O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
20.4K subscribers
35.3K photos
6.68K videos
80 files
12.6K links
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: [email protected]
https://www.facebook.com/UZDBQ
Download Telegram
Hududlardan xabarlar

Andijon viloyati bojxona boshqarmasida “Ustozlar nasihati - yutuqlar kaliti” shiori ostida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

Namangan viloyatidagi tekstil korxonasi “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalangan holda joriy yilda 2 mln. AQSH dollarlik mahsulotlarni eksport qildi.

“Toshkent-Aero” IBKda tadbirkorlar, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar hamda bojxona ombori vakillari bilan sayyor uchrashuv oʻtkazildi.

Qashqadaryoda qiymati 25 million AQSH dollariga teng yangi ishlab chiqarish korxonasi bunyod etilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi transformator stansiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada boʻldi.

Surxondaryoda xorijiy investitsiya asosida 80 gektar maydoniga zamonaviy issiqxonalar qurilib, unda eksportbop koʻkatlar yetishtirilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi masʼullarining navbatdagi sayyor uchrashuvi Jomboy tumanidagi qoʻshma korxonada oʻtkazildi.

Jizzax viloyati bojxonachilari Forish tumanidagi trikotaj va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishishdi.
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan


Hayo deb, ishda, so‘zda adabga rioya qilmakni aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurg‘on bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdur.

Abdulla Avloniy
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2002-yil 1-avgust – Yagona bojxona to‘lovini undirish va uning summasini davlat budjetiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjat 2008-yil 8-martga qadar amal qildi.

2002-yil 1-avgust – Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarni yuridik shaxslar tomonidan import qilinganda yig‘im undirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Hujjat 2003-yil 14-yanvarga qadar amal qildi.

2006-yil 1-avgust – Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2018-yil 1-iyunga qadar amal qildi.

2008-yil 1-avgust – O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Hujjat 2013-yil 19-avgustga qadar amal qildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaziyat 24 | Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan umumiy qiymati 1 mlrd. so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi
Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov bugun Buxoro viloyatida bo‘lib, qator bojxona postlari, turli korxonalar hamda chekka tumanlardagi investitsiyaviy loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Dastlab “Olot” chegara bojxona postidagi xizmat jarayonlari, fuqarolar va haydovchilar uchun mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Buxoro shahridan 100 km uzoqlikda joylashgan mazkur postda bojxona xodimlari kunu-tun faoliyat olib borishadi.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida post orqali 150 mingga yaqin avtotransport vositalari va salkam 400 ming nafar jismoniy shaxslar harakatlandi.

Postga tutash hududda yirik bojxona terminalining qad rostlashi hisobiga ilgari tez-tez kuzatilgan tirbandliklarning oldi olindi, shu yerning o‘zida tovarlarni bojxonada to‘liq rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Bu esa tadbirkorlarning vaqti va harajatlarini tejash barobarida davlat byudjetiga undirilayotgan bojxona to‘lovlari salmog‘ini ham oshirdi.

Qo‘mita Raisi postdan o‘tayotgan haydovchilar va yo‘lovchilar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning taklif va mulohazalariga quloq tutdi.

Jumladan, postning piyodalar harakatlanadigan yo‘laklari bo‘ylab soyabon tom o‘rnatish topshirig‘i berildi. Bu jazirama va yog‘in-sochin kunlarda yo‘lovchilar uchun qulaylik tug‘diradi.

Postda va terminalda faoliyat yuritayotgan barcha xizmatlarning uzviy ishlashini taʼminlab, yuklar va fuqarolarning chegaradan o‘tish jarayonini tezlashtirish hamda muammoli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.