CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
965 subscribers
8.13K photos
2.08K videos
157 files
3.59K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#RASMIY

Халқ таълимини ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори эълон қилинди

Батафсил: ➡️https://uza.uz/posts/371811

Каналга уланиш:
@uzauz
#rasmiy

Tayinlov

Kamalov Azamat Jamalovich – Xalq taʼlimi vazirligining Taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

A.Kamalov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Tayinlov

Akbarov Elyor Ismoilovich – Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Elyor Akbarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Olmaliq kon metallurgiya kombinati ijtimoiy obyektlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Rasmiy

Ijtimoiy tarmoqlarda «9-sonli maktab yo'li yahshi emasligi,maktab yonida yoshlar uchun svetafor yo'qligi qolaversa piyodalar yo'lagi o'chib ketganiligi» mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining
RASMIY MUNOSABATI

Mazkur murojaat bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi Toshkent viloyati IIBB YXHB Maxsus ekspluatasiya montaj boshqarmasi xodimlari joyiga chiqib o‘rgandi. Haqiqatda 9-sonli umumta’lim maktabi oldida piyodalar o‘tish yo‘lakchasi bo‘yoqlari o‘chib ketganligi aniqlandi, barcha ishlar tasdiqlangan rejaga asosan 2023-yilning 10-martiga qadar bajarilishini ma’lum qiladi.
Shu bilan birga, svetofor o‘rnatish masalasi maqsadga muvofiqligi yuzasidan qo‘shimcha ravishda batafsil o‘rganilib, natijasi Chirchiq shahar hokimligiga ma’lum qilinadi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Rasmiy
#Tayinlov

Chirchiq shahri Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boshliq tayinlandi.

Javlon Yusupov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Chirchiq shahri Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Javlon Yusupov 1984-yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy.

J.Yusupov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Chirchiq shahri Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chirchiq shahriga hokim tayinlandi

Murodjon Abdurahimov Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodjon Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦
#RASMIY_MUNOSABAT

🔰Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, FACEBOOK platformasida "Chirchiqda shahrida maktab ma’muriyatining loqaydligi bola hayotiga tahdid soldi! (o‘zgarishsiz olindi)" posti ostida Chirchiq shahrida joylashagan 18-sonli umumta’lim maktabi bilan bog‘liq holat keltirilgan.

Postda o‘quvchining maktabda istimasi ko‘tarilgani (39,3), ammo maktab ma’muriyati berparvolik qilib, unga javob bermagani, maktabda hamshira ham yo‘qligi, bolaning holati og‘irlashgani keltirilgan.
Holat ayni paytda Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.Sh ikkinchi soat darslardan so‘ng istimasi chiqayotgani, shu uchun uyga javob berishlarini so‘rab, maktab ma’muriyatiga murojaat qilgan. Ma’muriyat, o‘quvchining onasi T.Zga qo‘ng‘iroq qilib, bolaning holatidan xabardor qilishgan.
Ona o‘g‘lini uyga jo‘natib yuborishlarini, chindan ham farzandi biroz tobi yo‘q ekanligini bildirgan (o‘quvchi maktab binosi bilan yonma-yon uyda yashaydi).
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, maktabning tibbiyot hamshirasi bir necha kun oldin jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Ayni paytda kasallik ta’tilida.

🔴Maktab ma’muriyati bolaning salomatligiga beparvo munosabatda bo‘lmagan!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦
#RASMIY_MUNOSABAT

✉️Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Fuqaro maktabga bostirib kelib, pedagoglarni haqoratladi" tarzida xabar tarqaldi.

➡️Ushbu holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, voqea joriy yilning 17-fevral kuni soat 8:10 atrofida 18-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.Sh muassasa ichki tartib qoidalariga rioya qilmay, doimiy ravishda uyali aloqa telefonini dars jarayonlаriga olib kirgan (vaholanki, maktabda telefonlar darslar boshlanishidan avval yig‘ib olinib, maxsus qutilarga joylashtirilgan).
17-fevral sanasida ham ayni holat takrorlanib, o‘quvchi A.Shdan telefonni qoldirib darsga kirish talab qilinganida, u onasi T.Zga tel qilib, holatni bildirgan.
T.Z shu zahotiyoq maktabga yetib kelib, janjal ko‘targan. Natijada maktab ma’muriyati, T.Z ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

❗️Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishni atroflicha o‘rganib, fuqaro T.Zga tegishli choralarni ko‘rgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

#RASMIY_MUNOSABAT

✉️Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisiga tegishli deya aytilayotgan, "Tashabbusli budjet" uchun ovoz berishga o‘quvchilarning ota-onalaridan talab qilngan audio xabar tarqaldi.

Holatni aniqlash maqsadida Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlarini olib borildi.
Mazkur 8-sonli umuma’lim maktabi 2024-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Lekin maktabning atrofi devor va panjara bilan to‘liq o‘ralmaganligi sababli maktab ma’muriyati hududni devor va panjara bilan o‘rash maqsadida "Tashabbusli budjet"da ishtirok etishmoqda.
Maktabda bugungi kunda jami 1300 ta o‘quvchi tahisil olayotganligini inobatga olgan holda barcha pedagog xodimlar va o‘quvchilar bittadan ovoz berishga jalb etilgan, lekin ovoz berishga hech kim majbur qilinmagan.

Yuqoridagi holatda maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L o‘z tashabbusi bilan ota-onalarni ham jalb qilishga harakat qilgan. Bu ba’zi ota-onalar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Maktab ma’muriyati tomonidan ovoz yig‘ish masalasida hech kimga qat’iy talab qo‘yilmagan. Jami to‘plangan ovozlarning barchasi shu kunga qadar ixtiyoriy va shaffof tarzda yig‘ilgan.

❗️Yuqoridagi holat bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va Xayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

❗️Maktab rahbari ogohlantirildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢2👍1
🟦🟦🟦🟦

#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Kuni kecha 17-aprel kuni kechki vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq shahrining 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sinf xonalarining holati jiddiy e’tiborga muhtojmi?" sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.

Mazkur videomurojaatni o‘rganish maqsadida bugun 18-aprel kuni Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilib o‘rganish olib borildi.

Mazkur maktab 2011-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Bino quvvati 1100 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 1900ga yaqin o‘quvchi ta’lim oladi. Sinf xonalarida 2 navbatda o‘qish tashkil etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 454-soni qaroriga muvofiq Chirchiq shahar Amir Temur MFY hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining asosiy binosini mukammal ta’mirlash va 720 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish uchun 17 mlrd. 480 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish loyihasiga ekspertiza xulosasi olingan bo‘lib, quruvchini aniqlash maqsadida shaffof tenderga joylashtirish jarayonida ekanligini ma’lum qilamiz.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM