CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
965 subscribers
8.13K photos
2.08K videos
157 files
3.59K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
#Yoshlar_oyligi
#Sotsial_lift
#Tayinlov

Ostanaqulov Jahongir Rahmonqul o'g'li

2020-yil 12-iyun kunidan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi Boshlang'ich tashkilotlar yetakchilari bilan ishlash va ular faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Rahmonqul o'g'li 1992-yilda oqqorg'on tumanida tug'ilgan. Toshkent davlat Agrar universtitetini tamomlagan. Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar tashkilotning Oqqorg'on tumani Kengashida "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligiga ko'maklashish va ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha bosh mutahassis hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Oqqo'rg'on tumani Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jahongir Rahmonqul o'glining kelgusi faoliyatida muvofaqqiyat tilaymiz.
#Rasmiy
#Tayinlov

Chirchiq shahri Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boshliq tayinlandi.

Javlon Yusupov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Chirchiq shahri Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Javlon Yusupov 1984-yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy.

J.Yusupov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Chirchiq shahri Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Nodira O‘ktamboyevna Qurbanova – Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi rahbari lavozimiga tayinlandi.

N.Qurbanova 1993-yilda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti - oliy. 2016-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent shahar Yashnabod tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi tasarrufidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
#TAYINLOV

Yuldoshov Maxmud Ma’ruf o‘g‘li – Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yuldoshov Maxmud Ma’ruf o‘g‘li - 1994-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2018-yilda Singapur Menejmentni Rivojlantirish institutini tamomlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Ijrochi direktori vazifasida ishlab kelgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
👍7🔥1
#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.

Vazirlik jamoasi Eʻzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#TAYINLOV

📝Bugun Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekovlar ishtirok etdi.

➡️Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Burxonov Shukur Burxanovich Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔰Shukur Burxonov 1968-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

➡️Tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM