#Bobur_day
#Bobur_haqida_10_fakt
14 fevral - O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi sanasi
1️⃣ Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
2️⃣ Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
3️⃣ Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).
4️⃣ Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.
5️⃣Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.
6️⃣ Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi.
Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi.
7️⃣ Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan.
8️⃣ "Boburnoma" voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
9️⃣ Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
🔟 Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan.