Computer_simulations_Uz
547 subscribers
458 photos
81 videos
89 files
399 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
🔬 Ilmiy hamkorlik sari yangi qadamlar! 🤝
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo institutiga tashrif buyurdim. 🌿🧬
"Sovuq atmosferik plazmani saraton hujayralariga ta'siri: molekulyar darajadagi tadqiqot" mavzusida institut xodimlariga taqdimot qilib berdim. 📊👨‍🏫 Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va qizg'in muhokamalar bo'ldi.
Taqdimotdan so‘ng institut direktori Akademik Sabirov Ravshan Zairovich bilan mazmunli suhbat qurib, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldik. 🤝
Institut katta ilmiy xodimi Diyorbek Fayziyev laboratoriyaning asosiy asbob uskunalari bilan tanishtirdi. 🔬💡 U yerda hujayra ustida tajribalar bajarish uchun zarur bo‘lgan qimmatbaho zamonaviy asbob-uskunalar mavjud ekan.
🌟 Yaqin yarim yil ichida hamkorlikdagi birinchi ilmiy maqolamiz chop etilishi kutilmoqda. Tadqiqotlarni boshlab yubordik! 🚀
👍8🔥2
Screenshot 2025-01-27 164358.png
2.1 MB
Italiyalik hamkorlar bilan loyiha topshirish uchun dastlabki muzokaralarni boshladik.
👍10🔥2
🌟 Maxsus son E’loni! 🌟
Shenzhen Ilg‘or Texnologiyalar Instituti, Xitoy Fanlar Akademiyasining olimi, hamkorim Prof. Zhitong Chen bilan birgalikda Processes (MDPI) jurnalida "Sovuq Atmosferik Plazma Texnologiyalaridagi Yangi Yutuqlar" mavzusida Maxsus Son tashkil etganligimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Sovuq Atmosferik Plazma (SAP) tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika va atrof-muhit sohalarida inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan innovatsion texnologiyalardan biridir. Ushbu Maxsus Son orqali biz SAP sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, mexanizmlar va ko‘p tarmoqli tadqiqotlarni, jumladan:
🔬 Tibbiyotdagi qo‘llanilishi va mexanizmlari
🌱 Qishloq xo‘jaligida plazma texnologiyalari
🌍 Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi qo‘llanilishi
⚡️ Energetika sohasida plazma texnologiyalari
🧪 Sirtni modifikatsiya qilish va plazma katalizi
kabi mavzulardagi tadqiqotlarni chop etishni maqsad qilganmiz. Tadqiqotchilar va mutaxassislarni o‘zlarining ilmiy hamda tahliliy maqolalarini taqdim etishga taklif qilamiz. Fan va innovatsiyalar rivojiga birgalikda hissa qo‘shamiz!
🔗 Batafsil ma’lumot va maqola yuborish uchun havola: https://www.mdpi.com/journal/processes/special_issues/031L8HR454#benefits
🔥7👍5
🌟 VISIT TO THE GENOMICS AND BIOINFORMATICS CENTER 🌟

I’ve been planning to visit the center and get a closer look at its activities. Yesterday, I finally had the opportunity! 🏛
The meeting started with the center’s director, Prof. Zabardast Buriev, who shared insights about the ongoing scientific work. 🧬🔬 Then, I delivered a lecture to the staff on "Plasma Agriculture: Current Challenges and Future Prospects." 🌱⚡️ Additionally, I presented the potential of computer modeling. 💻📊
The staff had many new ideas to explore, and the Q&A session lasted quite a while. 🗣💡 We also clarified topics for potential collaboration. 🤝
Later, we toured the laboratories with the institute’s staff. 🚶‍♂️🔍 The center is equipped with state-of-the-art facilities, and incredible research is being conducted. 🏆🔧
I’m hopeful that our collaboration will lead to new scientific discoveries! 🌠🔬
🔥6👍5