Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿 (Dildora)
#Ustozlar_forumi
#Ochilish_marosimi
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bugun Termiz shahridagi 26-maktabda "Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” o'tkazildi. Forumda boshqarma xodimlari, shahar va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari boshliqlari, viloyatning barcha hududlaridan o'qituvchilar va boshqalar ishtirok etishdi.
Forumning ochilish marosimida dastlab boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev so'zga chiqib, bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglar nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so'z yuritdi.
Shundan so'ng sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh o'qituvchilar, shuningdek, Ispaniyada yosh musiqachilar o‘rtasida o'tkazilgan xalqaro tanlovda oltin medal sohibasi bo‘lgan Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Charos Absoatova boshqarma boshlig'i tomonidan munosib taqdirlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

👍1