BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
12.8K subscribers
27.9K photos
2.57K videos
127 files
11.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan.

❗️Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi.

Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi.

Xususan:

vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi,

maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi.

Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi.

❗️Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “
Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi.


✔️Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot
#videolavha

❇️O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida Buxoro viloyatida davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan bir qator nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati va ular bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.

🔹Bugun, 2-avgust kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan viloyatdagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar tadbirkorlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi, jarayonda ularni qiynayotgan muammolar va bu muammolarni bartaraf etish borasidagi takliflar tinglandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |