Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
Davlat xizmatlari yangiliklari
🔴 #DXA_live #Эфирда_ДХА! Ҳозирги кунда давлат хизматларини агент сифатида кўрсатиш мумкинми? Агент сифатида сертификат олиш учун қаерда ўқиш керак ? Агент сифатида сертификат олиш учун имтиҳон топшириш қай тартибда амалга оширилади? Шу ва мавзуга оид…
🔴 #DXA_live #Эфирда_ДХА!

Ҳозирги кунда давлат хизматларини агент сифатида кўрсатиш мумкинми?

Агент сифатида сертификат олиш учун қаерда ўқиш керак ?

Агент сифатида сертификат олиш учун имтиҳон топшириш қай тартибда амалга оширилади?

Шу ва мавзуга оид бошқа саволларингиз бўлса, Фэйсбукдаги саҳифамизда ўтказилаётган жонли мулоқотимизга қўшилинг!

❗️Фэйсбук саҳифасига https://www.facebook.com/davxizmat/ ҳаволаси орқали уланиш мумкин.

💻📲 Жонли мулоқот бошланди.
#DXA_Mutaxassis_sharhi

2021-yil 1-yarim yilligida Davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron raqamli imzoni olish tartibi qanday?

Xizmat sifatini baholashning qanday usullari joriy etilgan?

Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga yana qanday axborot texnologiyalarini joriy qilish rejalashtirildi?

BATAFSIL👈🏻

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
#DXA_live #Эфирда_ДХА!

Ҳозирги кунда ФҲДЁ хизматларидан экстерриториал тарзда фойдаланиш мумкинми?

Агар ФҲДЁ бўлими масъули хизматни экстерриториал тарзда тақдим этишдан бош тортса, қаерга мурожаат қилиш мумкин?

ФҲДЁ соҳасига оид давлат хизматларини тақдим этиш жараёнини соддалаштириш йўналишида истиқболдаги режалар қандай?

Шу ва мавзуга оид бошқа саволларингиз бўлса, Фэйсбукдаги саҳифамизда ўтказилаётган жонли мулоқотимизга қўшилинг!

❗️Фэйсбук саҳифасига https://www.facebook.com/davxizmat/ ҳаволаси орқали уланиш мумкин.

📆 Жонли мулоқот бугун Тошкент вақти билан 17:00 да бўлиб ўтади.

💻📲 Виртуал маконда кўришгунча!

🔗Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
#DXA_live #Эфирда_ДХА!

ФҲДЁ хизматларини кўрсатишда қандай қулайликлар жорий этилди?

ФҲДЁ бўлими масъули хизматни экстерриториал тарзда тақдим этишдан бош тортиши мумкинми?

ФҲДЁ соҳасига оид давлат хизматларини тақдим этиш жараёнини соддалаштириш йўналишида истиқболдаги режалар қандай?

ФҲДЁ соҳасига оид саволларингиз бўлса, Фэйсбукдаги саҳифамизда ўтказиладиган жонли мулоқотимизга қўшилинг!

❗️Фэйсбук саҳифасига https://www.facebook.com/davxizmat/ ҳаволаси орқали уланиш мумкин.

📆 Жонли мулоқот эртага Тошкент вақти билан 11:00 да бўлиб ўтади.

💻📲 Виртуал маконда кўришгунча!

🔗Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_qulaylik

⚡️2022 yil 1 yanvardan bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi uchun undiriladigan to‘lovlar kamaytirildi va ayrimlari uchun to‘lov bekor bo‘ldi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo‘lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilandi.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma berish avval Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari bo‘lsa, endilikda BHMning 20%miqdorida etib belgilandi.

Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish uchun to‘lov avval BHMning 1 baravari bo‘lsa, endilikda BEPUL etib belgilandi.

Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov avval BHMning 2 baravari miqdorida bo‘lgan bo‘lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilandi.

Maqsad — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini taʼminlash.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·

*******************************************************

#Удобство_от_АГУ

⚡️С 1 января 2022 года плата за оказание ряда государственных услуг снижена, а для некоторых отменена.

В частности, размер платы за выдачу биометрических паспортов гражданам Республики Узбекистан для выезда за границу ранее был установлен в размере 1,2 БРВ, теперь 1 БРВ.

Оплата за выдачу нового свидетельства о государственной регистрации субъектам предпринимательства ранее была установлена в размере 1 БРВ, теперь плата будет составлять 20% от БРВ.

Также сбор за включение в реестр частных агентств занятости, который раньше был в размере 1 БРВ, теперь установлен как БЕСПЛАТНЫЙ.

Плата за государственную регистрацию адвокатских бюро, адвокатских фирм и коллегий адвокатов ранее составляла 2 БРВ, теперь установлена в размере 1 БРВ.

Цель — ускорения работы по поддержке социально уязвимых слоев населения, обеспечения качественного оказания государственных услуг.

🔗Оставайтесь на связи:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA #Tabriknoma

8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni
.

Davlat xizmatlari agentligi jamoasi 8 yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Jamiyatda adolatni qaror toptirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq manfaati yo‘lidagi sharafli xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sihat-salomatlik, o‘zaro hurmat, totuvlik, hamfikrlik va farovonlik hamrohingiz bo‘lsin.

Hurmat bilan, Davlat xizmatlari agentligi jamoasi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_nazorati

Doimiy nazorat besamar emas

2021-yil mobaynida Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida muddat buzilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish, vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaganlik kabi qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 1 452 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ularning 71 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda 3 077 nafar mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

BATAFSIL

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_hudud

Namanganda eng koʻp koʻrsatilgan davlat xizmati: farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish xizmati boʻldi.

