BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.03K subscribers
26.8K photos
2.48K videos
111 files
11.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#viloyat_seminari
❇️4K MODELI VA UNI JORIY ETISHNING SAMARALI USULLARI BILAN TANISHILDI

🔹Yangi o‘quv yilidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida ta’lim olishmoqda. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K tamoyili asosida ishlab chiqilganidadir. Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o‘qish-yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi. O‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.

🔹Xo‘sh, 4 k nima va bu yangicha tamoyilni fanlarni o‘qitish jarayonida qanday joriy etish lozim?

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-trening jarayonida ishtirokchilar bu savollarga batafsil javob oldilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-09-19

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Viloyat_Bolalar_kutubxonasida
❇️“ABU RAYHON BERUNIY-QOMUSIY OLIM” ESSELAR TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Respublika bolalar kutubxonasi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligidagi "Men g‘olibman" loyihasi doirasida buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

🔹Tanlovda ishtirokchilardan “Abu Rayhon Beruniy-qomisiy olim” mavzusida esse yozish talab etilib, buning uchun 45 daqiqa vaqt ajratildi.

🔹Ayni paytda tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan talablar asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fan_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
❇️9-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA KECHGAN SINOVLAR GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🔹Asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha 10-sinflar o‘rtasida kechgan sinovlarning g‘oliblari aniqlandi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH – MUHIM E’TIBOR TALAB ETADI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 23-maxsus maktab-internatida “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

🔹Unda umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv sinf o‘qituvchilari, maxsus maktab-internatlari va ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida inklyuziv ta’lim va uni joriy etish masalalari, inklyuziv sinflarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash, ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash mavzularini qamragan ma’ruzalar, treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fan_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
❇️10-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA KECHGAN SINOVLAR GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🔹Asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha 10-sinflar o‘rtasida kechgan sinovlarning g‘oliblari aniqlandi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fan_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
❇️11-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA KECHGAN SINOVLAR GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🔹Asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha 11-sinflar o‘rtasida kechgan sinovlarning g‘oliblari aniqlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Viloyat_bolalar_kutubxonasida
🔰YULDUZLI TUNLAR – O‘ZBEK ADABIYOTINING SHOH ASARI” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

📚Bu yil O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov tavalludiga 95 yil to‘ldi. Uning o‘ziga xos betakror hikoyalari, qissalari va romanlarini kitobxonlar hamisha sevib mutolaa qilishadi. Shuni alohida e’tirof etish joizki, adib avval “Yulduzli tunlar”, keyin “Avlodlar dovoni” romanlari bilan o‘zbek tarixiy romanchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi.

📚Buxoro viloyati bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlov "Yulduzli tunlar" asari bilimdonlarini bir joyda jamladi. Unda tanlovning shahar va tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 7-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-11-16

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️O‘QITISH SIFATI O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK SALOHIYATIGA BOGʻLIQ

🔹O‘quvchida kreativlik, kollaboratsiya, kommunikativlik sifatlari rivojlantirish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi shu sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ana shundagina u o'quvchilarni to'g'ri yo'naltirrib, kelajak hayotga munosib tayyorlay oladi.

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “O‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarida asosiy e’tibor ana shu jihatga qaratildi.

🔹Tajribali va mahoratli o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan namunaviy darslar, trening mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga 21-asr ko'nikmalarini 4k modeli asosida shakllantirishga alohida ahamiyat qaratildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#viloyat_seminari

O‘QITISH SIFATI O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK SALOHIYATIGA BOGʻLIQ

🔹️O‘quvchida kreativlik, kollaboratsiya, kommunikativlik,kritik ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, avvalo o‘qituvchining o‘zi shu sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ana shundagina u o'quvchilarni to'g'ri yo'naltirib, kelajak hayotga munosib tayyorlay oladi.

🔹️Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “O‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi” mavzusidagi Buxoro sh,4-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarida asosiy e’tibor ana shu jihatga qaratildi.

🔹️Tajribali va mahoratli o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan namunaviy darslar, trening mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga 21-asr ko'nikmalarini 4k modeli asosida shakllantirishga alohida ahamiyat qaratildi.
#Viloyat_seminari
❇️“YANGI O‘ZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tashkil etilgan seminar-trening ana shunday shior ostida bo‘lib o‘tdi.

