#RASMIY_MUNOSABAT
Postda o‘quvchining maktabda istimasi ko‘tarilgani (39,3), ammo maktab ma’muriyati berparvolik qilib, unga javob bermagani, maktabda hamshira ham yo‘qligi, bolaning holati og‘irlashgani keltirilgan.
Holat ayni paytda Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.Sh ikkinchi soat darslardan so‘ng istimasi chiqayotgani, shu uchun uyga javob berishlarini so‘rab, maktab ma’muriyatiga murojaat qilgan. Ma’muriyat, o‘quvchining onasi T.Zga qo‘ng‘iroq qilib, bolaning holatidan xabardor qilishgan.
Ona o‘g‘lini uyga jo‘natib yuborishlarini, chindan ham farzandi biroz tobi yo‘q ekanligini bildirgan (o‘quvchi maktab binosi bilan yonma-yon uyda yashaydi).
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, maktabning tibbiyot hamshirasi bir necha kun oldin jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Ayni paytda kasallik ta’tilida.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
17-fevral sanasida ham ayni holat takrorlanib, o‘quvchi A.Shdan telefonni qoldirib darsga kirish talab qilinganida, u onasi T.Zga tel qilib, holatni bildirgan.
T.Z shu zahotiyoq maktabga yetib kelib, janjal ko‘targan. Natijada maktab ma’muriyati, T.Z ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
❗️Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishni atroflicha o‘rganib, fuqaro T.Zga tegishli choralarni ko‘rgan.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Holatni aniqlash maqsadida Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlarini olib borildi.
Mazkur 8-sonli umuma’lim maktabi 2024-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Lekin maktabning atrofi devor va panjara bilan to‘liq o‘ralmaganligi sababli maktab ma’muriyati hududni devor va panjara bilan o‘rash maqsadida "Tashabbusli budjet"da ishtirok etishmoqda.
Maktabda bugungi kunda jami 1300 ta o‘quvchi tahisil olayotganligini inobatga olgan holda barcha pedagog xodimlar va o‘quvchilar bittadan ovoz berishga jalb etilgan, lekin ovoz berishga hech kim majbur qilinmagan.
Yuqoridagi holatda maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L o‘z tashabbusi bilan ota-onalarni ham jalb qilishga harakat qilgan. Bu ba’zi ota-onalar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Maktab ma’muriyati tomonidan ovoz yig‘ish masalasida hech kimga qat’iy talab qo‘yilmagan. Jami to‘plangan ovozlarning barchasi shu kunga qadar ixtiyoriy va shaffof tarzda yig‘ilgan.
❗️Yuqoridagi holat bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va Xayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
❗️Maktab rahbari ogohlantirildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢2👍1
#RASMIY_MUNOSABAT
Mazkur videomurojaatni o‘rganish maqsadida bugun 18-aprel kuni Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilib o‘rganish olib borildi.
Mazkur maktab 2011-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Bino quvvati 1100 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 1900ga yaqin o‘quvchi ta’lim oladi. Sinf xonalarida 2 navbatda o‘qish tashkil etilgan.
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 454-soni qaroriga muvofiq Chirchiq shahar Amir Temur MFY hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining asosiy binosini mukammal ta’mirlash va 720 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish uchun 17 mlrd. 480 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish loyihasiga ekspertiza xulosasi olingan bo‘lib, quruvchini aniqlash maqsadida shaffof tenderga joylashtirish jarayonida ekanligini ma’lum qilamiz.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM