Chinoz tumani hokimligi
2.1K subscribers
18.2K photos
2.18K videos
22 files
4.84K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

HOKIM ISHNI TANISHUVDAN BOSHLADI.                  

Xabaringiz bor kuni kecha Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiniing navbatdan tashqari sessiyasida Chinoz tumaniga Salixov Sherzod Abduhakimovich hokim etib tayinlandi.     

Bugun erta tongdan tuman hokimi ishni "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu bejiz emas albatta, aynan shu yerda fuqarolarni qiynayotgan koʻplab muammolar oʻz yechimini topadi.Tuman rahbarining navbatdagi manzili "Humo" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi boʻldi. U yerda mahalla faollari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'ganildi. Mahalla faollari bilan suhbatlashib, fuqarolarning murojaatlarini oʻrganishda va unga huquqiy yechim topishda ularning faol ishtirokini taʼminlashga oid tavsiyalar berdi.
Xalqning yashash sharoitini bilmoqchi boʻlsangiz bozorga borib koʻr deydi.Tuman hokimi ham Chinoz dehqon bozorida bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar, mavjud kamchilik va muammolar, narx-navolar bilan qiziqdi. U yerda masʼullarga xavfsiz oziq-ovqat zahirasini yaratish va mavjud resurslardan unumli foydalanishga oid koʻrsatmalar berdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
#Chinoz_tumani
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi PQ-5118 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida tegishli tashkilotlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ayni vaqtda “Chorvador” mahallasi 5,6 km, “Yo‘l tushgan” mahallasi 7,1 km ichimlik suvi tarmoqlari yotqizilib, ichimlik suvi qudug‘i qazish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlarga xususiy sektorlar ham jalb qilingan. Ichimlik suvi tarmoqlarini yotqizish va chiqarish bo‘yicha buyurtmachi Toshkent viloyati “Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, pudratchi “Umar Nerudnik” xususiy korxonasi hisoblanadi.
Ezgulikka yo‘g‘rilgan ushbu ishlardan hudud aholisi ham mamnun bo‘lishmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Jarayon
#Chinoz_MMTB


Bugun Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig'i D.Isakov 1 va 21-umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini mahalla va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda uzviy tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mazkur ta’lim muassasalaridagi yuqori sinf o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazdi hamda yoshlarning kelajakda zarur kasb-hunar egallashlari uchun hozirdan e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Maktablar rahbariyatiga o‘quvchilarning dars jarayonlariga muntazam ishtirok etishda ota-onalar va mahalla faollari nazoratini tashkil etish to'g'risida aytib o'tdi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali

👇👇👇
t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Jarayon

"O‘zbekiston-2030" davlat dasturi xotin-qizlar muhokamasida

Toshkent viloyati Chinoz tumanida O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Pronto Textile Group" mas’uliyati cheklangan jamiyatning mingga yaqin xotin-qizlari o‘rtasida "O‘zbekiston - 2030" davlat dasturida belgilangan vazifalarni muhokama qilish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda "O‘zbekiston - 2030" davlat dasturida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, umuman olganda, ayollarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish masalalariga ahamiyat qaratilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Jarayon
#Chinoz_MMTB

Bugun 18.02.2024 yil Chinoz tumani MMTB boshlig'i D.Isakov barcha maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga VideoChat orqali ta'lim muassasalarini sovuq ob-havo sharoitidan betalofat o'tkazish, hovli va yo'laklarni qordan tozalash, honalarni issiqlik tizimini muntazam nazorat qilish, o't yoquvchi va navbatchilarni mas'ulyatini yanada oshirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Ayni kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo hamda tinimsiz yogʻayotgan qor yoʻllarning muzlashiga sabab boʻlmoqda.Bu oʻz navbatida avtomobillarning xarakatlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.Shu bois Yoʻl xarakati havfsizligi yo‘l patrul xizmati xodimlari Chinoz tumanidan oʻtuvchi M34  va M39 markaziy trassalarda avtomobillar xarakatini yaxshilash maqsadida bir qator tizimli ishlar olib bormoqda. Kun sovuq boʻlishiga qaramay soha xodimlar tomonidan tunu-kun faoliyat olib boradigan navbatchi ishchi guruhlar tuzilgan boʻlib, ular tomonidan maxsus texnikalarda qum va tuz aralashmasi sepilmoqda. Bu oʻz navbatida yoʻllarda tirbandlik va baxtsiz hodisalar boʻlishining oldini oladi. Ayni vaqtda yoʻllar muzlamasligi uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov bugun mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazdi. O‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng tuman hokimi Sherzod Salixovning topshirig‘iga asosan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Zafar Sultanov 1-sonli va 11- sonli maktabgacha ta’lim muassasalarining hamda boshqa ijtimoiy soha ob’yektlarining issiqlik manbayi, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti holati, soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi va ular ijrosi ustidan nazorat o‘rnatildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Havo harorati pasayib, qor yog‘ishi natijasida transport qatnovi yo‘llari ham qor bilan qoplandi. Bu esa haydovchilar va piyodalar qatnoviga noqulaylik tug‘diradi.

⚡️Shu bois Chinoz tumanidagi "Tuman yo‘llardan foydalanish" Korxonasi Davlat Muassasasining barcha texnikalari va ishchilari tumanimizning markaziy hamda ichki ko‘chalariga qum va tuz aralashmasi sepishga hamda qorlarni tozalashga jalb etilgan. "Tuman yo‘llardan foydalanish" Korxonasi xodimlari uchun issiq ovqat korxona rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram
#JARAYON
#Chinoz_MMTB

🔴Bugun, 26-fevral kuni "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi 13-maktabda bo‘lib o‘tmoqda


🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida tumandagi 32 ta maktabdan 160 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Jarayonlar video kuzatuvga olinmoqda bundan tashqari onlayn translatsiya yo'lga qo'yilgan.

➡️Ma’lumot uchun, tanlovning tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga 100 million so‘m, 2-o‘ringa 75 million, 3-o‘rin uchun esa 50 million so‘m pul mukofotlari ajratiladi.

📌Bizni kuzatib boring. Jarayonlar haqida to‘liq va aniq ma’lmotlar bilan bo‘lishib boramiz.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇

https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani
#Jarayon
🔰Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Ulug‘vor" mahalla fuqarolari yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
🔰Mahallaning o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib aholi daromadini oshirish, ish bilan ta’minlash hamda shu orqali kambag‘allikni qisqartirish va bahor oyida mahalla hududida obodlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish kerakligi to‘g‘risida tushuntirish berdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Sutbuloq" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida "Chinoztumangaz" " Tuman elektr ta’minoti" va "Toshkent suv ta’minoti"MCHJ Chinoz tumani bo‘limi rahbarlariga "Sutbuloq" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida o‘zlariga tegishli bo‘lgan tarmoqlarni sozlash va ta’mirlash ishlarini jadallashtirishlari to‘g‘risida topshiriq berdi.

Chinoz
tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixovning tashabbusi bilan "Sutchilar" mahalla fuqarolari yig‘inida hashar tashkil qilindi.
Hasharda mahalla aholisi birgalashib ko‘chalarni supurib, ariqlarni tozalab, daraxtlarga shakl berishdi.
Shu bilan birga mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning uy-joylarini xashar yo‘li bilan oqlash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#JARAYON
🌳"Yashil makon" bahoriy ko‘chat ekish loyihasi doirasida
📍Chinoz tumani


🌳Ayni kundarda yurtimiz bo‘ylab, "Yashil makon" umummiliy loyhasi doirasidagi terak qalamchalari, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur xayrli tadbirlar Chinoz tumanida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

💐Bugun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Isakov loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hududlarda ustozlar bilan birgalikda ko‘chatlar o‘tqazdi.

💐Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish doirasidagi ishlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#JARAYON
#Chinoz hamkorlik

Chinoz tumani Qozoq Milliy madaniyat markazi rahbari Nuriddin Mambetov va Chinoz tumani Nuroniylar jamg‘armasi raisi Mirsoat Mirsodiqovlar tomonidan Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim qozoq tilida dars olib boriladigan 11,12,14,18,20,34,35,41,43-umumta’lim maktablariga O‘zbekiston qozoq milliy madaniyat markazi tomonidan 8 nomdagi badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.


Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani
#Jarayon

♦️Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari T,Tojiboyev "Gulzorobod" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida "Gulzorobod" mahalla fuqarolari yig‘ini "Bobur" ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan xonadonlariga olib boruvchi yo‘l masalasida murojaat qilishdi.
♦️Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda maxsus texnikalar jalb qilingan xolda aholi xonadonlariga olib boruvchi yo‘l tekislab berildi,
🏢Shuningdek "Gulzorobod" mahalla fuqarolari yig‘inida qurilayotgan ko‘p -qavatli uy-joylar o‘rganildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram