Davlat xizmatlari yangiliklari
52.1K subscribers
10.2K photos
931 videos
8 files
8.6K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
👍111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Batafsil yuqoridagi videoda

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍231
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikohdan o‘tish muddati qancha vaqt?

❗️Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasiga binoan, Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

🔹Nikoh tuzilganligini qayd etish tayinlangan kundan boshlab, uch oy ichida yo‘qlangan arizalar bo‘yicha nikoh tuzilganligi qayd etiladi. Bunday holda nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizaning orqa tarafidagi bo‘sh joyga nikohlanuvchi shaxslar tomonidan belgilangan muddatda kelmaganlik sabablari, nikoh tuzilganligini qayd ettirish istagi va shu kunning sanasi yozilib, imzo qo‘yiladi. Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza berilgan kundan boshlab to‘rt oy ichida yo‘qlanmagan arizalar Muddatida yo‘qlanmagan nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizalarni yo‘q qilish bo‘yicha dalolatnoma tuzgan holda yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Mazkur dalolatnomalar alohida yig‘majildga tikib boriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171
#litsenziyalash_xizmati #Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

🛡Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💠Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
#Eʼtirof

Muvaffaqiyatli hamkorlik: 
Inklyuziv Davlat xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi

Yangi inklyuziv Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Nukusliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 280 dan ortiq  davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
 
Takidlash joizki, ushbu Davlat xizmatlari markazi  BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqi va Adliya vazirligi o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning bir qismi bo‘lib, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning chekka hududlarida yettita shunga o‘xshash markazlar ochildi.
 
Nukus tumanining 49 000 dan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitga ega ushbu zamonaviy binoning boshqa DXMlardan ajratib turadigan jihati uning inklyuziv ekanligidir.
 
Bu barcha tashrif buyuruvchilarning kelib chiqishi yoki sharoitlaridan qatʼiy nazar, kerakli xizmatlardan bir xil darajada foydalanish imkonini beradi. 
Shuningdek, markazda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilganini ham taʼkidlash lozim.
 
Yangi binolarni qurishdan tashqari, biz Adliya vazirligi bilan birgalikda xizmatlarni taqdim etishning ichki mexanizmlarini takomillashtirish ustida  keng qamrovli ishlarni olib bormoqdamiz. Jumladan:
 
— davlat xizmatlaridan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlat muassasalarida funksiyalarni ratsionalizatsiya qilish;

— shaffoflik va foydalanish qulayligini taʼminlash uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish;

— foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan xizmatlarni taqdim etishda xodimlarning salohiyatini oshirish.
 
Hamkorligimizning asosiy maqsadi O‘zbekistonda har bir insonning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash hisoblanadi.

Ivana Jivkovich, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori
👍162
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#10june #uzbekiston24

Axborot 24 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida Davlat xizmatlari ochildi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

ISBN hamda ISSN xalqaro standart tartib raqamlari olishning talablari va shartlari qanday?

📝ISBN hamda ISSN xalqaro standart tartib raqamlari olishning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

🔹tartib raqami olinayotgan kitob va boshqa bosma nashrlar chop etilmagan bo‘lishi;
🔹tegishli xalqaro standart tartib raqamlarini olgandan so‘ng nashrni chop etilmaslik holatlariga va uchinchi shaxslarga berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
🔹har bir nashriyot tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya etish maqsadida chop etiladigan kitob mahsulotlariga mazkur nashrning chiqish ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi QR-kod bilan chop etilishini ta’minlash;
🔹nashr etilgan kitob va boshqa bosma nashrlarning majburiy bepul nusxalarini doimiy saqlovini amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga hisobotini taqdim etish maqsadida chop etilgan nashrlarni o‘n kun muddatda Milliy kutubxonaga taqdim etish.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
👍9
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍192
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍161
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 13-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

ISBN (International Standard Book Number) xalqaro standart raqami nima?

📌ISBN (International Standard Book Number) xalqaro standart raqami — Axborot-kutubxona va nashriyotchilik ishi bo‘yicha standartlar tizimi davlatlararo standartiga muvofiq har bir kitob uchun noyob identifikator bo‘lib, kitobning chiquvchi ma’lumotlari majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102
#litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

🛡Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💠Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#Bilasizmi?

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼Jismoniy shaxslar.

📌Davlat xizmatini ko‘rsatish mutlaqo bepul.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati - real vaqt rejimida.

📄Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha yo‘llanma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#Bilasizmi

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 330 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 14-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Bilasizmi?

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131
#Adlia_hudud

XOMKONDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Xususan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angor tumanidagi “Xomkon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va joyida bartaraf etish choralari ko‘rilishi bilan bir vaqtda sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi, jumladan, jami 36 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, shundan 6 ta “Mobil ID” ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 4 nafar bolalarni bog‘chaga navbatga qo‘yish, 5 ta ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 2 ta muddati o‘tgan tug‘ilishni qayd etish, 9 ta sanatoriyaga navbatga qo‘yish bilan bog‘liq hamda 7 ta subsidiya asosida uy-joy xarid qilish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi, shuningdek, shu joyning o‘zida 3 ta tug‘ilganlik guvohnomasi sayyor tartibda o‘z egalariga topshirildi.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolari xolidan ham xabar olinib, vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida muammolari o‘rganildi va ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tez kunlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121