Computer_simulations_Uz
542 subscribers
468 photos
81 videos
89 files
400 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
Xitoyliklar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
🔥7
[Uz]🌟 Ilmiy guruhimizdan ajoyib yangilik! 🌟
Bu yil PhD studentim Namuna Nabiyeva bizning guruhimizga qo‘shilib, ilk bor kompyuter simulyatsiyalari sohasida o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu yo‘nalishda yangi bo‘lishiga qaramay, u "Plasma Science and Technology" jurnalida maqola chop etishga muvaffaq bo‘ldi! 🎉
Bizning birinchi Reaktiv Molekulyar Dinamika bo‘yicha tadqiqotimiz nashr etildi! 🙌 Ushbu ish Dr. Tohir Akramov va kichik ilmiy xodim Davronjon Izzatulla Õğli bilan birgalikda olib borildi.
🔬 Tadqiqotda Sovuq Atmosferik Plazma (SAP) texnologiyasidan organik bo‘yoqlarni degradatsiya qilish uchun foydalanishning molekulyar darajadagi mexanizmlari o‘rganildi. DFTB asosidagi kvant kimyoviy simulyatsiyalar yordamida vodorodni ajratib olish, benzol halqasini ochilishi va xromofor guruhini modifikatsiyalash kabi jarayonlar aniqlangan bo‘lib ular chiqindi suvni tozalash tizimlarini takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
📖 Maqolamiz quydagi havolada keltirilgan: https://iopscience.iop.org/.../10.1088/2058-6272/ada21e/pdf
[En] 🌟 Exciting News from Our Research Group! 🌟
This year, my PhD student Namunakhon Nabieva joined our group, stepping into the world of computer simulations for the first time. Despite being new to the field, she achieved an incredible milestone by publishing a paper in the journal of Plasma Science and Technology ! 🎉
Our first research in Reactive Molecular Dynamics is now published! 🙌 This work was a collaborative effort with Dr. Tohir Akramov and junior researcher Davronojon Abduvokhidov, who contributed immensely to this success.
🔬 The study explores Cold Atmospheric Plasma (CAP) technology for degrading organic dyes and reveals molecular-level insights using DFTB-based quantum chemical molecular dynamics. The findings highlight key mechanisms like hydrogen abstraction, benzene ring opening, and chromophoric group modification, which are crucial for improving wastewater treatment systems sustainably.
👍13🔥3
👏5🔥1
🌟 2024-yil sarhisobi: Yutuq va Rivojlanish Yili 🌟
2024 yil ilmiy guruhimiz uchun yutuq va muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘ldi!
Plazma qishloq xo‘jaligida bug‘doy, paxta va sholi ustida o‘tkazilgan tajribalarimiz kutilganidan ziyod natijalar berdi, hosildorlik 9% dan 25% gacha oshdi. Fermerlar va klasterlardan ko'plab takliflar tushmoqda va hamkorlik ustida ishlayapmiz.
Yil boshida 15 ta ilmiy maqola chop etishni rejalashtirgan edik, hozirda 19 ta maqola chop etildi, shunday 2 tasi jurnallarni 2025 yilgi sonida nashr etiladi.
Finlandiya (Turku – Åbo Akademi universiteti), Indoneziya (Bogor – IPB universiteti), Xitoy (Pekin – ICOPS2024), Turkiya (Istanbul – Yeditepe universiteti), va Malayziyaga (Malakka – AAPPS-DPP2024) ilmiy safarlar bilan tashrif buyurdik va konferensiyalarda qatnashdik.
Jamoamizga 3 ta PhD, 1 ta DSc va 1 ta stajor qo‘shildi. 4 bakalavr talabamiz magistraturaga qabul qilindi. Kelgusi yilda 3 ta PhD himoyasi rejalashtirilmoqda.
2025-yilni quvonch va umid bilan qarshi olar ekanmiz, barchangizga sog‘lik, baxt, omad va yangi imkoniyatlar tilayman! Yangi yilni birgalikda yutuqlar, innovatsiyalar va katta muvaffaqiyatlar bilan kutib olaylik! 💡🚀
Yangi yil siz va oilangiz uchun baxtga to‘la bo‘lsin! 🎉
👍12👏3
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#Bizning_stipendiat
#Universitet_iqtidorlari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori:

Niyozaliyev Muxammadali Ulug‘bek o‘g‘li, Fizika fakulteti "Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va atrof-muhit fizikasi" mutaxassisiligi 2-kurs magistranti

🗄 Ilmiy rahbari: Razzoqov Jamoliddin Inotullayevich, kimyo fanlari doktori (DSc)

Stipendiat talabamiz va uning ilmiy rahbarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥7
2025 yil uchun rejalar: Malayziya, Finlandiya, J.Korea, Ispaniya, Yaponiya..... Bizni yuksak maqsadlar birlashtiradi!!!
👍25🔥5
Forwarded from Jamoliddin Razzokov
Fire has the right to defend itself
👍3
Forwarded from Link Data
🌱 Uzoq vaqtdan beri ustida ishlab kelgan dasturimizni taqdim qildik.

Taqdim etilayotgan kurs Germaniya ta’lim muassasalarida ilm va tajriba orttirgan hamyurtlarimiz Dr. Yulduzxon Abdullayeva hamda Shoxsanam Davlatboyevalarning sa’yi harakatlari bilan amalga oshdi.👏

Ushbu kurs yordamida yurtimizda olib borilayotgan tabiiy fanlardagi tadqiqotlarni sifat jihatdan yaxshilashga o'z hissamizni qo'shishni niyat qildik. 🇺🇿

Qiziqish bildirishi mumkin bo'lgan do'stlaringiz bilan ulashing.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://forms.gle/N9qQ6s28iVeTzNMR8

Website | Instagram | LinkedIn | Telegram | X | Facebook
🔥4
🤝 Hamkorlik yo‘lida yangi qadamlar! 🌟
O‘zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakultetida ajoyib uchrashuv bo'ldi! 🎓🔬
Analitik kimyo kafedrasi mudiri Prof. Zulayho Smanova taklifiga binoan tashrif buyurib, ilmiy izlanishlarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Ushbu uchrashuvda Dr. Nigora Qutlimurotova ham ishtirok etdilar.
🔍 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar va institutimizda yo‘lga qo‘yilgan tadqiqotlar o‘rtasida umumiy nuqtalarni aniqladik. Tadqiqotlarimizning keshishgan jihatlarini muhokama qilib, boshlang‘ich maqsadlarni belgilab oldik. 📑🧪
💬 Suhbatimiz mazmunli va uzoq davom etdi, unda Kimyo fakulteti bitiruvchilari Davronjon Izzatulla Õğli va Khikmatillo Gulamov ham faol ishtirok etishdi.
🌱 Nasib bo‘lsa, ushbu hamkorlik natijasida yangi yutuqlarga erishamiz!
👍6👏4
🌿 Fan va innovatsiyalar yo‘lida hamkorlik! 🤝
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi Obidjon Turaev institutimizga tashrif buyurdilar. 🧬🔬
Suhbat davomida tekstil sanoatida uchraydigan muammolar muhokama qilindi. Obidjon selyulozaning bo‘yoqni yaxshi singdirmasligi va tekstil chiqindi suvlarini qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni ta’kidladilar.
💡 Biz bu ikki masalaga ham potensial yechimlarni taklif etdik:
1️⃣ Plazma texnologiyasi orqali tekstil chiqindi suvlarini tozalash bo‘yicha ijobiy boshlang‘ich natijalarimiz mavjudligini ko‘rsatdik. 💧
2️⃣ Bo‘yoqni matoga yaxshi adsorbsiya bo‘lishi uchun tajriba sinovlari o‘tkazish orqali yechim topish mumkinligini ta’kidladik. 🧵🧪
🌍 Albatta, mintaqamizda suv muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib bormoqda. Tekstil industriyasi suvni katta miqdorda talab etadi. Ushbu muammoni samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalar orqali hal qilish mumkin.
Hamkorligimiz davom etadi! 🚀
👏10🔥1