🔹Ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari, oila va ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish masalalari mavzusiga bag‘ishlangan mazkur treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va amaliyotga tadbiq etishdan iboratligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/-12-19-1065

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️BOSHLANGʻICH SINFLARDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY METODIKASI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 12-IDUMda tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-01-24-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️PEDAGOG VA TARBIYACHILAR UCHUN O‘ZIGA XOS TAJRIBA VA MAHORAT DARSLARI

🌈🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Olot tumanidagi 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "G'aroyib olam" mavzusidagi seminar tashkil qilindi.

🔹🌈Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining pedagogik salohiyatini oshirish va ular orasida o‘zaro tajriba almashish muhitini yaratish, ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini ommalashtirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur seminarda Jondor, Olot va Qorako‘l tumani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog hamda tarbiyachilari ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-08-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_tanlovi
❇️"BIR ASRNING IKKI DAHOSI"

🔹 Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida "Men g'olibman" loyihasi doirasida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga atab “Bir asrning ikki dahosi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.

📊Yakuniy natijalarga ko'ra, sovrinli o'rinlarni quyidagi jamoalar qo'lga kiritdi:

🥇1-o'rin - Vobkent tumanigagi 16-maktabning "Zukkolar";
🥈2-o'rin - Romitan tumanidagi 23-IDUMning "Ma'naviyat sarchashmasi";
🥈2-o'rin - Jondor tumanidagi 40-maktabning "She'riyat";
🥉3-o'rin - Shofirkon tumanidagi 4-maktabning "Munosib avlod" jamoalari

🏆Qorako'l tumanidagi 43-IDUMning "Ajdodlar izidan" va Olot tumanidagi 17-IDUMning "XXI asr iqtidorlari" jamoalari "Navoiy va Bobur vorislari" nominatsiyasi bilan taqdirlandi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_tanlovi
❇️BAXTIM SHUL – O‘ZBEKNING ZULFIYASIMAN!

🔹O‘zbek elining ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan Buxoro viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan viloyat tanlovi ana shunday nomlandi.

🔹Unda shahar va tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablari qoshidagi “Yosh ijodkor” klubi a’zolari ishtirok etib, belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🔹Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar Zulfiyaxonim obrazini yaratish, uning hayoti va ijodi haqida berilgan savollarga javob berish, shoirani e’tirof etuvchi she’rlaridan o‘qib berish orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

🔹Ularning har bir chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Viloyat_seminari
❇️🌈MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB MUSIQIY TA’LIMIGA TAYYORLASHNING ILGʻOR VA ZAMONAVIY METODLARI

🌈Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Uzluksiz ta’lim tizimida musiqa o‘qitish metodikasi:zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajribalar” mavzusida viloyat amaliy-seminari tashkil etildi.

🌈Buxoro shahridagi 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda shahar va tuman maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa fani o‘qituvchilari hamda musiqa rahbarlari ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-29-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fotoreportaj
#viloyat_seminari
✳️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI SOGʻLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISH – USTIVOR VAZIFA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fotoreportaj
#viloyat_seminari
✳️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI SOGʻLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISH – USTIVOR VAZIFA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#jarayon
#viloyat_seminari
❇️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
BOLALARNI SOGʻLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISH – USTIVOR VAZIFA

🌈Buxoro viloyati prokuraturasi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-04-02

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
✳️MAKTABINGIZ YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORMI?

🔹Yangi - 2024-2025-o‘quv yili ham tobora yaqinlashmoqda. Arafada barcha ta’lim muassasalarida qizg‘in tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.

🔹Xo‘sh, bugun viloyatimizdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga hozirlik ishlari qanday olib borilyapti?

🔹Umuman, bu jarayon qanday tashkil etilishi lozim?

🔹Valoyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan viloyat seminarida ishtirok etgan ta’lim muassasalari rahbarlari ana shu savollarga batafsil javob oldilar.

🔹Seminarda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov va viloyat prokurori yordamchisi Dilshod Zaripovlar ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-07-31

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |#viloyat_seminari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM