Computer_simulations_Uz
541 subscribers
468 photos
81 videos
89 files
400 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
Forwarded from Jamoliddin Razzokov
🎉🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak! 🇺🇿🎉
Aziz hamkasblar!
Barchangizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan chin yurakdan tabriklayman! 🌿
Dunyo hozirgi kunda murakkab jarayonlarni boshdan kechirmoqda 🌍⚡️. Ayniqsa, geosiyosiy silkinishlar davlatlarni jiddiy sinovdan o'tkazmoqda 🛡. Bunday sharoitda millatning birlashishi, o‘zaro hamkorlik va birdamlik — Mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun eng muhim omillardandir 🤝🇺🇿.
📚 Ilm — taraqqiyot kaliti!
Bugungi kunda har qanday bilimni chuqur o‘zlashtirish, o‘z texnologiyamizni ishlab chiqarish va innovatsion rivojlanish — kelajagimiz poydevori ekanligi hammamizga ayon 🔬🚀. Ayniqsa, yoshlarimiz ilmga intilishi, malakali kadr sifatida yetishib chiqishi — davlatimiz ravnaqi uchun beqiyos ahamiyatga ega 👩‍🎓👨‍🎓.
Keling, barchamiz birlashib, o‘z vazifamizni sidqidildan ado etsak 🌟, yurtimiz yanada yuksaladi, kelajagimiz yanada porloq bo‘ladi 🌅🇺🇿.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Bayram barchamizga quvonch, baxt va ilhom olib kelsin! 🎊🌿
Bayramingiz muborak, aziz vatandoshlar! 🎆🇺🇿
👍5👏3
Shogirdim Rasul Mashalovga ilmiy faoliyatidagi yangi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! 🎓🚀
Rasulbek 2022-yildan beri loyihalarimda ishlab kelgan. Bu vaqt davomida u molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi va biz birgalikda ilmiy maqolalar chop etishga ham muvaffaq bo'ldik (Journal of Structural Biology IF-3.0, Frontiers in Physics IF-2.1). 🔬 O'zining ilmga bo'lgan intilishi va tinimsiz mehnati bilan u magistraturani endilikda Yevropaning eng qadimiy va nufuzli oliygohlaridan biri bo'lgan Debretsen Universitetida (University of Debrecen, 1538-yilda asos solingan) davom ettirmoqda.
U Vengriyaning nufuzli Stipendium Hungaricum 🇭🇺 davlat grantini to'liq qo'lga kiritdi.
Rasulbek universitetda "Kompyuter Injiniringi" (Computer Science Engineering) 💻 kabi zamonamizning eng talabgir va murakkab sohalaridan birida o'z bilimlarini chuqurlashtiradi.
Biz – ustozlari uchun unga shunday ishonch bildirilgani va Yevropaning ilg'or ta'lim tizimiga qabul qilingani katta iftixordir!
Uning yangi bosqichdagi yutuqlarga erishishiga va yaqin kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'shadigan yetuk kadr bo'lib yetishishiga ishonamiz.
#StipendiumHungaricum #DebrecenUniversity #Hungary #Uzbekistan #ComputerScience #motivation
👍32
Xitoylik olimlar bilan o'tgan yili Wiley Exploration jurnalida tahliliy maqola chop etgan edik. CiteScore 17.2 edi, bu yil 27.8, Impact Factor - 22.5! Xitoy-O'zbekiston amaliy va innovatsion loyihalar doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasidan biri. Ushbu loyiha Center for Advanced Technologies - CAT Ilg'or texnologiyalar markazi - ITMda bajarilgan va o'tgan oy muvaffaqiyatli yakunlandi. (Chop etilgan boshqa maqolalar:
1. Archives of Biochemistry and Biophysics (Q1, IF-3.0) https://www.sciencedirect.com/.../abs/pii/S000398612300334X)
2. Scientific Reports (accepted for publication -Q1, IF-3.9) https://onlinelibrary.wiley.com/.../10.1002/EXP.20230177
🔥7👍5
📢 Konferensiyada qatnashish uchun Fukuoka tomon yo'lga chiqdik! 🇺🇿🔬
PhD studentim Shaxzod Tojiyev bilan birgalikda 2025-yilning 21–26-sentyabr kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli **9-Osiyo-Tinch okeani Plazma Fizikasi Konferensiyasi (AAPPS-DPP2025)**da ishtirok etamiz! 🇯🇵
👨‍🔬 Ushbu konferensiyada O‘zbekistondan quyidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarimizni taqdim etamiz:
🌾 Plazma qishloq xo‘jaligi – oziq-ovqat xavfsizligi uchun barqaror yechimlar
🧫 Plazma tibbiyoti – saraton kasalligiga qarshi innovatsion yondashuvlar
🌍 Plazma bilan ishlov berilgan fotokatalizatorlar – atrof-muhit muammolariga yechim
Ushbu xalqaro maydon bizga ilg‘or g‘oyalarni baham ko‘rish 🧠, yetakchi olimlar bilan hamkorlik qilish 🤝 va institutimiz ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish imkonini beradi! 💡
🔥12👍2
👍24👏4🔥1
[Uz] Yakshanba kuni 9-Osiyo-Tinch okeani plazma fizikasi konferensiyasi boshlandi! 🚀
1000 dan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tib, plenar, taklif qilingan ma’ruzalar va poster taqdimotlari bilan qatnashmoqda. Allaqachon juda qiziqarli ma’ruzalarni tingladim.
Bunday konferensiyalarda qatnashish doimo qiziqarli — bu yerda plazma tadqiqotlaridagi so‘nggi yutuqlar va yangiliklarni ko‘rish, shuningdek, yangi g‘oyalar almashish va hamkorliklarni kengaytirish imkoniyati mavjud.
Hamkorlarim va sobiq hamkasblarim bilan uchrashib, ko‘plab g‘oyalarni va kelgusi hamkorlik mavzularini muhokama qildik.
Ayniqsa, quyidagi taniqli olimlar bilan ko‘rishishdan mamnun bo‘ldim: Professor Masaharu Shiratani, Professor Alexander Fridman, Pankaj Attri, Nicola Skoro, Quanzhi, Zhitong Chen, Nagendra Kaushik, Vikas Rathore va Romolo Laurita. 🙌
Oldinda yanada qiziqarli ma’ruzalar va samarali muhokamalarni kutmoqdaman! 🔬🌍

[EN] On Sunday, the 9th Asia-Pacific Conference on Plasma Physics officially began! 🚀
Over 1,000 participants have registered, sharing plenary, invited talks, and poster presentations. I’ve already witnessed some truly fascinating discussions.
Conferences like this are always inspiring — they showcase the latest advances and achievements in plasma research, while also creating opportunities to exchange ideas and foster new collaborations.
It was a pleasure reconnecting with my collaborators and former colleagues. We discussed many ideas and explored future directions for joint research.
Special moments included meeting esteemed colleagues such as Professors Masaharu Shiratani, Alexander Fridman, Pankaj Attri, Nikola Skoro, Quan-Zhi Zhang, Zhitong Chen, Nagendra Kaushik, Vikas Rathore and Romolo Laurita. 🙌
Looking forward to even more exciting talks and fruitful discussions in the coming days! 🔬🌍
👍5