Diyor Otamurodov
344 subscribers
24 photos
5 videos
14 links
Download Telegram
Pasportingizga muhr bosilgandan keyin, hayot avvalgidek bo‘lmaydi

Yaqinda Qirg'iziston davlatiga sayohat qilib qaytdik. Sayohat davomida yetarlicha xulosa qiladigan vaziyatlar bo'ldi. Safar davomida faqat geografik joylarnimas, o'zimdagi boshqa qirralarni ham kashf qildim.

Notanish mamlakat, u yerda mani na o'tmishim, na ismimni bilishadi va bu yer uchun man yangi yuzman. Bu degani hayotni yangi tug'ilgan chaqaloqdek boshlash mumkin.

Qirg'iziston bizga yaqin davlat bo'lsa ham ancha farqlari ko'p ekan. Odamlari, madaniyati, muomilasi, ishdagi mohirligi bo'yicha ko'p ishlar qilinishi kerak (agar turizimni rivojlantiramiz deyishsa). Yo'lku alohida masala bo'ldi.

Bo'lib o'tgan har qanday holatni, tog'ni tepasida 1 daqiqa sukut qilib, tabiatni, o'zimni eshitganim fursat yuvib ketdi.

Yo'lda jiyanli bo'lganim haqida ham xabar keldi. 2x xursandchilik )

@diyorotamurodov_blog
15
Har safar kontent haqida gapirganda, bitta narsani aytaman: Kattaroq o'yinda o'ynang.

Kattaroq o'yin uchun mukammal kompyuter kerak*

Yaratilgan kompyuterlar ichida eng mukammali - bu YouTube.

Istalgan o'yinda uning qoidalarini yaxshi bilganlar yutib chiqishadi.

Yutib chiqish = G'oliblik

O'zbek YouTube bozorida o'yin qoidalarini juda yaxshi biladigan va yutib chiqqan TOP 1% mutaxasisslar kanallarini yig'ib keldim.

Qo'shiling, bir kun kelib sizni kanalingiz ham ro'yxatga qo'shilishi mumkin )

→ Qo'shilish uchun link ⌨️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆13
Hozir har bir kishi haftasiga o'rtacha 17 soatini internetdagi videolarni ko‘rishga sarflaydi.

Bu raqamda kattaroq qismni egallash uchun avval ijtimoiy tarmoq va video platformalar, keyin undagi contentlar raqobatlashadi.

Vertikal videolar hajmi kengayib ketganligi uchun, kontent qilish desa hammani hayoliga reels keladi. Mantiqan to'g'ri yo'l ham shu. Kamera bilan ishlash, uyalishni yo'qotish, so'zlarni to'g'ri qo'yish... Xullas yaxshi chikalyozdi bo'lib beradi katta o'yinga )

Aslida har qanday videokontent uchun syomka algoritmi bir xil: qisqa vertikal roliklar, YouTube ko‘rsatuvlari va hatto to‘liq metrajli filmlarda ham. Faqatgina bosqichlar batafsilligi va murakkablik o‘zgarib turadi.

Bu yerda har bir bosqichdagi insaytlarimni yoritib boraman.

@diyorotamurodov_blog
25🏆13
Auditoriyani jonlantirishning 3 usuli

Hamma lid-magnitlar qanday qilinishini biladi.

Kesh-magnitlarni esa kamchilik.

Birinchisi raqobatchilar va "tekinxo‘rlar"ni, ikkinchisi obunachi va pul to'laydiganlarni jalb qiladi.

Kesh-magnitlarning 3 turi bor:

Kesh-magnit - keys

O‘zimiz, yoki mijoz/o‘quvchimiz erishgan natijasini ko‘rsatamiz.

Bu yerda eng muhimi - erishilgan natija va ungacha nimalar qilingani.

Tushunish kerak bo‘lgan eng muhim narsa - bu kontekst.

Odamlar keyslar va "отзыв"larga deyarli e'tibor bermaydi, ularning birinchi savoli "bu menda ham ishlaydimi?" bo'ladi.

Xuddi ularning vaziyatdagi odamlar qanday natijaga erishganini ko‘rsating.

Shunda kesh-magnit kerakligicha ishlaydi.

Kesh-magnit - maqola

Bu yerda og‘riyotgan tishga sovuq suv quyuladi.

Bu gapni o'qish ham noqulay, shunaqami?

Bunday Kesh-magnit muammoni to'liq ochib berib, keyingi qadamni tashlashga majbur qilishi kerak.

Masalan: "Nimaga Instagramdagi ekspertlar ko‘p ishlaydiyu, kam daromad ko‘radi?"

Kesh-magnit - yechim

Qo'polroq misol bor: Giyohvand modda sotuvchilari, mahsulotlarini tekinga sinab ko‘rishga berishadi. Chunki ko'pchilik yana qaytib kelib, pul to‘lashini bilishadi.

Nima bilsangiz hammasini bepulga bering.

Ko‘proq test drive - ko‘proq mashina sotilishi.
110
99% odam qiladigan xato

Odamlar bilan ishlash jarayonida ko’pchilik takrorlaydigan bir narsani kuzatdim.

Ularni birlashtiradigan fikr shunday:

"Avval o‘rganib, qanday qilish kerakligini tushunib, keyin loyihamni boshlayman."

Ular kursga, kitob o‘qishga, podkast eshitishga va konsultatsiyalar olishga berilib ketadi.

Bir oy, ikki oy, uch oy o‘tadi - loyiha haliyam boshlanmagan bo'ladi.

Oxiri, baribir qilib ko’rish kerakligini tushunishadi.

Oylab tayyorgarlik ko‘rish qo‘rquvni ketkazdimi? Yo‘q.

Nima ishlashini tushunib yetdimi? Yo‘q.

Biror boshlang’ich natija qilindimi? Yo‘q.

Endi o‘rinli savol - nimaga hamma shunday qilishi kerak?

Loyihani boshlang. Jarayonda uni tanitishni, sotishni va kelishuvdagi majburyatlarni bajarishni o‘rganing.

Ko‘pchilik bu xato, ekologik pradukt bo'lmaydi unda, avval instruksiyani o‘qish kerak deydi.

Lekin...

Ishni boshlash - shu oldinga harakatlantiradigan yagona man biladigan yo‘l.

Qilib ko'rish - bu podkast eshitish, kitob o‘qish, masterklaslarda qatnashish, qandaydur qulay paytni kutishmas.

Qilib ko'rish - bu qilib ko'rish.

Odatiy maslahatlar:

Kontent boshlamoqchimisiz? Kamerani yoqib syomka qiling.

Daromadni ko'paytirmoqchimisiz? Offer yozib, odamlarga e'lon qiling.

Ko‘proq bo‘sh vaqt kerakmi? Prinsiplarni belgilab oling.

Nazariyasiz amaliyot yashashi mumkin.

Amaliyotsiz nazariya - jonsiz harflar to‘plami.
21
5+5=?

Yaqinda bir fikr o'qidim:

"5+5 nechi bo‘ladi?" - deb so‘raydi birinchi odam.

"10" - deb javob beradi ikkinchisi.

"8+2?" - deb so‘raydi birinchi odam.

"10" - deb javob beradi ikkinchisi.

"20 dan 10 ni ayirsak qancha qoladi?" - deb so‘raydi birinchi odam.

"10" - deb javob beradi ikkinchisi.

Javobdan keyin birinchi odam 10 ni cheksiz olish mumkinligini aytadi.

Shu misol bilan odamlardagi 2 xil muammoli fikrlashni ochsa bo'ladi:

1. Faqat o'zi yozgan misol bilangina 10 chiqadi deb o'ylaydiganlar.

2. Hammani eshitib, lekin o'zini 10 chiqadigan formulasini topishga harakat qilmaydiganlar.

10 ni o‘zingiz qidirib topishingiz kerak. Unga oboradigan yo‘llar cheksiz.

Ssenariy bilan ham huddi shunaqa - har kimni o‘z formulasi bor.

Izlashdan to‘xtamaydiganlar, uni albatta topadi.
28
Almashtirib bo'lmaydi - qanday?

Sun'iy intellekt imkoniyatlari o'ylantirib qo'ygan odamlar tushunishi muhim deb bilgan narsam:

Qilingan investitsiya aniq foyda beradigan yagona loyiha - bu Bitcoin emas, o’zingiz.

Ko‘nikmalar - qadri tushmaydigan va sizdan olib qo’yib bo’lmaydigan narsa.

Shaxsiy qiziqishlar - kommunikatsiya va energiya olish yo'llarini ko'paytiradi.

Tajriba - muommolarni aylanib o‘tib, to‘g‘ri yo‘l tutishga yordam beradi.

Raqamli qiymat - digital zamonda istalgan joyda daromad qilish imkoniyatini ochadi.

Oddiy misol:
Baliq yoki qarmoq?

To‘g‘ri javob: baliqchi.

@diyorotamurodov_blog
1🏆12
Bugungi jamiyatda iste’mol madaniyati eng katta muammo. Texnologik rivojlanish va qulayliklar bizni keyingi darajaga olib chiqishi kerak edi, lekin o’rniga quturgan iste’molchiga aylantirdi.

Maqsad jamoasiga qo’shilganimdan so’ng birinchi katta YouTube video mavzusi shu haqida bo’ldi.

Videoda zamonaviy insonning buzuq iste’mol madaniyati haqida gapirilgan. Bu nafaqat shaxsiy, balki jamiyat miqyosidagi og’ir masala.

Videoni albatta ko’ring 👇
📹 Nafs. Quturgan iste’mol madaniyati

@diyorotamurodov_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17
Analitik fikrlash - bu genetikaning sovg‘asi emas. Bunday fikrlashni rivojlantiradigan 2 asosiy narsa bor:

- Paranoik bo'lish. Bu vahima, yoki qo'rquv taʼsirida yuzaga keluvchi instinkt jarayoni.

- Har narsani savolga tutish.

Qishloqda hayot sodda. Odamlarning kundalik hayotida hech qanday qiyin tanlov yoki mantiqiy tahlil talab qilinmaydi.

Huddi shu odamlardan birini shaharga olib kelib Excel'ni ochib yoniga qo'ysangiz, miyasi portlaydi.

Miya shunday vaziyatlar va savollarga o‘rganishni boshlagandan keyin, bu jarayon fikrlarga o'tishni boshlaydi.

Tabriklayman, shu yo‘l sizni kuchli analitik fikr egasi qiladi.

@diyorotamurodov_blog
1🔥19
Yilni qanday boshlamaslik kerak?

Ramziy sanalar odamlarni aldaydi.

Dushanba, yilni birinchi kuni va hkz.

Ko‘p yillar maqsad qo'yishda xato qilgan insonlar tajribasini olib, shuni aniq aytolaman:
Ular hech narsani o‘zgartirmaydi.

Maqsadlar o'xshashi uchun sana emas, tizim kerak.

Bular oddiy gap, endi chuqurlashamiz.

O'zi inson nega ramziy sanalarni yaxshi ko‘radi?
Bu yordam. Psixologik yordam.

Sanani shunchaki sabab qilib olib, o‘tmishdagi xatolarni unutmoqchi bo'lasiz.

“Bu yil hammasi boshqacha bo‘ladi.”

Xuddi, qoniqarsiz bahoga o'qiydigan maktab bolasi, kundaligini axlatga tashlab, baholarini yaxshilash uchun yangi kundalik sotib olayotgandek.

Yangi yil, yoki dushanba kattaroq kundalik xolos.

Klassik maqsad qo'yishda, insonlarni xuddi shu "psixologik ta’sir" boshqaradi.

Lekin bu ta’sir faqat boshlashga yordam beradi, davom ettirishgamas.

Masalan, fitnes ilovalari ko‘rsatadi:
odamlar eng ko‘p sportni boshlaydigan vaqt - bu yilni boshi, yoki dushanba.

Bu boshlanish ko‘pincha qisqa umr ko‘radi.

Endi, motivatsiyani tushirib, real hayotga qaytamiz.

Aynan shu yerda tizimlar ishga tushadi.

Nega ko‘pchilikning maqsadlari ishlamaydi?
Tizim yo‘q.

Insonlar motivatsiyaga to'lib, katta maqsadlar qo‘yadi.

Umrida zalga bormagan odam, haftasiga uch marta chiqmoqchi bo‘ladi.

Umrida kitob o‘qimagan odam, yiliga 24 ta kitob tugatmoqchi bo‘ladi.

Bu nega ishlamaydi?

Musiqa chalishni o'rganmoqchisiz.

Pianinoni oldiga birinchi marta o‘tirib, Beethovenning Sonatasidan boshlayapsiz. Xohishingiz yaxshi, lekin mantiqlimi?

Ko‘pchilikning muammosi - ular nota nimaligini bilmasdan Sonatani chala olmaydi.

Ya’ni, ular kichik g‘alabalarni his qilmagan.

G‘alabani ta’mini bilmay turib, katta maqsad qo‘yish sizni ruhan ezib qo‘yadi.

Tizim nima?
Tizim - bu kichik qadamlar.

Hatto kulgili darajada kichik bo‘lsa ham.

Oyiga 150 bet kitob o‘qish.

Haftasiga bir marta zalga borish.

Kuniga 5 ta muhim vazifa yozib, hech bo'lmasa bittasini bajarish.

Kichik qadamlar natija bermaydi deb o‘ylaysiz.

Aslida ular kuch beradi.

Bir marta zalga borgan odam, keyingi hafta ikki marta borishni o‘ylaydi.

Kuniga 5 bet o‘qigan odam, uch oydan keyin kuniga 20 bet o‘qishni boshlaydi.

Kichik qadamlar odatni shakllantiradi.

Odat esa tizimni kuchaytiradi.

Eng qizig‘i, keyin siz o‘zingizni majburlamay qo'yasiz.

Bu yil nimani qilish kerak?

1. O'tgan vaqtizni tahlil qiling.
Qaysi maqsadlaringizga erishmadingiz? Nimaga?

2. Bitta muhim maqsadni tanlang.
Pareto qonuni:
Eng katta natija keltiradigan maqsadni tanlab, shunga e’tibor qarating.

3. Qolgan maqsadlarga minimum qo‘ying.
Maksimumni bitta, uzog'i ikkita tanlang. Qolganlariga haftasiga yoki oyiga bitta kichik qadam.

Bu yil ramziy sanalar emas, tizimlar yili bo‘lsin. Omad.

@diyorotamurodov_blog
🔥25
Avval sotib, keyin tizim qiling

(Nisha: Onlayn maktab, o'qish davomiyligi: 2 daqiqa)

Klassik roadmap qanday:

Kurs yoziladi, platforma qaraladi, CRM o‘rnatiladi, avtomatlashtirishga harakat qilinadi.

Asosiy muammo esa, hali hech narsa sotilmaganida.

Tizim - bu bor narsani tartibga solish. Sotuv bo'lmasa, tartibga soladigan hech narsa bo'lmaydi.

Agar uy olishga qiziqqan bo'sangiz, bilasizki, deyarli hamma loyihada uylar avval sotiladi, keyin quriladi.

– Talab borligini ko‘rib;
– Pul tushirib;
– Keyin binoni qurishadi.


Bizni misolda ham xuddi shunaqa.

Birinchi sotuv bo‘lsa, real muammolar ko‘rinadi:
1. O‘quvchilar nima xohlashi
2. Qaysi darslarga qiziqish bor?
3. Sotuv qanaqa ishlayapti?

Shundan keyin tizim haqida o‘ylasa bo'ladi.

To‘g‘ri yondashuv:

1. Kurs yozishdan oldin auditoriya bunga pul to'lidimi yoki yo‘qligini bilish kerak.
2. Minimal pradukt bilan test qilib (yaxshi kurs yozishga oylar ketib qoladi), 5-10 ta klientga sotib ko'rish.
3. Ishlagan modelni tizimga solib, sotuv yo‘lga qo‘yilgandan keyin avtomatlashtiriladi.

Faqatgina ishlaydigan model paydo bo‘lgandan keyin uni avtomatlashtirishga o'ting.

Sotuv ishlamasa, mukammal tizim hech narsani hal qilmaydi.

Pul kelishi bilan jarayonlarni tuzatsa bo'ladi. Pul kemasa, har qanaqa tizim foydasiz.

P.S. Bu yondashuv hamma yo'nalish uchun universalmas. Masalan premium imidjli brendlar oldin tizim va praductni yaxshilab, keyin sotuvga o'tadi.

@diyorotamurodov_blog
🔥22
Kasb sizni yutib yubormasin

1950-yillar. AQSh.

Bir tadbirkor restoran ochadi. Oddiy burgerlar, tez xizmat ko’rsatish. U yaratgan tizim, restoranni dunyodagi eng yirik bizneslardan biriga aylantiradi.

Bu odam Ray Krok.

Restorani esa – McDonald’s.

Biznes uning hayotiga aylanmadi.

U McDonald’sga xizmat qilmadi.

McDonald’s uning hayotiga xizmat qildi.


Yana bir misol:


Tokioda 10 ta odam sig‘adigan sushixona bor.

O‘sha joydan birini band qilish uchun kamida 1 oy oldin harakat qilishingiz kerak.

Bu Jiro Ono’ning restorani.

U 80 yildan ko’p faqat sushi tayyorlagan.

Michelin’ning 3 yulduzi bor.

Dunyodagi eng mashhur sushimester, restoraniga prezidentlar kelib ovqatlanadi. Hozir umumiy 4 ta filiali bor.

Savol tug‘iladi: bu muvaffaqiyatmi?

Jiro shokunin falsafasi bo‘yicha ishlagan, kasbini mukammallik darajasiga olib chiqqan.

Lekin…

Uning hayoti faqat sushi.

Shokunin bo‘lish – bu kasbni san’at darajasiga olib chiqish.

Bu darajaga chiqish kerakmi? Albatta, lekin hayotingizda ishdan boshqa narsa qolmaydi.

Maqsad jamoamiz bilan, Maqsad Club uchun Jiro haqida ishlangan hujjatli filmni tarjima qilib, birinchi bo’lib ko’rib chiqqandik.

Shunda Kapitalistik Shokunin (bunday tushuncha yo’q o’zi) bo’lish eng to’g’ri yo’l degan xulosaga kelgandik.

Ya’ni ishni hayotga muvozanat qilib joylashtirish. Jiro kasbini ustasi bo‘ldi, lekin kasbi hayotini yutib yubordi. Siz esa hayotingizni yo‘qotmasdan ham o‘z ishingizda eng yaxshisi bo‘lishingiz mumkin.

Shakunin bo’laman desangiz va hayotingizda ma’no bo’lmasa, kasbingiz hayotingizni ma’nosiga aylanib qoladi.

Ikkita yo‘l bor:

1. Shokunin bo‘lish – kasbga hayotni bag’ishlash.
2. Kapitalistik Shokunin bo‘lish – kasbni mukammal qilib, undan foydalanish.

Ray Krok va Jiro o’rtasidagi farq shunda.

@diyorotamurodov_blog
🔥13
Qafasdagi qush erkin emas, lekin osmondagi qush ham shamol qonunlariga bo‘ysunadi.

Xaos bo’lmasligi uchun, yo‘l harakatidagi qoidalar bizga xavfsiz yurishga yordam beradi.

Hayotda ham, ma'lum chegaralar imkoniyat ochadi.

Biz qoidalardan qochishni erkinlik deb o'ylaymiz. Aslida o‘zimiz xohlagan tartibni tanlay olganimizda, erkin bo’lamiz.

