Chinoz tumani hokimligi
2.84K subscribers
22.3K photos
2.71K videos
24 files
6.14K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#JARAYON
#Chinoz_MMTB

🔴Bugun, 26-fevral kuni "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi 13-maktabda bo‘lib o‘tmoqda


🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida tumandagi 32 ta maktabdan 160 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Jarayonlar video kuzatuvga olinmoqda bundan tashqari onlayn translatsiya yo'lga qo'yilgan.

➡️Ma’lumot uchun, tanlovning tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga 100 million so‘m, 2-o‘ringa 75 million, 3-o‘rin uchun esa 50 million so‘m pul mukofotlari ajratiladi.

📌Bizni kuzatib boring. Jarayonlar haqida to‘liq va aniq ma’lmotlar bilan bo‘lishib boramiz.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇

https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani
#Jarayon
🔰Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Ulug‘vor" mahalla fuqarolari yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
🔰Mahallaning o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib aholi daromadini oshirish, ish bilan ta’minlash hamda shu orqali kambag‘allikni qisqartirish va bahor oyida mahalla hududida obodlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish kerakligi to‘g‘risida tushuntirish berdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Sutbuloq" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida "Chinoztumangaz" " Tuman elektr ta’minoti" va "Toshkent suv ta’minoti"MCHJ Chinoz tumani bo‘limi rahbarlariga "Sutbuloq" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida o‘zlariga tegishli bo‘lgan tarmoqlarni sozlash va ta’mirlash ishlarini jadallashtirishlari to‘g‘risida topshiriq berdi.

Chinoz
tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixovning tashabbusi bilan "Sutchilar" mahalla fuqarolari yig‘inida hashar tashkil qilindi.
Hasharda mahalla aholisi birgalashib ko‘chalarni supurib, ariqlarni tozalab, daraxtlarga shakl berishdi.
Shu bilan birga mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning uy-joylarini xashar yo‘li bilan oqlash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#JARAYON
🌳"Yashil makon" bahoriy ko‘chat ekish loyihasi doirasida
📍Chinoz tumani


🌳Ayni kundarda yurtimiz bo‘ylab, "Yashil makon" umummiliy loyhasi doirasidagi terak qalamchalari, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur xayrli tadbirlar Chinoz tumanida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

💐Bugun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Isakov loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hududlarda ustozlar bilan birgalikda ko‘chatlar o‘tqazdi.

💐Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish doirasidagi ishlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#JARAYON
#Chinoz hamkorlik

Chinoz tumani Qozoq Milliy madaniyat markazi rahbari Nuriddin Mambetov va Chinoz tumani Nuroniylar jamg‘armasi raisi Mirsoat Mirsodiqovlar tomonidan Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim qozoq tilida dars olib boriladigan 11,12,14,18,20,34,35,41,43-umumta’lim maktablariga O‘zbekiston qozoq milliy madaniyat markazi tomonidan 8 nomdagi badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.


Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani
#Jarayon

♦️Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari T,Tojiboyev "Gulzorobod" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida "Gulzorobod" mahalla fuqarolari yig‘ini "Bobur" ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan xonadonlariga olib boruvchi yo‘l masalasida murojaat qilishdi.
♦️Tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda maxsus texnikalar jalb qilingan xolda aholi xonadonlariga olib boruvchi yo‘l tekislab berildi,
🏢Shuningdek "Gulzorobod" mahalla fuqarolari yig‘inida qurilayotgan ko‘p -qavatli uy-joylar o‘rganildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#jarayon

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 12-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Chinoz tumani adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik, vatanga boʻlgan muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.
🏐🏓Jumladan, Chinoz tumanidagi “Nafis” MFY yoshlarini bandligini ta’minlashga mas’ul etib biriktirilgan tuman adliya bo‘limi FHDY mudirasi Sh.Ukibayevaning tashabbusi bilan 5-sonli umumta’lim maktabida “Nafis” MFY yoshlari o‘rtasida volebol hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
Forwarded from Alisher Mavlonov
#Chinoz_tumani
#Jarayon

⚡️Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan "Yovvosh" mahallasida parrandachilikni rivojlantirish maqsadida 100. million soʻm pul ajratilgan edi.Hozirda ushbu hududda parranda boqish uchun moʻljallangan maxsus kataklar yasalmoqda.
⚡️Tuman hokimi Sherzod Salixov qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanisharkan, mahalla faollariga "Bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida ushbu yoʻnalishni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladi va bu borada tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, yasalayotgan ushbu kataklar oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan va ehtiyojmand 100 nafar oila vakillariga parrandachilik bilan shugʻullanish uchun beriladi. Qolaversa, hudud tajriba tariqasida "Bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida parranda gʻoʻshti va tuhim ishlab chiqarish uchun ixtisoslashtiriladi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
📍#Chinoz tumani
📍#Jarayon

📚 Chinoz tumani 2-umumta'lim maktabida tuman hokimi o'rinbosari Nasiba Qoraboyeva va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Dilmurod Isakovlar maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari bilan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosari Nasiba Qoraboyeva Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2023-2024 oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar” to'g'risida tanishtirdi.

Yig'ilish davomida "Zamonaviy maktab" maqomini olgan 9, 10, 24, 32-sonli umumta'lim maktablarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|