Chinoz tumani hokimligi
2.26K subscribers
18.7K photos
2.23K videos
22 files
4.98K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Toshkent viloyati
#Chinoz tumani
#Muqaddasdir vatan bayrog‘i

🇺🇿 Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Chinoz tumani bo‘linmasi hamda umumta'lim maktablaridagi ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Bayram dasturi ko‘tarinki kayfiyatda boshlanib, tadbir oldidan tumanimiz fuqarolariga va tadbirga tashrif buyurgan mexmonlarga sharaf lentalari taqildi.
Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari N. Qoraboeva ochib berdi va barchani bugungi shodiyona kun bilan qutlab qoldilar. Shuningdek yozuvchilar uyushmasi a'zosi A.Raximov ham so‘zga chiqib bayrog‘imiz ta'rifi va tarixi xaqida ma‘lumotlar berib o‘tdi.

🇺🇿 Shundan so‘ng bayramning badiy qismida o‘quvchilar tomonidan vatanni matx etuvchi kuy hamda qo‘shiqlarga navbat berildi.
O‘quvchilarning shijoati, yurtga bo‘lgan mehr -muhabbatini ko‘rib insonning ko‘zlari quvnaydi va ertamiz kelajagiga yanada ishonch ortadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog'i

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi
VM-1214-son topshirig‘iga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul
qilinganining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan majlis bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr kuni “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida 5-11-sinf o'quvchilariga sinf rahbarlari boshchiligida sinf soati darslarida ochiq darslar o‘tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima