BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
20K subscribers
34.4K photos
3.12K videos
179 files
14.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#viloyat_tanlovi
❇️"BIR ASRNING IKKI DAHOSI"

🔹 Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida "Men g'olibman" loyihasi doirasida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga atab “Bir asrning ikki dahosi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.

📊Yakuniy natijalarga ko'ra, sovrinli o'rinlarni quyidagi jamoalar qo'lga kiritdi:

🥇1-o'rin - Vobkent tumanigagi 16-maktabning "Zukkolar";
🥈2-o'rin - Romitan tumanidagi 23-IDUMning "Ma'naviyat sarchashmasi";
🥈2-o'rin - Jondor tumanidagi 40-maktabning "She'riyat";
🥉3-o'rin - Shofirkon tumanidagi 4-maktabning "Munosib avlod" jamoalari

🏆Qorako'l tumanidagi 43-IDUMning "Ajdodlar izidan" va Olot tumanidagi 17-IDUMning "XXI asr iqtidorlari" jamoalari "Navoiy va Bobur vorislari" nominatsiyasi bilan taqdirlandi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_tanlovi
❇️BAXTIM SHUL – O‘ZBEKNING ZULFIYASIMAN!

🔹O‘zbek elining ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan Buxoro viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan viloyat tanlovi ana shunday nomlandi.

🔹Unda shahar va tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablari qoshidagi “Yosh ijodkor” klubi a’zolari ishtirok etib, belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🔹Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar Zulfiyaxonim obrazini yaratish, uning hayoti va ijodi haqida berilgan savollarga javob berish, shoirani e’tirof etuvchi she’rlaridan o‘qib berish orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

🔹Ularning har bir chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |