O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
35.9K subscribers
7.66K photos
582 videos
3 files
8.89K links
Murojaat uchun / Для обращения
[email protected], 71 200-00-44
Aloqa uchun / Для связи
@CBUz_bot
Website: cbu.uz
Facebook: fb.com/centralbankuzbekistan/
Instagram: instagram.com/centralbankuzbekistan/


© Press-service of the Central Bank of Uzbekistan
Download Telegram
Ozarbayjon Markaziy banki vakillari bilan o‘zaro tajriba almashildi

💠O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va moliya-iqtisod yo‘nalishlarida Ozarbayjon Markaziy banki vakillari bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashish maqsadida ikki kunlik tadbir tashkil etildi.

💠Mazkur tadbir doirasida bank budjetini rejalashtirish va boshqarish tartibi, Markaziy bankning hisob siyosati, buxgalteriya jarayonlari, jumladan qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritish, Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlarni moliyalashtirish va boshqarish, ichki buxgalteriya nazoratlari, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish hamda xalqaro zaxiralarni boshqarish tartibi kabi mavzularda interfaol shaklda taqdimotlar o‘tkazildi.

💠Shuningdek, tadbir davomida ilg‘or xorijiy tajribalar va ularning qo‘llanishidagi muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

💠Yakunda bu yo‘nalishda xodimlar malakasi va tajribasini oshirib borish maqsadida, kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

__________

A mutual exchange of experience was held with representatives of The Central Bank of Azerbaijan.

💠A two-day event was organized at the Central Bank of the Republic of Uzbekistan to facilitate mutual exchange of experience with representatives of the Central Bank of Azerbaijan in the areas of accounting, financial reporting, and financial and economic activities

💠As part of the event, interactive presentations were delivered on topics such as the procedure for planning and managing the bank's budget, the Central Bank’s accounting policy, accounting processes including securities accounting, the financing and management of enterprises and organizations under the Central Bank, internal accounting controls, execution of financial operations, and the management of international reserves

💠During the event there was also an exchange of views on advanced international practices and the challenges associated with their implementation.

💠At the end of the event, the parties agreed to maintain bilateral collaboration in order to improve staff qualifications and experience in this field.

#tadbir

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

#index

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

2025-yil 30-iyul holatiga davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘i hisoblandi.

🤩Batafsil

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bankda tadqiqot o'tkazildi

Markaziy bank mutaxassislari tomonidan Shveysariya Iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyatining (SECO) Markaziy banklar uchun ikki tomonlama ko’mak va salohiyatni oshirish dasturi (BCC programme) doirasida “Real samarali almashuv kursining muvozanat darajasini baholash: O‘zbekiston misolida” mavzusida tadqiqot ishi amalga oshirildi.

Asosiy natijalar:

Fundamental ko‘rsatkichlarga muvofiqligi: RSAK o‘zining fundamental asoslangan muvozanat darajasiga yaqin bo‘lib, vaqtinchalik tafovutlar bilan shakllangan. 2016–2024-yillar orasida muvozanatli RSAKning yillik o‘rtacha mustahkamlanishi 2,2 foizni, 2017–2024-yillarda, ya’ni almashuv kursi erkinlashtirilganidan so‘ng, 2,4 foizni tashkil etgan;

Kichik va qisqa muddatli tafovutlar: o’rganilgan davr mobaynida RSAK dinamikasida o’zining muvozanatli darjasiga nisbatan qisqa muddatli tafovutlar kuzatilgan. Biroq, bu og‘ishlar hajmi jihatidan kichik bo‘lib, uzoqqa cho‘zilmagan. Umuman olganda, RSAK ikkala tahlil davrida ham muvozanat darajasiga yaqin bo‘lib, asosiy makroiqtisodiy omillarga mos ravishda shakllangan.

__________

Research conducted at the Central Bank

As part of the Bilateral Assistance and Capacity Building Programme for Central Banks (BCC Programme), supported by the State Secretariat for Economic Affairs (SECO) of Switzerland, experts from the Central Bank of Uzbekistan conducted a research titled "Estimating the Equilibrium Real Effective Exchange Rate in Uzbekistan."

Key findings:

Close alignment with fundamentals: The REER closely followed its equilibrium level, with only temporary deviations. The average annual appreciation of the equilibrium REER was 2.2% over the 2016–2024 period, and 2.4% during the post-liberalization period (2017–2024).

Limited and temporary misalignments: The misalignment analysis indicates that the REER experienced brief episodes of undervaluation and overvaluation. However, these fluctuations were modest in scale and duration. Overall, the REER remained broadly aligned with its fundamental macroeconomic determinants throughout both sample periods.

#iqtisodiy_tadqiqotlar #economic_research

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

#index

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar tadbirkorligi boʻyicha moliyaviy kodeks (We-Finance Code) xalqaro tashabbusini joriy etish doirasida Milliy Nizom ishlab chiqildi

💠O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam tashlandi — Markaziy bank tomonidan milliy koordinator sifatida “We-Finance Code” xalqaro tashabbusi doirasida Milliy Nizom ishlab chiqildi.

💠Ushbu Nizom ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan institutsional yondashuvni shakllantirishga, gender tengligi boʻyicha siyosatni amalga oshirishga, xalqaro maydonda islohotlarni namoyon etishga hamda mamlakatimiz nufuzini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi.

💠Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbarligidagi moliyaviy bozor ishtirokchilaridan tashkil topgan ishchi guruh (Milliy koalitsiya) tomonidan Majburiyatnoma xatlari (Commitments) ishlab chiqildi. Majburiyatnoma xatlari — tashabbusda ishtirok etishning asosiy talabi bo‘lib ayol tadbirkorlarni qo'lab quvatlash bo'yicha sifat va miqdoriy koʻrsatkichlar hamda aniq amaliy chora-tadbirlar belgilangan.

💠We-Finance Code tashabbusi bugungi kunda dunyo boʻylab 30 dan ortiq mamlakatda joriy etilmoqda. Markaziy Osiyoda Oʻzbekiston ushbu tashabbus doirasida Milliy Nizomini ishlab chiqqan mintaqadagi dastlabki davlat sifatida eʼtirof etilmoqda.

💠Batafsil maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
__________

As part of the implementation of the international initiative "We-Finance Code" on women’s entrepreneurship, a National Regulation has been developed

💠A Significant Step Toward Supporting Women’s Entrepreneurship in Uzbekistan. The Central Bank as the national coordinator has developed the National Charter for the implementation of the international initiative Women’s Entrepreneurship Financial Code.

💠This National Charter provides an opportunity to establish an institutional approach aimed at supporting and developing women’s entrepreneurship, create a sustainable ecosystem, implement gender equality policies based on statistical analysis, showcase reforms in the international arena, and strengthen our country’s reputation.

💠In addition, а National coalition composed of financial market participants and led by the Central Bank of the Republic of Uzbekistan has developed Commitment Letters — a core requirement of participation in the initiative. These documents define clear qualitative and quantitative indicators, along with specific practical measures, to support women entrepreneurs.

💠The We-Finance Code initiative is currently being implemented in over 30 countries worldwide. In Central Asia Uzbekistan is among the first countries in the region to finalize the development of its national Charter.

💠You can access detailed information through the following link.

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

#index

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 25-iyuldagi qarori bilan “Banklararo pul bozorining UZONIA indeksini (Uzbek OverNight Index Average) hisoblash va eʼlon qilish metodologiyasi”ni yangi tahrirda tasdiqladi

💠 Pul bozori foiz stavkalari boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan “Banklararo pul bozorining UZONIA indeksini (Uzbek OverNight Index Average) hisoblash va eʼlon qilish metodologiyasi” ilgʻor xalqaro tajriba asosida yangi tahrirda ishlab chiqildi.

💠 Pul bozoridagi mavjud tarkibiy oʻzgarishlarni inobatga olib yangilangan metodologiyada UZONIA foiz stavkasini hisoblash bazasi sifatida overnayt REPO operatsiyalari va ularning foiz stavkalaridan foydalaniladi.

💠 Bu haqdagi batafsil ma'lumotlar Markaziy bank saytida joylashtirildi.

#UZONIA #REPO

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4 trln soʻm

💠 Аyni raqamdagi faktoring xizmatlari 2025-yilning I yarim yilligida kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan. Bunda, xizmatlarning 58 foizi raqamli faktoring xizmatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

💠 Yanada batafsil ma'lumotlar bilan Markaziy bank tomonidan tayyorlangan faktoring xizmatlari bozori sharhida tanishasiz.

#faktoring

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

💠 Faktoring mavzusini davom ettiramiz. Faktoring xizmatlari qaysi banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishi haqida xabardormisiz?

💠Bu haqda batafsil ushbu infografikamizda.

#infografika #faktoring

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bular,👇

🤩Аgrobank
🤩Аpexbank
🤩Asia Alliance bank
🤩BRB
🤩Ipoteka bank
🤩Milliy bank
🤩Orient Finans bank
🤩Tenge bank
🤩Trastbank
🤩Hamkorbank
🤩Anor bank
🤩SQB
🤩Asaka bank
🤩Garant bank
🤩Hayot bank
🤩InFin bank
🤩Eron Saderot bank
🤩Universalbank
🤩Turon bank
🤩Kapital bank

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

#index

🌍Web 🕊 Telegram 🕊 Twitter 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM