Diyor Otamurodov
343 subscribers
24 photos
5 videos
14 links
Download Telegram
Qancha byudjet ajratasiz?

HBS Akademiyasi loyihalari, yoki tanishlar orqali aloqaga chiqib turli maslahatlar so'rashadi.

2 ta vaziyatda ularning holatidan kelib chiqib taklif berayotganimda: "Silarda oyiga qancha byudjet ajratishadi?" degan savol kelib qolgan.

Javobga katta summa aytishimni kutishadi. Shunda aybdor byudjet ajratmayotgan kompaniyasi, yoki boshqa odam bo'lib chiqadi. Unday emas.

Siz prodaction studiyalarga video oldirmaysiz byudjet haqida bosh qotiradigan darajada.

- Camera + chiroqalar + mikrafon: 1 kunlik arendasi 400 ming so'm atrofida. Bir oylik reelslaringizni bir kunda syomka qilib olsangiz bo'ladi.

- YouTube uchun 3 ta podcast, yoki 3 ta documental videoga olinadigan texnikalar arendasi 2 million so'mga yaqin. Bularni ham bir kunda syomka qilsa bo'ladi.

Marketinga endi kirib kelgan, yoki biror loyihada ishlab uni rivojlantirishga qiynalayotgan bo'lsangiz, atrofdan aybdor qidirmang. Qilib ko'ring.

Qiynalsangiz maqsadingizni aniq qilib, keyin maslahat so'rang. Boshqalarning qancha byudjet ajratishi, jamoasining kattaligi ishlamaslik uchun bahona bo'lib qolmasin.

Ertalab ishxonaga kelib kuni bilan Telegramga 2 ta post chiqarganingiz va reelsni storiesga repost qilib qo'yganingizni ish deb hisoblamang. Qattiq ishlang, bahonalar qolmaydi!

@diyorotamurodov_blog
1
Kontentmeyking bo’yicha
Zabihulloh Fathullayev | Digital marketing
Zabihullohni blogida kontent haqida gaplashgan edik 🎙

Eshitib chiqing, foydali suhbat bo’lgan. 2x qilib eshitsangiz 45 daqiqda tugaydi )
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pul haqida bilishingiz kerak bo’lgan hamma narsa

Ko'rsatuvni tayyorlash jarayonida ko'p narsa yangilik bo'ldi. Inflyatsiya aslida biz o'ylagan narsa emasligi, pulning qadrsizlanishi yashirin soliq ekani, o'rta qatlam aholisi yo'q bo'lib borishi...

Tez kunda ichingizda ko'plab savollar paydo qiladigan 1 soatlik video YouTube'da paydo bo'ladi ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆1
Inatagramda dollar narxi juda ham tushib ketadi, naqd pulinglarni boshqa valyutalarda saqlanglar deb berilgan maslahatga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Bo’lmagan gap.

Esilarda bo’lsa pul haqida ko’rsatuv tayyorlayotganimizni aytgan edim. 1 soatdan oshiq bo’ldi video. Katta mehnat va jamoa harakati ketdi.

Ko’rsatuvni ko’rib dollarning haqiqiy kuchi va shu bilan birga u ishlaydigan tizimning qanchalik xavfliligini bilib olasiz.

📹 https://youtu.be/9b-iZ8TSEA4?si=Tvtmp4wRSFS-I9iL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
16
Pasportingizga muhr bosilgandan keyin, hayot avvalgidek bo‘lmaydi

Yaqinda Qirg'iziston davlatiga sayohat qilib qaytdik. Sayohat davomida yetarlicha xulosa qiladigan vaziyatlar bo'ldi. Safar davomida faqat geografik joylarnimas, o'zimdagi boshqa qirralarni ham kashf qildim.

Notanish mamlakat, u yerda mani na o'tmishim, na ismimni bilishadi va bu yer uchun man yangi yuzman. Bu degani hayotni yangi tug'ilgan chaqaloqdek boshlash mumkin.

Qirg'iziston bizga yaqin davlat bo'lsa ham ancha farqlari ko'p ekan. Odamlari, madaniyati, muomilasi, ishdagi mohirligi bo'yicha ko'p ishlar qilinishi kerak (agar turizimni rivojlantiramiz deyishsa). Yo'lku alohida masala bo'ldi.

Bo'lib o'tgan har qanday holatni, tog'ni tepasida 1 daqiqa sukut qilib, tabiatni, o'zimni eshitganim fursat yuvib ketdi.

Yo'lda jiyanli bo'lganim haqida ham xabar keldi. 2x xursandchilik )

@diyorotamurodov_blog
15
Har safar kontent haqida gapirganda, bitta narsani aytaman: Kattaroq o'yinda o'ynang.

Kattaroq o'yin uchun mukammal kompyuter kerak*

Yaratilgan kompyuterlar ichida eng mukammali - bu YouTube.

Istalgan o'yinda uning qoidalarini yaxshi bilganlar yutib chiqishadi.

Yutib chiqish = G'oliblik

O'zbek YouTube bozorida o'yin qoidalarini juda yaxshi biladigan va yutib chiqqan TOP 1% mutaxasisslar kanallarini yig'ib keldim.

Qo'shiling, bir kun kelib sizni kanalingiz ham ro'yxatga qo'shilishi mumkin )

→ Qo'shilish uchun link ⌨️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆13
Hozir har bir kishi haftasiga o'rtacha 17 soatini internetdagi videolarni ko‘rishga sarflaydi.

Bu raqamda kattaroq qismni egallash uchun avval ijtimoiy tarmoq va video platformalar, keyin undagi contentlar raqobatlashadi.

Vertikal videolar hajmi kengayib ketganligi uchun, kontent qilish desa hammani hayoliga reels keladi. Mantiqan to'g'ri yo'l ham shu. Kamera bilan ishlash, uyalishni yo'qotish, so'zlarni to'g'ri qo'yish... Xullas yaxshi chikalyozdi bo'lib beradi katta o'yinga )

Aslida har qanday videokontent uchun syomka algoritmi bir xil: qisqa vertikal roliklar, YouTube ko‘rsatuvlari va hatto to‘liq metrajli filmlarda ham. Faqatgina bosqichlar batafsilligi va murakkablik o‘zgarib turadi.

Bu yerda har bir bosqichdagi insaytlarimni yoritib boraman.

@diyorotamurodov_blog
25🏆13
Auditoriyani jonlantirishning 3 usuli

Hamma lid-magnitlar qanday qilinishini biladi.

Kesh-magnitlarni esa kamchilik.

Birinchisi raqobatchilar va "tekinxo‘rlar"ni, ikkinchisi obunachi va pul to'laydiganlarni jalb qiladi.

Kesh-magnitlarning 3 turi bor:

Kesh-magnit - keys

O‘zimiz, yoki mijoz/o‘quvchimiz erishgan natijasini ko‘rsatamiz.

Bu yerda eng muhimi - erishilgan natija va ungacha nimalar qilingani.

Tushunish kerak bo‘lgan eng muhim narsa - bu kontekst.

Odamlar keyslar va "отзыв"larga deyarli e'tibor bermaydi, ularning birinchi savoli "bu menda ham ishlaydimi?" bo'ladi.

Xuddi ularning vaziyatdagi odamlar qanday natijaga erishganini ko‘rsating.

Shunda kesh-magnit kerakligicha ishlaydi.

Kesh-magnit - maqola

Bu yerda og‘riyotgan tishga sovuq suv quyuladi.

Bu gapni o'qish ham noqulay, shunaqami?

Bunday Kesh-magnit muammoni to'liq ochib berib, keyingi qadamni tashlashga majbur qilishi kerak.

Masalan: "Nimaga Instagramdagi ekspertlar ko‘p ishlaydiyu, kam daromad ko‘radi?"

Kesh-magnit - yechim

Qo'polroq misol bor: Giyohvand modda sotuvchilari, mahsulotlarini tekinga sinab ko‘rishga berishadi. Chunki ko'pchilik yana qaytib kelib, pul to‘lashini bilishadi.

Nima bilsangiz hammasini bepulga bering.

Ko‘proq test drive - ko‘proq mashina sotilishi.
110
99% odam qiladigan xato

Odamlar bilan ishlash jarayonida ko’pchilik takrorlaydigan bir narsani kuzatdim.

Ularni birlashtiradigan fikr shunday:

"Avval o‘rganib, qanday qilish kerakligini tushunib, keyin loyihamni boshlayman."

Ular kursga, kitob o‘qishga, podkast eshitishga va konsultatsiyalar olishga berilib ketadi.

Bir oy, ikki oy, uch oy o‘tadi - loyiha haliyam boshlanmagan bo'ladi.

Oxiri, baribir qilib ko’rish kerakligini tushunishadi.

Oylab tayyorgarlik ko‘rish qo‘rquvni ketkazdimi? Yo‘q.

Nima ishlashini tushunib yetdimi? Yo‘q.

Biror boshlang’ich natija qilindimi? Yo‘q.

Endi o‘rinli savol - nimaga hamma shunday qilishi kerak?

Loyihani boshlang. Jarayonda uni tanitishni, sotishni va kelishuvdagi majburyatlarni bajarishni o‘rganing.

Ko‘pchilik bu xato, ekologik pradukt bo'lmaydi unda, avval instruksiyani o‘qish kerak deydi.

Lekin...

Ishni boshlash - shu oldinga harakatlantiradigan yagona man biladigan yo‘l.

Qilib ko'rish - bu podkast eshitish, kitob o‘qish, masterklaslarda qatnashish, qandaydur qulay paytni kutishmas.

Qilib ko'rish - bu qilib ko'rish.

Odatiy maslahatlar:

Kontent boshlamoqchimisiz? Kamerani yoqib syomka qiling.

Daromadni ko'paytirmoqchimisiz? Offer yozib, odamlarga e'lon qiling.

Ko‘proq bo‘sh vaqt kerakmi? Prinsiplarni belgilab oling.

Nazariyasiz amaliyot yashashi mumkin.

Amaliyotsiz nazariya - jonsiz harflar to‘plami.
21
5+5=?

Yaqinda bir fikr o'qidim:

"5+5 nechi bo‘ladi?" - deb so‘raydi birinchi odam.

"10" - deb javob beradi ikkinchisi.

"8+2?" - deb so‘raydi birinchi odam.

"10" - deb javob beradi ikkinchisi.

"20 dan 10 ni ayirsak qancha qoladi?" - deb so‘raydi birinchi odam.

"10" - deb javob beradi ikkinchisi.

Javobdan keyin birinchi odam 10 ni cheksiz olish mumkinligini aytadi.

Shu misol bilan odamlardagi 2 xil muammoli fikrlashni ochsa bo'ladi:

1. Faqat o'zi yozgan misol bilangina 10 chiqadi deb o'ylaydiganlar.

2. Hammani eshitib, lekin o'zini 10 chiqadigan formulasini topishga harakat qilmaydiganlar.

10 ni o‘zingiz qidirib topishingiz kerak. Unga oboradigan yo‘llar cheksiz.

Ssenariy bilan ham huddi shunaqa - har kimni o‘z formulasi bor.

Izlashdan to‘xtamaydiganlar, uni albatta topadi.
28
Almashtirib bo'lmaydi - qanday?

Sun'iy intellekt imkoniyatlari o'ylantirib qo'ygan odamlar tushunishi muhim deb bilgan narsam:

Qilingan investitsiya aniq foyda beradigan yagona loyiha - bu Bitcoin emas, o’zingiz.

Ko‘nikmalar - qadri tushmaydigan va sizdan olib qo’yib bo’lmaydigan narsa.

Shaxsiy qiziqishlar - kommunikatsiya va energiya olish yo'llarini ko'paytiradi.

Tajriba - muommolarni aylanib o‘tib, to‘g‘ri yo‘l tutishga yordam beradi.

Raqamli qiymat - digital zamonda istalgan joyda daromad qilish imkoniyatini ochadi.

Oddiy misol:
Baliq yoki qarmoq?

To‘g‘ri javob: baliqchi.

@diyorotamurodov_blog
1🏆12
Bugungi jamiyatda iste’mol madaniyati eng katta muammo. Texnologik rivojlanish va qulayliklar bizni keyingi darajaga olib chiqishi kerak edi, lekin o’rniga quturgan iste’molchiga aylantirdi.

Maqsad jamoasiga qo’shilganimdan so’ng birinchi katta YouTube video mavzusi shu haqida bo’ldi.

Videoda zamonaviy insonning buzuq iste’mol madaniyati haqida gapirilgan. Bu nafaqat shaxsiy, balki jamiyat miqyosidagi og’ir masala.

Videoni albatta ko’ring 👇
📹 Nafs. Quturgan iste’mol madaniyati

@diyorotamurodov_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17
Analitik fikrlash - bu genetikaning sovg‘asi emas. Bunday fikrlashni rivojlantiradigan 2 asosiy narsa bor:

- Paranoik bo'lish. Bu vahima, yoki qo'rquv taʼsirida yuzaga keluvchi instinkt jarayoni.

- Har narsani savolga tutish.

Qishloqda hayot sodda. Odamlarning kundalik hayotida hech qanday qiyin tanlov yoki mantiqiy tahlil talab qilinmaydi.

