Davlat xizmatlari yangiliklari
50.6K subscribers
9.87K photos
885 videos
8 files
8.31K links
Download Telegram
#Eʼtirof

Muvaffaqiyatli hamkorlik: 
Inklyuziv Davlat xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi

Yangi inklyuziv Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Nukusliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 280 dan ortiq  davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
 
Takidlash joizki, ushbu Davlat xizmatlari markazi  BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqi va Adliya vazirligi o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning bir qismi bo‘lib, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning chekka hududlarida yettita shunga o‘xshash markazlar ochildi.
 
Nukus tumanining 49 000 dan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitga ega ushbu zamonaviy binoning boshqa DXMlardan ajratib turadigan jihati uning inklyuziv ekanligidir.
 
Bu barcha tashrif buyuruvchilarning kelib chiqishi yoki sharoitlaridan qatʼiy nazar, kerakli xizmatlardan bir xil darajada foydalanish imkonini beradi. 
Shuningdek, markazda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilganini ham taʼkidlash lozim.
 
Yangi binolarni qurishdan tashqari, biz Adliya vazirligi bilan birgalikda xizmatlarni taqdim etishning ichki mexanizmlarini takomillashtirish ustida  keng qamrovli ishlarni olib bormoqdamiz. Jumladan:
 
— davlat xizmatlaridan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlat muassasalarida funksiyalarni ratsionalizatsiya qilish;

— shaffoflik va foydalanish qulayligini taʼminlash uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish;

— foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan xizmatlarni taqdim etishda xodimlarning salohiyatini oshirish.
 
Hamkorligimizning asosiy maqsadi O‘zbekistonda har bir insonning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash hisoblanadi.

Ivana Jivkovich, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori