BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Ёшларнинг бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
Жорий йилда 500 минг нафар ёшни касб-ҳунар ва тадбиркорликка ўқитиш вазифаси қўйилди. “Ёшлар: 1+1” дастури доирасида ўғил-қизларни тадбиркорларга бириктириб, уларда бизнес кўникмаларини шакллантириш, имтиёзли кредитлар ажратиб, ўз фаолиятини бошлашга кўмаклашиш зарурлиги айтилди.

Под председательством Президента проходит видеоселекторное совещание по мерам обеспечения занятости молодежи и содержательной организации ее досуга.
Поставлена задача обучить в этом году 500 тысяч молодых людей профессиям и предпринимательству. Указано на необходимость закрепления за юношами и девушками предпринимателей в рамках программы "Молодежь: 1+1", формирования бизнес-навыков, выделения льготных кредитов, содействия открытию собственного дела.

#Mirziyoyev #videoselektor #yoshlar #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from BUXORO YOSHLARI
Bugun Qorako‘l tumani hokimligi binosida «Yoshlar festivali» doirasida yoshlarni qo‘llab- quvvatlash, ularning bandligini taminlash, shuningdek, maktab bitiruvchilariga oltin, kumush medallarini tantanali topshirishga qaratilgan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Qorako‘l tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 53 ta umumta’lim maktablarining 2574 nafar o‘quvchilari 11-sinfni bitirishdi. Ulardan 79 nafari oltin, 20 nafari esa kumush medalga munosib deb topildilar.

Tuman rahbari tomonidan yoshlar tomonidan hozirgi vaqtda eng zarur ish ilm- ma’rifat bilan shug‘ullanish, kasb egallash, oliy ta’lim muasasasi talabasi bo‘lish uchun chindan harakat qilish kerakligi ta’kidlandi.

#yoshlar_festivali #1-kun #Qorako'l

Safimizga qo'shiling👉@YIABuxoro_viloyat_boshqarmasi
Forwarded from BUXORO YOSHLARI
#Etibordagilar

Xabaringiz borki, Yurtimiz bo'ylab 1-4 dekabr kunlari Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan "E'tibordagilar" loyihasi o'tkazilmoqda.

Bugun loyiha doirasida 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Yoshlar markazi binosidan joy egallagan INKLUZIV markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda imkoniyati cheklangan, hamda nogironligi bo'lgan bolajonlarni maktabga tayyorlash o'quv xonalari, hamda maktab o'quvchilari, bitiruvchilari uchun kasb-hunarga o'rgatish xonalari faoliyat olib boradi.

Bunday ikmoniyat va sharoit bolalajonlar va ularning ota-onalariga katta quvonch ulashdi.

#Yoshlar_oyligi

@YIABuxoro_viloyat_boshqarmasi
#yoshlar_sayli

🔹Buxoro shahridagi Favvoralar maydonida "O'zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar saylli bo’lib o’tdi.

🔹Tadbir doirasida viloyat "Barkamol avlod" bolalar markazi tomonidan ko’rgazma tashkil etilib, unda to’garak a’zolari tomonidan tayyorlangan qo'l mehnati ishlari, texnik robot va mashinalar namoyish etildi.

🔹Shuningdek, maktab o'quvchilari orasida insholar tanlovi, yosh rassomlar ko'rgazmasi ham tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
🎮 Sovrin jamg'armasi 332 million so'm Kibersport musobaqasiga Start berildi!

Musobaqa 5ta yo’nalishda bo’lib o’tadi:
🟢CS:GO
🟢DOTA2
🟢PUBG Mobile
🟢FIFA
🟢eFootball

O'zbekistondagi eng yirik "Uzbekistan Esport Championship" turnirida ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot: IT Park telegram kanalida hamda www.cybergame.uz saytida.

Kibersportga qiziquvchi 16 yoshdan yuqori bo’lgan do’stlaringizga yuboring

Sovrin jamg'armasi 332 million so'm

#mitc #kibersport #yoshlar #IT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#yoshlar_tv

❇️BUXORODA ROBO-CODING OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI

🔹Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan olimpiada jarayonlari👆

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Yoshlar_turizm_haftaligi
✳️O‘QUVCHILAR "POYKENT TARIXI" MUZEYIDA BO‘LISHDI

🔹 “Buxoro bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida qorako‘llik o‘quvchilar ishtirokida ham viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohatlar uyushtirilmoqda.

🔹Jumladan, 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bugun Qorako‘l tumani tarixida alohida o‘rin tutgan Ko‘hna Poykent tarixiy obidasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etuvchi muzeyga sayohat qilib, bir olam ta’ssurotlarga ega bo‘ldilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#Yoshlar_turizmi_haftaligi
❇️QOROVULBOZORLIK O‘QUVCHILAR BUXORO SHAHRINING TARIXIY OBIDALARI BO‘YLAB SAYOHATGA CHIQDILAR

🔹“Buxoro bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida qorovulbozorlik o‘quvchilar ishtirokida ham viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohatlar uyushtirilmoqda.

🔹Jumladan, tumandagi 1- hamda 2-umumiy o‘rta taьlim maktablari o‘quvchilari ta’til kunlarida Buxoro shahridagi tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

🔹Sayohat davomida Labi Hovuz majmuasi, Minorai Kalon, Miri arab madrasasi, Masjidi Kalon, Ark qo‘rg‘onida bo‘lib, Sharif shahrimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan bu betakror inshootlar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
👍2
#Yoshlar_turizmi_haftaligi
❇️HAM SAYOHAT, HAM ZIYORAT!

🔹“Buxoro bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohatga chiqqan romitanlik o‘quvchilar Buxoro viloyatidagi Yetti pir qadamjolarini ziyorat qildilar.

Bu sayohat ular qalbida buyuk pirlarga beshik bo‘lgan yurtga muhabbat va ulug‘ ajdodlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirib, munosib vorislar bo‘lishga undagani, shubhasiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Axborot xati 3 yozgi o'qishlar.pdf
250.8 KB
#Tarix_instituti
#Yoshlar_ishlari_agentligi

Tarix yoʻnalishi talabalari va maktablardagi Tarix fani oʻqituvchilari diqqatiga:
Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda iqtidorli va faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yil avgust oyida Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
   Yozgi o‘qishlarda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari va boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
   Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinishlaridan kelib chiqqan holda, qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar quyidagi manzilga nomzod sifatida ariza topshirishlari mumkin!

☎️ Murojaat uchun:  +998 90-961-66-74 yoki @SarvarQuldashev

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
👍1
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксарой қароргоҳида ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел открытый диалог с молодежью в резиденции "Куксарой".

#Mirziyoyev #muloqot #yoshlar #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_siyosati_amalda

 Shofirkon tuman hokimi Alisher Fayzilloyev hamda ingliz tilini 4-sinfdan o'rganishni boshlab, 16 yoshida IELTSda 8,5 balni qo'lga kiritgandan so'ng SATga mustaqil tayyorlanib, 2024-yil 1600 bal olgan ilk o'zbek yigiti Parviz To'qsonov ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍10👏3😱3
#Dolzarb_90_kun
#Yoshlar_festivali

❇️Festival doirasida yoshlar ishtirokida yangi loyiha va madaniy tadbirlar, sport musoboqalari o'tkazildi. Shuningdek, festivalda "Barkamol avlod" bolalar maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli o'quvchilar tomonidan qo'l mehnati orqali tayyorlangan ijodiy ishlar yarmarkasi hamda sotuvi yo'lga qo'yildi.

🎉 Ushbu festival iqtidorli bolalarning qo‘l mehnati orqali yaratilgan ishlarini keng ommaga namoyish etish, bolalarda mehnatsevarlik, sabr-toqat va estetik didni shakllantirish, ota-onalar va jamiyat e’tiborini bolalar ijodiyotiga qaratish, ishonch va motivatsiyani kuchaytirish uchun yana bir muhim vosita bo'ldi.

©️Buxoro viloyat  "Barkamol avlod" bolalar maktabi
axborot xizmati
2👍1
#Dolzarb_90_kun
#Yoshlar_tashabbusi

❇️SOBIQ O‘QUVCHILAR O‘ZLARI TAHSIL OLGAN MAKTABGA KITOB SOVGʻA QILISHDI

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti rektori yordamchisi, Yoshlar parlamenti faoli Rustamjon Rahimboyev hamda Tillar fakulteti talabasi, Volontyorlik markazi bosh koordinatori Jasminabonu Shamsiyeva o‘zlari ta’lim olgan Kogon tumanidagi 11-maktab kutubxonasiga badiiy va ilmiy kitoblar to‘plamini sovg‘a qilishdi.


🔹Bu ezgu tashabbus maktab o‘quvchilari uchun katta ruhiy ko‘mak, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
7👍2🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Yoshlar

🟢”Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Buxoro tumanidagi 51-umumta’lim maktabida o‘tkazilayotgan tadbirlar xususida

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#YOSHLAR

🟢“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kogon tumanida o‘tkazilayotgan tadbirlar tafsiloti

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#yoshlar_kuni

Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlarini tabriklash va qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.

Bayram munosabati bilan o‘tgan uchrashuvda Prezident O‘zbekiston yoshlarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.

Shu bilan birga yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlarni belgilab berdi.

Jarayonlarni buxorolik yoshlar ham katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib borishdi.

Viloyat Yoshlar markazi yig‘ingohida tashkil etilgan studiyada viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar, shuningdek, shahar-tumanlar studiyalaridan yuzlab yoshlar va mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, barcha viloyatimiz yoshlarini bayram bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezident tashabbuslari va davlat siyosatida yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng Yoshlar markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi.

Masalan, “Yosh innovatorlar” ko‘rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt namoyish etildi. “Yashil” tashabbuslar” maydonchasida ekologiya, muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid ishlanmalar ko‘rsatildi. “Kreativ loyihalar” bo‘limidan hunarmandlik, dizayn, tasviriy san’at faoliyatidagi yutuqlar o‘rin olgan bo‘lsa, viloyatda yoshlarga ajratib berilgan yerlarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Viloyat rahbari yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda bu borada o‘zining qator takliflarini ham bildirdi. Shundan kelib chiqib, mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
1
#yoshlar_kuni

Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlarini tabriklash va qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.

Bayram munosabati bilan o‘tgan uchrashuvda Prezident O‘zbekiston yoshlarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.

Shu bilan birga yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlarni belgilab berdi.

Jarayonlarni buxorolik yoshlar ham katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib borishdi.

Viloyat Yoshlar markazi yig‘ingohida tashkil etilgan studiyada viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar, shuningdek, shahar-tumanlar studiyalaridan yuzlab yoshlar va mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, barcha viloyatimiz yoshlarini bayram bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezident tashabbuslari va davlat siyosatida yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng Yoshlar markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi.

Masalan, “Yosh innovatorlar” ko‘rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt namoyish etildi. “Yashil” tashabbuslar” maydonchasida ekologiya, muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid ishlanmalar ko‘rsatildi. “Kreativ loyihalar” bo‘limidan hunarmandlik, dizayn, tasviriy san’at faoliyatidagi yutuqlar o‘rin olgan bo‘lsa, viloyatda yoshlarga ajratib berilgan yerlarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Viloyat rahbari yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda bu borada o‘zining qator takliflarini ham bildirdi. Shundan kelib chiqib, mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
3