Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#DXA_hudud

Namanganda eng koʻp koʻrsatilgan davlat xizmati: farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish xizmati boʻldi.

2021-yil davomida Namangan viloyati Davlat xizmatlari markazlari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga jami 673 549 ta xizmat koʻrsatildi.

Eng koʻp foydalanilgan davlat xizmatlari quyidagilar:

-Farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish – 97081 ta,

-Kadastr sohasiga doir - 81326 ta,

-Elektron raqamli imzo kalitini olish - 42598 ta,

-Pensiya nafaqasi toʻgʻrisida maʼlumot – 32635 ta,

-Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga hisobga olish – 22585 ta,

-Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish – 20011 ta,

-Tadbirkorlik sohasiga doir – 24718 ta.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#DXA_hudud

Tadbirkorlarga koʻmak.

Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon qishlogʻidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Nanay” va unga yondosh boʻlgan mahallalarga bundan 5-10 yil avval borgan odamlar bugun hudud qiyofasini tanimasligi aniq. Mazkur mahallalarda avvallari dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan fuqarolar bugun, gastronomik turizm va tadbirkorlikni boshqa sohalari bilan faol shugʻullanib kelmoqda. Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasimasʼullari tomonidan uyma-uy yurilib aholi muammolari oʻrganildi. Tumanning “Zarbdor” mahallasida 3 250 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan, 34 nafari oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan.

Ularning asosiy qismi uy mehmonxonasi ochib, qishloqqa kelgan mehmonlarga xizmat koʻrsatmoqda. Ayrimlari oʻz uyida chorvachilik, parrandachilik, koʻchat yetishtirish bilan mashgʻul. Sohiba Roʻziyeva uy bekasi. U oʻz xonadonida 20 bosh qoʻy va 100 ga yaqin parranda boqish bilan shugʻullanadi. Masʼullar uning xonadoniga borib, uy egalari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida, kadastr pasportini shakllantirish kerakligi maʼlum boʻldi va Yangiqoʻrgʻon tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqaroga sayyor xizmat koʻrsatildi. Yana bir fuqaro Sotvoldi Xoliqov oʻz xonadonida Uy mehmonxonasini ochib, 3 nafar yaqinlarini ish bilan taʼminlagan. Otaxonga ham tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish boʻyicha huquqiy maslahat berilib, xizmat koʻrsatildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Nanay, Mamay, Oqtom, Zarbdor mahallalari fuqarolariga sayyor xizmat koʻrsatildi. Shu kuni fuqarolar kadastr pasportini shakllantirish, kommunal tarmoqlarga ulanish, tadbirkorlik sohasiga oid 30 yaqin sayyor xizmatlardan foydalandi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_hudud

Yana qonunbuzarliklar... .

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni doimiy nazoratda. Lekin, hali hanuz eskicha tizimdan voz kecha olmay, masʼuliyatsizligi sabab odamlarni sarson qilayotgan tashkilotlar masʼullari ham yo‘q emas.

Jumladan, vakolatli organlar tomonidan elektron hamkorlik tizimi orqali yuborilayotgan murojaatlarni belgilangan muddatlar hamda talablar asosida amalga oshirish jarayoni Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan 2021 yilda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida jami 4 795 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Natijada, ularga yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan tegishli taʼsir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, 264 nafar masʼul xodimlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, vakolatli davlat organlariga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusi faoliyatida yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan 46 ta taqdimnoma kiritilib, ularga asosan jami 38 nafar masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi. Shundan 9 nafar masʼul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·