Computer_simulations_Uz
541 subscribers
468 photos
81 videos
89 files
400 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
Bioorganik kimyo instituti bilan hamkorlik.
O'tgan xafta davomida institutimiz ko‘plab muhim uchrashuvlarga mezbonlik qildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti "Kompleks birikmalar laboratoriyasi" mudiri Prof. Jamshid Ashurov va Dr. Alisher Eshimbetov institutimizga tashrif buyurib, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida plazma qishloq xo‘jaligi va kompyuterda modellashtirish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarimiz natijalari taqdim etildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida amalga oshirish mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikrlar almashildi. Biorganik kimyo instituti bazasida o‘simliklardan ekstrakt olish, shuningdek, turli antibakterial va fungitsid ligandlar sintez qilish ishlari davom etayotgani ta’kidlandi.
Ushbu sintez qilingan ligandlar ichidan eng samaralilarini tanlashda kompyuter simulyatsiyalarining ahamiyati katta ekani, bu usul tezkor natijalar va moliyaviy ustuvorliklarni ta’minlayotgani qayd etildi. Kelgusida modellashtirish sohasida ham hamkorlik qilish va kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.
Hamkorligimiz ikki institut uchun ham katta foyda keltirishi kutilmoqda.
👍5👏1
Institutimiz rahbariyati Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi.
2024-yil 21-oktyabr kuni institutimiz direktori Jamoliddin Razzokov va direktor o‘rinbosari Eldor Karimbaev, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori professor Toxirjon Sultanovning taklifiga binoan institutga bir kunlik safar uyushtirdi. Safar davomida institutning dala tajriba maydoni, suvchilar maktabi va GIS qo‘llab-quvvatlovi asosida tashkil qilingan fermaga hamda undagi ishlab chiqarish jarayonlariga yaqindan nazar tashlandi.
Bundan tashqari, institut tajriba maydonida issiqxona va baliqchilik havzasi ham mavjud bo‘lib, dalada tajribalar o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Tashrifning keyingi qismida tayanch doktorantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Dr. Jamoliddin Razzokov "Sun’iy idrok potensialidan ilmiy tadqiqotlar va maqolalar yozishda foydalanish" mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi. Ushbu dars davomida qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar o‘rtasida atroflicha fikr almashildi. Tashrif yakunida qishloq xo‘jaligi sohasi va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Institutimiz rahbariyati tashrifni yuqori saviyada tashkil etgani uchun professor Toxirjon Sultanov va institut jamoasiga minnatdorchilik bildiradi.
✈️🌏 Malaysia Calling! 🌟

Together with my colleague, Dr. Maksudbek Yusupov, we are flying to Malaysia to attend the most prestigious conference in plasma science: AAPPS-DPP 2024! 📅 November 3-8, 2024 at the Grand Swiss-Bel Hotel, Malacca, Malaysia.

This international conference promises to be an amazing opportunity filled with new knowledge and insights into plasma science. 🔬💡 We also look forward to extending our research collaborations with fellow Asian researchers. 🤝

It looks like many of our former colleagues will also be attending, making this a perfect reunion for former PLASMANT members. 😊👨‍🔬👩‍🔬

Stay connected! We'll be sharing our research findings and experiences along the way. 📝
🔥13👍3👏3
Plazma Fizikasi bo‘yicha Osiyo-Tinch Okeani 8-Xalqaro Konferensiyasi! Hamkasbim Dr. Maksudbek Yusupov bilan birgalikda Plazma Fizikasi bo‘yicha Osiyo-Tinch Okeani 8-Xalqaro Konferensiyasida ishtirok etmoqdamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Prof. Kikuchi Mitsuruga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Konferensiya sohamizdagi eng nufuzli tadbirlardan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab 3000 dan ortiq AAPPS-DPP a’zolaridan 400 dan oshig'ini bir joyga jamlagan — bu raqamning o‘zi plazma faniga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Konferensiya ko‘plab qiziqarli ma’ruzalar va munozaralarga boy bo‘ldi. Biz taklif etilgan ma’ruza bilan va Serbiyaning Belgrad shahridagi Fizika institutidan Dr. Nikola Skoro bilan birgalikda sessiyani boshqarish sharafiga muyassar bo‘ldik. Dr. Skoro bilan bo‘lgan suhbatlarimizda ilmiy hamkorlik imkoniyatlari ochilib, plazma ilmiy tadqiqotlarini yanada rivojlantirish uchun ko‘plab g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdik.
Bundan tashqari, konferensiyada qatnashayotgan yana bir hurmatli hamkorim Prof. Zhitong Chen bilan uchrashishdan mamnunman. U bilan Xitoy-O‘zbekiston loyihalar tanlovida ariza berishni rejalashtirdik. Avvalgi postimda aytib o‘tganimdek, bu konferensiya PLASMANTning sobiq a’zolari — Prof. Pankaj Atti, Prof. Weizong Wang, Prof. Quanzi Zhang, Dr. Maksudbek Yusupov va men uchun yana bir ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Har birimiz plazma tadqiqotlarida yangi yutuqlarga erishish uchun intilmoqdamiz.
Rasmiy sessiyalardan tashqari, Prof. Zhitong Chen tomonidan tashkil etilgan Xitoy restoranida davra atrofida munozaralarimizni davom ettirdik. Konferensiya hali uch kun davom etadi va men bu davrda yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishish, hamkorlik qilish va yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatlarini kutib qolaman.
🔥7