Diyor Otamurodov
343 subscribers
24 photos
5 videos
14 links
Download Telegram
Avval sotib, keyin tizim qiling

(Nisha: Onlayn maktab, o'qish davomiyligi: 2 daqiqa)

Klassik roadmap qanday:

Kurs yoziladi, platforma qaraladi, CRM o‘rnatiladi, avtomatlashtirishga harakat qilinadi.

Asosiy muammo esa, hali hech narsa sotilmaganida.

Tizim - bu bor narsani tartibga solish. Sotuv bo'lmasa, tartibga soladigan hech narsa bo'lmaydi.

Agar uy olishga qiziqqan bo'sangiz, bilasizki, deyarli hamma loyihada uylar avval sotiladi, keyin quriladi.

– Talab borligini ko‘rib;
– Pul tushirib;
– Keyin binoni qurishadi.


Bizni misolda ham xuddi shunaqa.

Birinchi sotuv bo‘lsa, real muammolar ko‘rinadi:
1. O‘quvchilar nima xohlashi
2. Qaysi darslarga qiziqish bor?
3. Sotuv qanaqa ishlayapti?

Shundan keyin tizim haqida o‘ylasa bo'ladi.

To‘g‘ri yondashuv:

1. Kurs yozishdan oldin auditoriya bunga pul to'lidimi yoki yo‘qligini bilish kerak.
2. Minimal pradukt bilan test qilib (yaxshi kurs yozishga oylar ketib qoladi), 5-10 ta klientga sotib ko'rish.
3. Ishlagan modelni tizimga solib, sotuv yo‘lga qo‘yilgandan keyin avtomatlashtiriladi.

Faqatgina ishlaydigan model paydo bo‘lgandan keyin uni avtomatlashtirishga o'ting.

Sotuv ishlamasa, mukammal tizim hech narsani hal qilmaydi.

Pul kelishi bilan jarayonlarni tuzatsa bo'ladi. Pul kemasa, har qanaqa tizim foydasiz.

P.S. Bu yondashuv hamma yo'nalish uchun universalmas. Masalan premium imidjli brendlar oldin tizim va praductni yaxshilab, keyin sotuvga o'tadi.

@diyorotamurodov_blog
🔥22
Kasb sizni yutib yubormasin

1950-yillar. AQSh.

Bir tadbirkor restoran ochadi. Oddiy burgerlar, tez xizmat ko’rsatish. U yaratgan tizim, restoranni dunyodagi eng yirik bizneslardan biriga aylantiradi.

Bu odam Ray Krok.

Restorani esa – McDonald’s.

Biznes uning hayotiga aylanmadi.

U McDonald’sga xizmat qilmadi.

McDonald’s uning hayotiga xizmat qildi.


Yana bir misol:


Tokioda 10 ta odam sig‘adigan sushixona bor.

O‘sha joydan birini band qilish uchun kamida 1 oy oldin harakat qilishingiz kerak.

Bu Jiro Ono’ning restorani.

U 80 yildan ko’p faqat sushi tayyorlagan.

Michelin’ning 3 yulduzi bor.

Dunyodagi eng mashhur sushimester, restoraniga prezidentlar kelib ovqatlanadi. Hozir umumiy 4 ta filiali bor.

Savol tug‘iladi: bu muvaffaqiyatmi?

Jiro shokunin falsafasi bo‘yicha ishlagan, kasbini mukammallik darajasiga olib chiqqan.

Lekin…

Uning hayoti faqat sushi.

Shokunin bo‘lish – bu kasbni san’at darajasiga olib chiqish.

Bu darajaga chiqish kerakmi? Albatta, lekin hayotingizda ishdan boshqa narsa qolmaydi.

Maqsad jamoamiz bilan, Maqsad Club uchun Jiro haqida ishlangan hujjatli filmni tarjima qilib, birinchi bo’lib ko’rib chiqqandik.

Shunda Kapitalistik Shokunin (bunday tushuncha yo’q o’zi) bo’lish eng to’g’ri yo’l degan xulosaga kelgandik.

Ya’ni ishni hayotga muvozanat qilib joylashtirish. Jiro kasbini ustasi bo‘ldi, lekin kasbi hayotini yutib yubordi. Siz esa hayotingizni yo‘qotmasdan ham o‘z ishingizda eng yaxshisi bo‘lishingiz mumkin.

Shakunin bo’laman desangiz va hayotingizda ma’no bo’lmasa, kasbingiz hayotingizni ma’nosiga aylanib qoladi.

Ikkita yo‘l bor:

1. Shokunin bo‘lish – kasbga hayotni bag’ishlash.
2. Kapitalistik Shokunin bo‘lish – kasbni mukammal qilib, undan foydalanish.

Ray Krok va Jiro o’rtasidagi farq shunda.

@diyorotamurodov_blog
🔥13
Qafasdagi qush erkin emas, lekin osmondagi qush ham shamol qonunlariga bo‘ysunadi.

Xaos bo’lmasligi uchun, yo‘l harakatidagi qoidalar bizga xavfsiz yurishga yordam beradi.

Hayotda ham, ma'lum chegaralar imkoniyat ochadi.

Biz qoidalardan qochishni erkinlik deb o'ylaymiz. Aslida o‘zimiz xohlagan tartibni tanlay olganimizda, erkin bo’lamiz.

Tanlangan cheklovlar insonni kuchliroq qiladi. Har kuni bir vaqtda uyg‘onish tanlov kamligimas, ortiqchalarini o‘ylamaslikdir.

Kuniga yarim soatni o‘qishga ajratish vaqtni yo‘qotishmas, uni boshqarish.

O'zimiz yozgan qoidalar hayotimizni boshqaradi. Boshqalar yozgan qoidalar esa bizni.

Haqiqiy erkinlik qoidalarsiz yashashmas, qaysilari bilan yashashni o‘zimiz hal qilishimizdir.

@diyorotamurodov_blog
7🔥16
“Yoshim 30 ga kirgan bo‘sayam, uydagilarim uchun yosh boladayman.”

Shunaqa izohlarga ko'p ko'zim tushadi.

Bu oddiy gap emas. Bu hayotingizni qanday yashayotganingizni ko'rsatib beradigan haqiqat.

Agar uydagilar sizni hamon bola deb bilsa, siz shunday bo‘lib qolishga ruxsat bergansiz.

Ular uchun emas, o‘zingiz uchun.

Hayotingiz uchun javobgarlikni o‘zingizga olmayapsizmi? Unda ular bu bo‘shliqni to‘ldirishda davom etadi. Siz esa buni hurmat deb qabul qilasiz.

Bu yerda ota-ona va farzand o‘rtasidagi sof munosabat haqida gap ketmayapti. Masala hayotingiz ustidan kim qaror qilayotgani. Hurmat boshqacha fikrlarni ham tan olishdan boshlanadi. Siz mustaqil bo‘lishingiz, ular esa bunga ko‘nikishi kerak.

Yaqinlaringiz sizni mustaqil inson sifatida ko‘rishni xohlaydi. Lekin ular bunga tayyor emas. Chunki yillar davomida sizni boshqarib kelishgan. Siz ham bunga tayyor emassiz, chunki boshqarilish qulay.

Ular uchun emas, o‘zingiz uchun ulg‘ayishingiz kerak.

Ulg‘ayish shunchaki yosh o‘tishi emas.

Qabul qilish qiyin bo'sayam, ko‘pincha bu pul bilan o‘lchanadi.

Moliyaviy mustaqillik bo‘lmasa, mustaqil qaror qabul qilish qiyin.

Agar haliyam kimgadur qarab qolgan bo‘lsangiz, katta ehtimol qanday yashashingizni ham ular belgilaydi.

Shuning uchun kattalar dunyosida iqtisodiy erkinlik mustaqillikning muhim qismi.

Shunda pul topishni boshlasam bo'ldimi? Yo'q.

Ulg‘ayish = o‘z fikriga ega bo‘lish. Qarorlar uchun javob berish.

Siz ulg‘ayganingiz sari, yaqinlaringiz ham sizni shunday ko‘rishni boshlaydi. Lekin avval, siz o‘zingizni kattalar qatoriga qo‘shishingiz kerak.

@diyorotamurodov_blog
4🔥20
Hammani olib ucha olmaysiz

Raketa uchishida, har bir detali muhim. Yordamchi dvigatellar, stabilizatorlar, yonilg‘i baklari... Hammasi o‘z vaqtida kerak.

Uchish boshlanganda, detallari ajraladi. Agar ajralmasa, yuk ortadi. Yuk ortsa, raketa qulaydi.

Bu post management haqida.

Raketa -> loyiha

Yordamchi dvigatellar -> ish boshlangandagi resurslar

Loyiha ma'lum darajaga yetganda ehtiyojlar o'zgaradi. Ilhom o‘rnini tizim, do‘stlik o‘rnini mas’uliyat egallashi kerak.

Kimdir strateg bo'lmaydi, faqat aytilgan ishni qiladi.
Kimdir yaxshi kayfiyat beradi, lekin natija berolmaydi.
Kimdir shunchaki hozirgi tezlikka moslasholmaydi.

Ular noto‘g‘ri odamlar emas, shunchaki bosqich boshqa.

Bu nuqtada eng oson yo‘l, jamoani tanqid qilish. Eng to‘g‘risi, ularni o‘rgatish.

Lekin hamma ham o‘rganmaydi. Harakat qila olmaydi.

Siz yo‘l ochasiz. Bortni tayyorlaysiz. Taklif qilasiz.
Kimdir esa bu bortga chiqishni tanlamaydi.

Shu joyda qaror qabul qilinadi. Kutish, yoki uchishni davom etish.

Kimdir 0 dan 1 gacha, kimdir 1 dan 10 gacha foydali.

Loyihani o'sishiga qarab harakat, yondashuv, odamlar o‘zgaradi. O‘zgarishi kerak.

Uchish uchun, vaqtida yukdan ajrala olish kerak.
Hatto... o‘sha yuk o'zimiz bo'lsak ham.

@diyorotamurodov_blog
🏆17
Qolganingiz uchun ko‘proq e’tibor kutmang

Siz qolganingiz uchun emas, o‘sganingiz uchun qadrlanasiz.

Loyihani boshidan beri ko‘tarib kelyapsizmi? Ancha yildan beri shu joydamisiz? Mayli.
Bu vaqt ichida qanchalik o‘zgarganingizni rahbaringiz ko'rishi qiyin.

Tashqaridan kelgan odam esa, ko‘zga yaxshi ko‘rinadi.
Rezyume bor. Intervyuda gapiradi. Narxini aytadi. Natijasini ko‘rsatadi.

Siz-chi?

Sodiqman, shuni o'zi qadrimni ko'rsatadi deb o‘ylaysiz.
O‘rganib qolganingiz uchun indamaysiz.

Indamasangiz fon'da qolasiz. Fon esa doim o'zgaradi.

Sodiqlik - qadriyat.
Masala undan tashqari nima olib kelganingizda.

Tashqaridan kelgan odam aynan siz bajarayotgan ish uchun ko‘proq oladi.
Nega? Chunki u o‘zini narxladi. Siz esa o'zlari bilishsin deb indamaysiz.

Dunyoda o‘lchov belgilab beradigan kasb yo‘q. Hech kim sizga: “2 yildan beri ishlayapsan, tajribang shuncha, endi darajang va maoshing ham oshadi,” deb aytmaydi.

Buni eshitish uchun gapirishingiz kerak.

Bo‘lmasa, sukunatingiz rozi bo‘lish deb qabul qilinadi.

– Nimalarni bajaryapsiz;
– Qanday natija qildingiz;
– Qanchalik katta mas’uliyatni olyapsiz;
– Qayerga borishni xohlaysiz;
– Qanday narxda o‘zingizni ko‘ryapsiz, ayting.

Talab qilmang - tanishtiring, ko'rsating.

Shaxsga emas, g‘oyaga sodiq bo'lgan yaxshi, degandi bir ustozim.

Shaxsga sodiqlik suiiste’mol bo'lishi mumkin. G‘oya atrofida qurilgan sadoqat tizimga aylanadi.

Gapiring, o‘zingizni qaytadan tanishtiring.
Vaqtida aytilgan bir gap, sodiqlikdan ko‘proq esda qoladi.

@diyorotamurodov_blog
629
Forwarded from Abdusattor
Biz hammamiz o‘lishimizni bilamiz. Ammo shunga qaramay, buni unutgandek yashaymiz.

😎 Maqsad loyihasining navbatdagi videosi mana shu noqulay mavzu haqida. O'lim nafaqat hayotimiz yakuni, balki hayotimizga ma'no beruvchi vosita va buni anglab yetishimiz hayotga umuman boshqa ko'zlar bilan qarashga yordam beradi. Umid qilamanki zamonaviy shovqin dunyoda bu mavzu uchun ortiqcha 15 minut topa olasiz.

Video "Maqsad" YouTube kanaliga joylandi. Ko’rish uchun havola:

🌐 O’lim. Hayotingiz eng buyuk uchrashuvi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7