Huddi shu odamlardan birini shaharga olib kelib Excel'ni ochib yoniga qo'ysangiz, miyasi portlaydi.

Miya shunday vaziyatlar va savollarga o‘rganishni boshlagandan keyin, bu jarayon fikrlarga o'tishni boshlaydi.

Tabriklayman, shu yo‘l sizni kuchli analitik fikr egasi qiladi.

@diyorotamurodov_blog
1🔥19
Yilni qanday boshlamaslik kerak?

Ramziy sanalar odamlarni aldaydi.

Dushanba, yilni birinchi kuni va hkz.

Ko‘p yillar maqsad qo'yishda xato qilgan insonlar tajribasini olib, shuni aniq aytolaman:
Ular hech narsani o‘zgartirmaydi.

Maqsadlar o'xshashi uchun sana emas, tizim kerak.

Bular oddiy gap, endi chuqurlashamiz.

O'zi inson nega ramziy sanalarni yaxshi ko‘radi?
Bu yordam. Psixologik yordam.

Sanani shunchaki sabab qilib olib, o‘tmishdagi xatolarni unutmoqchi bo'lasiz.

“Bu yil hammasi boshqacha bo‘ladi.”

Xuddi, qoniqarsiz bahoga o'qiydigan maktab bolasi, kundaligini axlatga tashlab, baholarini yaxshilash uchun yangi kundalik sotib olayotgandek.

Yangi yil, yoki dushanba kattaroq kundalik xolos.

Klassik maqsad qo'yishda, insonlarni xuddi shu "psixologik ta’sir" boshqaradi.

Lekin bu ta’sir faqat boshlashga yordam beradi, davom ettirishgamas.

Masalan, fitnes ilovalari ko‘rsatadi:
odamlar eng ko‘p sportni boshlaydigan vaqt - bu yilni boshi, yoki dushanba.

Bu boshlanish ko‘pincha qisqa umr ko‘radi.

Endi, motivatsiyani tushirib, real hayotga qaytamiz.

Aynan shu yerda tizimlar ishga tushadi.

Nega ko‘pchilikning maqsadlari ishlamaydi?
Tizim yo‘q.

Insonlar motivatsiyaga to'lib, katta maqsadlar qo‘yadi.

Umrida zalga bormagan odam, haftasiga uch marta chiqmoqchi bo‘ladi.

Umrida kitob o‘qimagan odam, yiliga 24 ta kitob tugatmoqchi bo‘ladi.

Bu nega ishlamaydi?

Musiqa chalishni o'rganmoqchisiz.

Pianinoni oldiga birinchi marta o‘tirib, Beethovenning Sonatasidan boshlayapsiz. Xohishingiz yaxshi, lekin mantiqlimi?

Ko‘pchilikning muammosi - ular nota nimaligini bilmasdan Sonatani chala olmaydi.

Ya’ni, ular kichik g‘alabalarni his qilmagan.

G‘alabani ta’mini bilmay turib, katta maqsad qo‘yish sizni ruhan ezib qo‘yadi.

Tizim nima?
Tizim - bu kichik qadamlar.

Hatto kulgili darajada kichik bo‘lsa ham.

Oyiga 150 bet kitob o‘qish.

Haftasiga bir marta zalga borish.

Kuniga 5 ta muhim vazifa yozib, hech bo'lmasa bittasini bajarish.

Kichik qadamlar natija bermaydi deb o‘ylaysiz.

Aslida ular kuch beradi.

Bir marta zalga borgan odam, keyingi hafta ikki marta borishni o‘ylaydi.

Kuniga 5 bet o‘qigan odam, uch oydan keyin kuniga 20 bet o‘qishni boshlaydi.

Kichik qadamlar odatni shakllantiradi.

Odat esa tizimni kuchaytiradi.

Eng qizig‘i, keyin siz o‘zingizni majburlamay qo'yasiz.

Bu yil nimani qilish kerak?

1. O'tgan vaqtizni tahlil qiling.
Qaysi maqsadlaringizga erishmadingiz? Nimaga?

2. Bitta muhim maqsadni tanlang.
Pareto qonuni:
Eng katta natija keltiradigan maqsadni tanlab, shunga e’tibor qarating.

3. Qolgan maqsadlarga minimum qo‘ying.
Maksimumni bitta, uzog'i ikkita tanlang. Qolganlariga haftasiga yoki oyiga bitta kichik qadam.

Bu yil ramziy sanalar emas, tizimlar yili bo‘lsin. Omad.

@diyorotamurodov_blog
🔥25