Davlat xizmatlari yangiliklari
51.3K subscribers
10.1K photos
930 videos
8 files
8.58K links
Download Telegram
#Adlia_hudud

XOMKONDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Xususan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angor tumanidagi “Xomkon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va joyida bartaraf etish choralari ko‘rilishi bilan bir vaqtda sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi, jumladan, jami 36 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, shundan 6 ta “Mobil ID” ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 4 nafar bolalarni bog‘chaga navbatga qo‘yish, 5 ta ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 2 ta muddati o‘tgan tug‘ilishni qayd etish, 9 ta sanatoriyaga navbatga qo‘yish bilan bog‘liq hamda 7 ta subsidiya asosida uy-joy xarid qilish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi, shuningdek, shu joyning o‘zida 3 ta tug‘ilganlik guvohnomasi sayyor tartibda o‘z egalariga topshirildi.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolari xolidan ham xabar olinib, vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida muammolari o‘rganildi va ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tez kunlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121