Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.85K subscribers
7.95K photos
899 videos
11 files
2.27K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
#Live
#Ustozlar_forumi

Ayni vaqtda Termiz shahridagi 26-maktabda "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Ustozlar_forumi
#Ochilish_marosimi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bugun Termiz shahridagi 26-maktabda "Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” o'tkazildi. Forumda boshqarma xodimlari, shahar va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari boshliqlari, viloyatning barcha hududlaridan o'qituvchilar va boshqalar ishtirok etishdi.

Forumning ochilish marosimida dastlab boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev so'zga chiqib, bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglar nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so'z yuritdi.

Shundan so'ng sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh o'qituvchilar, shuningdek, Ispaniyada yosh musiqachilar o‘rtasida o'tkazilgan xalqaro tanlovda oltin medal sohibasi bo‘lgan Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Charos Absoatova boshqarma boshlig'i tomonidan munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Bugun Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovа va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, faol o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi say-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2144

#Surxondaryo #talim #ustozlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍4👏1