Tanlangan cheklovlar insonni kuchliroq qiladi. Har kuni bir vaqtda uyg‘onish tanlov kamligimas, ortiqchalarini o‘ylamaslikdir.

Kuniga yarim soatni o‘qishga ajratish vaqtni yo‘qotishmas, uni boshqarish.

O'zimiz yozgan qoidalar hayotimizni boshqaradi. Boshqalar yozgan qoidalar esa bizni.

Haqiqiy erkinlik qoidalarsiz yashashmas, qaysilari bilan yashashni o‘zimiz hal qilishimizdir.

@diyorotamurodov_blog
7🔥16
“Yoshim 30 ga kirgan bo‘sayam, uydagilarim uchun yosh boladayman.”

Shunaqa izohlarga ko'p ko'zim tushadi.

Bu oddiy gap emas. Bu hayotingizni qanday yashayotganingizni ko'rsatib beradigan haqiqat.

Agar uydagilar sizni hamon bola deb bilsa, siz shunday bo‘lib qolishga ruxsat bergansiz.

Ular uchun emas, o‘zingiz uchun.

Hayotingiz uchun javobgarlikni o‘zingizga olmayapsizmi? Unda ular bu bo‘shliqni to‘ldirishda davom etadi. Siz esa buni hurmat deb qabul qilasiz.

Bu yerda ota-ona va farzand o‘rtasidagi sof munosabat haqida gap ketmayapti. Masala hayotingiz ustidan kim qaror qilayotgani. Hurmat boshqacha fikrlarni ham tan olishdan boshlanadi. Siz mustaqil bo‘lishingiz, ular esa bunga ko‘nikishi kerak.

Yaqinlaringiz sizni mustaqil inson sifatida ko‘rishni xohlaydi. Lekin ular bunga tayyor emas. Chunki yillar davomida sizni boshqarib kelishgan. Siz ham bunga tayyor emassiz, chunki boshqarilish qulay.

Ular uchun emas, o‘zingiz uchun ulg‘ayishingiz kerak.

Ulg‘ayish shunchaki yosh o‘tishi emas.

Qabul qilish qiyin bo'sayam, ko‘pincha bu pul bilan o‘lchanadi.

Moliyaviy mustaqillik bo‘lmasa, mustaqil qaror qabul qilish qiyin.

Agar haliyam kimgadur qarab qolgan bo‘lsangiz, katta ehtimol qanday yashashingizni ham ular belgilaydi.

Shuning uchun kattalar dunyosida iqtisodiy erkinlik mustaqillikning muhim qismi.

Shunda pul topishni boshlasam bo'ldimi? Yo'q.

Ulg‘ayish = o‘z fikriga ega bo‘lish. Qarorlar uchun javob berish.

Siz ulg‘ayganingiz sari, yaqinlaringiz ham sizni shunday ko‘rishni boshlaydi. Lekin avval, siz o‘zingizni kattalar qatoriga qo‘shishingiz kerak.

@diyorotamurodov_blog
4🔥20
Hammani olib ucha olmaysiz

Raketa uchishida, har bir detali muhim. Yordamchi dvigatellar, stabilizatorlar, yonilg‘i baklari... Hammasi o‘z vaqtida kerak.

Uchish boshlanganda, detallari ajraladi. Agar ajralmasa, yuk ortadi. Yuk ortsa, raketa qulaydi.

Bu post management haqida.

Raketa -> loyiha

Yordamchi dvigatellar -> ish boshlangandagi resurslar

Loyiha ma'lum darajaga yetganda ehtiyojlar o'zgaradi. Ilhom o‘rnini tizim, do‘stlik o‘rnini mas’uliyat egallashi kerak.

Kimdir strateg bo'lmaydi, faqat aytilgan ishni qiladi.
Kimdir yaxshi kayfiyat beradi, lekin natija berolmaydi.
Kimdir shunchaki hozirgi tezlikka moslasholmaydi.

Ular noto‘g‘ri odamlar emas, shunchaki bosqich boshqa.

Bu nuqtada eng oson yo‘l, jamoani tanqid qilish. Eng to‘g‘risi, ularni o‘rgatish.

Lekin hamma ham o‘rganmaydi. Harakat qila olmaydi.

Siz yo‘l ochasiz. Bortni tayyorlaysiz. Taklif qilasiz.
Kimdir esa bu bortga chiqishni tanlamaydi.

Shu joyda qaror qabul qilinadi. Kutish, yoki uchishni davom etish.

Kimdir 0 dan 1 gacha, kimdir 1 dan 10 gacha foydali.

Loyihani o'sishiga qarab harakat, yondashuv, odamlar o‘zgaradi. O‘zgarishi kerak.

Uchish uchun, vaqtida yukdan ajrala olish kerak.
Hatto... o‘sha yuk o'zimiz bo'lsak ham.

@diyorotamurodov_blog
🏆17
Qolganingiz uchun ko‘proq e’tibor kutmang

Siz qolganingiz uchun emas, o‘sganingiz uchun qadrlanasiz.

Loyihani boshidan beri ko‘tarib kelyapsizmi? Ancha yildan beri shu joydamisiz? Mayli.
Bu vaqt ichida qanchalik o‘zgarganingizni rahbaringiz ko'rishi qiyin.

Tashqaridan kelgan odam esa, ko‘zga yaxshi ko‘rinadi.
Rezyume bor. Intervyuda gapiradi. Narxini aytadi. Natijasini ko‘rsatadi.

Siz-chi?

Sodiqman, shuni o'zi qadrimni ko'rsatadi deb o‘ylaysiz.
O‘rganib qolganingiz uchun indamaysiz.

Indamasangiz fon'da qolasiz. Fon esa doim o'zgaradi.

Sodiqlik - qadriyat.
Masala undan tashqari nima olib kelganingizda.

Tashqaridan kelgan odam aynan siz bajarayotgan ish uchun ko‘proq oladi.
Nega? Chunki u o‘zini narxladi. Siz esa o'zlari bilishsin deb indamaysiz.

Dunyoda o‘lchov belgilab beradigan kasb yo‘q. Hech kim sizga: “2 yildan beri ishlayapsan, tajribang shuncha, endi darajang va maoshing ham oshadi,” deb aytmaydi.

Buni eshitish uchun gapirishingiz kerak.

Bo‘lmasa, sukunatingiz rozi bo‘lish deb qabul qilinadi.

– Nimalarni bajaryapsiz;
– Qanday natija qildingiz;
– Qanchalik katta mas’uliyatni olyapsiz;
– Qayerga borishni xohlaysiz;
– Qanday narxda o‘zingizni ko‘ryapsiz, ayting.

Talab qilmang - tanishtiring, ko'rsating.

Shaxsga emas, g‘oyaga sodiq bo'lgan yaxshi, degandi bir ustozim.

Shaxsga sodiqlik suiiste’mol bo'lishi mumkin. G‘oya atrofida qurilgan sadoqat tizimga aylanadi.

Gapiring, o‘zingizni qaytadan tanishtiring.
Vaqtida aytilgan bir gap, sodiqlikdan ko‘proq esda qoladi.

@diyorotamurodov_blog
629
Forwarded from Abdusattor
Biz hammamiz o‘lishimizni bilamiz. Ammo shunga qaramay, buni unutgandek yashaymiz.

😎 Maqsad loyihasining navbatdagi videosi mana shu noqulay mavzu haqida. O'lim nafaqat hayotimiz yakuni, balki hayotimizga ma'no beruvchi vosita va buni anglab yetishimiz hayotga umuman boshqa ko'zlar bilan qarashga yordam beradi. Umid qilamanki zamonaviy shovqin dunyoda bu mavzu uchun ortiqcha 15 minut topa olasiz.

Video "Maqsad" YouTube kanaliga joylandi. Ko’rish uchun havola:

🌐 O’lim. Hayotingiz eng buyuk uchrashuvi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7