): yin>in.

IN– 1. ‘yuqoridan pastga harakatlan–’; 2. ‘yuqoridan pastga harakatlanib biror sathni egalla–’. 1.Qo‘ylar qirdan indi. 2. Barglarga ingan shabnam quyosh nurlari tushishi bilan yaltirab ko‘rindi. Qadimgi turkey tilde ham shunday ma’noni anglatgan bu fe’l asli i:n– tarzida talaffuz qilingan bo‘lib (ЭСТЯ, I, 353), o‘sha davrlardayoq i: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan. (ПДП, 380; Девон, I, 181): i:n- > in-.

INDAMA – ‘tovush chiqarma–’. Yaxshi gapirsa ham, urishsa ham, indamadi. Bu fe’l qadimgi turkey tilde ‘ovoz’ ma’nosini anglatuvchi o‘:n otining o‘n shaklidan (ПДП, 440; Девон, I, 74; ДС, 625) –da qo‘shimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 626; Девон, I, 271; ДС, 625), o‘zbek tilida o‘ unlisi i unlisiga almashgan (bu fe’l odatda bo‘lishsiz shaklda ishlatiladi): (o‘n + da = o‘nda– > inda–) + ma = indama–.

INDAMAS ‘kamgap’, ‘juda oz gapiradigan’. Sen juda indamas bola ekansan. Bu so‘z asli indama– fe’lining –s qo‘shimchasi bilan hosil qilingan sifatdosh shakli bo‘lib, ma’no taraqqiyoti natijasida sifatga ko‘chgan: indama– + s =indamas.
1
Bugun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik boshqarmasida “Tillashamiz – dillashamiz” mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.

Vebinarda... (batafsil)


Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍21
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini taminlash maqsadida 2022-yil 5-aprel kuni Jizzax Politexnika Instituti rahbar xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Aprel oyi tinglovchilariga ish daftarlari tarqatildi.

Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍21
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati
hududiy bo‘linmasi tomonidan 2022-yil 4-aprel kuni Zomin tuman hokimligining rahbar xodimlari bilan faollar zalida davra suhbati tashkil etildi. Aprel oyida o‘qiydigan tinglovchilariga ish daftarlari tarqatildi.

Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1