2021-yil davomida Namangan viloyati Davlat xizmatlari markazlari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga jami 673 549 ta xizmat koʻrsatildi.

Eng koʻp foydalanilgan davlat xizmatlari quyidagilar:

-Farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish – 97081 ta,

-Kadastr sohasiga doir - 81326 ta,

-Elektron raqamli imzo kalitini olish - 42598 ta,

-Pensiya nafaqasi toʻgʻrisida maʼlumot – 32635 ta,

-Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga hisobga olish – 22585 ta,

-Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish – 20011 ta,

-Tadbirkorlik sohasiga doir – 24718 ta.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#DXA_xalqaro_hamkorlik

FHDY organlari tomonidan 2021-yil davomida fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Minsk va Kishinev konvensiyalariga asosan konvensiyaga aʼzo davlatlar bilan 16,5 mingdan ortiq huquqiy yozishmalar amalga oshirildi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA

Siz COVID19 virusiga qarshi emlandingizmi?


Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar koʻrishni davom ettirish lozimligi qayd etilib, aholini toʻliq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtirilishi qayd etildi.

💉Shu munosabat bilan, Davlat xizmatlari agentligi tizimida faoliyat olib boruvchi 3 892 nafar xodimdan bevosita xalqqa xizmat koʻrsatuvchi 3 091 nafari COVID19 virusiga qarshi emlandi.

Oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang!

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_xizmatlar

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchilarning talabi yuqori bo‘lgan xizmatlari qaysilar ekanidan xabardormisiz?

📊Infografika orqali 2021-yil davomida eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari 5-ligi bilan tanishishingiz mumkin.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_sayyor_xizmatlar

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Ushbu sayyor qabulda Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi hamda tuman Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan urush va mehnat faxriylariga artroflicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, qabul davomida faxriylarga davlat pensiyasini tayinlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_hudud

Tadbirkorlarga koʻmak.

Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon qishlogʻidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Nanay” va unga yondosh boʻlgan mahallalarga bundan 5-10 yil avval borgan odamlar bugun hudud qiyofasini tanimasligi aniq. Mazkur mahallalarda avvallari dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan fuqarolar bugun, gastronomik turizm va tadbirkorlikni boshqa sohalari bilan faol shugʻullanib kelmoqda. Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasimasʼullari tomonidan uyma-uy yurilib aholi muammolari oʻrganildi. Tumanning “Zarbdor” mahallasida 3 250 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan, 34 nafari oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan.

Ularning asosiy qismi uy mehmonxonasi ochib, qishloqqa kelgan mehmonlarga xizmat koʻrsatmoqda. Ayrimlari oʻz uyida chorvachilik, parrandachilik, koʻchat yetishtirish bilan mashgʻul. Sohiba Roʻziyeva uy bekasi. U oʻz xonadonida 20 bosh qoʻy va 100 ga yaqin parranda boqish bilan shugʻullanadi. Masʼullar uning xonadoniga borib, uy egalari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida, kadastr pasportini shakllantirish kerakligi maʼlum boʻldi va Yangiqoʻrgʻon tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqaroga sayyor xizmat koʻrsatildi. Yana bir fuqaro Sotvoldi Xoliqov oʻz xonadonida Uy mehmonxonasini ochib, 3 nafar yaqinlarini ish bilan taʼminlagan. Otaxonga ham tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish boʻyicha huquqiy maslahat berilib, xizmat koʻrsatildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Nanay, Mamay, Oqtom, Zarbdor mahallalari fuqarolariga sayyor xizmat koʻrsatildi. Shu kuni fuqarolar kadastr pasportini shakllantirish, kommunal tarmoqlarga ulanish, tadbirkorlik sohasiga oid 30 yaqin sayyor xizmatlardan foydalandi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_xabari

⚡️Endilikda DXM orqali ham ID-kartaga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ichki ishlar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari bilan bir qatorda Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yangihayot, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy, Yashnobod, Shayxontohur, Yunusobod, Olmazor tumanlari Davlat xizmatlari markazlari hamda Toshkent viloyatining Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi orqali ID-kartangizni rasmiylashtirishingiz mumkin.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_hudud

Yana qonunbuzarliklar... .

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni doimiy nazoratda. Lekin, hali hanuz eskicha tizimdan voz kecha olmay, masʼuliyatsizligi sabab odamlarni sarson qilayotgan tashkilotlar masʼullari ham yo‘q emas.

Jumladan, vakolatli organlar tomonidan elektron hamkorlik tizimi orqali yuborilayotgan murojaatlarni belgilangan muddatlar hamda talablar asosida amalga oshirish jarayoni Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan 2021 yilda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida jami 4 795 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Natijada, ularga yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan tegishli taʼsir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, 264 nafar masʼul xodimlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, vakolatli davlat organlariga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusi faoliyatida yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan 46 ta taqdimnoma kiritilib, ularga asosan jami 38 nafar masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi. Shundan 9 nafar masʼul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_qulaylik

KOMPOZIT XIZMAT BITTAGA KO'PAYDI.

2022 yil 1 apreldan Toshkent shahrida,
2022 yil 1 iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy maʼlumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi.

🔗Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DXA_qulaylik

KOMPOZIT XIZMAT BITTAGA KO'PAYDI.

🔗Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·