Chinoz tumani hokimligi
2.26K subscribers
18.7K photos
2.23K videos
22 files
4.98K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Sektor rahbarlari bilan uchrashuv


🔷Bugun,
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov boshchiligida probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda, tuman prokurori 2-sektor rahbari Gʻ.Abdusalomov, IIB boshligʻi 3-sektor rahbari O.Gʻanibekovlar ishtirok etishdi.

🔷Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2025 yil 3-yanvar kunidagi respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaroridan
kelib chiqib, probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Probatsiya

Chinoz tumani IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan jazo o‘tayotgan 35 nafar nazorat ostidagi shaxslarning bandligini ta'minlash maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga
Chinoz tumani hududida faoliyat yuritayotgan "PRONTO TEXSTILE GROUP" MCHJ tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Tadbir davomida 15 nafar fuqaroga o‘zlariga mos ish o‘rinlariga joylashish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi. Qolgan 20 nafar fuqaroga esa yangi kasbni o‘rganish uchun qayta o‘qitish takliflari berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Muhokama

Chinoz tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Jurʼat Xadjayev mahalla yettiligi aʼzolari va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tadbir davomida 2024 yil davomida "Birlik" mahalla fuqarolar yigʻinidan kelib tushgan murojaatlar muhokama qilindi.

Jami 30 ta murojaat qabul qilingan boʻlib, shundan:
26 tasi yoʻl-transport hodisalariga oid, 2 tasi yoʻl infratuzilmasidagi kamchiliklar, 2 tasi belgilangan jarimadan norozilik yuzasidan boʻlgan.

Uchrashuv davomida har bir murojaat batafsil koʻrib chiqilib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar belgilandi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI


2025-yil 29-yanvar kuni Xalq deputatlari
Chinoz tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda kun tartibidagi masala, 2025-yilda
Chinoz tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Zafar Sultanovning hisoboti eshitildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Sayyor_qabul

📌
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Tillatopgan" mahallasida aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi.

🔷Tuman hokimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3-yanvar kunidagi respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorining mazmun-mohiyati fuqarolarga batafsil tushuntirib berildi.

🔹Qabulda sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri,
tuman hokimining oʻrinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi aʼzolari ham ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari

Chinoz tumanida oila va xotin-qizlar bilan ishlash, "Ayollar daftari"ni shakllantirish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Mazkur jarayonda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi masʼul xodimi Sh. Hazratqulov hamda
Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi V. Mansurova ishtirok etdi.

Oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar masʼullarga zarur tavsiyalar va koʻrsatmalar berdi. Ushbu tavsiyalar mahallalardagi ishlarni yanada samarali va tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Qabul

📌
Chinoz tumani Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o’rganish hamda hal qilish maqsadida qabul o‘tkazildi.

♦️Qabulda Xalq deputatlari
Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov, Xalq qabulxonasi mudiri G.Karabayev, Chinoz tumani hokimining oʻrinbosarlari N.Qoraboyeva, V.Mansurova hamda tumandagi mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolarning, uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz, suv ta'minoti, murakkab jarrohlik amaliyoti hamda sog‘liqni tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy yordam, aliment undirish va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardagi muammolarini bartaraf etish yo'llari izlandi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lib, qolgan murojaatlar ijobiy hal etish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga biriktirildi hamda murojaatlarning ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM