BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Бугун ўтаётган видеоселекторда Президент коронавирус билан боғлиқ эпидемиологик вазият барқарорлашаётганини айтди.
Касалланганларнинг ярмидан зиёди тузалган, кўплаб туман ва шаҳарларда инфекция тарқалмаган.
Карантиндан босқичма-босқич чиқиш бўйича навбатдаги қадамлар белгиланди. Мева-сабзавотларни ташиш учун вилоятлараро ва шаҳарлараро қатновларга рухсат бериш, шахсий автотранспортдан фойдаланишга чекловларни секин-аста юмшатиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Президент в ходе сегодняшнего видеоселектора отметил, что эпидемиологическая ситуация по коронавирусу стабилизируется.
Выздоровели больше половины заболевших, во многих районах и городах коронавирус не выявлен.
Определены очередные шаги по поэтапному выходу из карантина. Даны указания по разрешению перевозок плодоовощной продукции между областями и городами, постепенному смягчению ограничений на пользование личного автотранспорта.

#Mirziyoyev #murojaat #pandemiya #karantindanchiqish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Тошкентдаги Халқаро конгресс марказида 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этяпти.
Бу йилги табрик аввалгиларидан фарқ қилиб, мурожаат тарзида бўлмоқда. Унда Президент таълим ва илм-фанни ривожлантириш йўлидаги долзарб вазифалар ҳақида сўз юритяпти.

В Международном конгресс-центре в Ташкенте проходит торжественное собрание, посвященное 1 октября - Дню учителей и наставников. В нем принимает участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.
В этом году праздничное поздравление адресуется в формате своеобразного послания к учителям, интеллигенции. Президент говорит об актуальных задачах по развитию образования и науки.

#Mirziyoyev #murojaat #1oktabr #talim #fan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Mirziyoyev #murojaat #1oktabr #talim #fan

Президент ўқитувчи ва зиёлиларга мурожаат қилмоқда

👉https://bit.ly/30lKogm
——
Президент выступает с посланием к педагогам и интеллигенции

👉https://bit.ly/33fqNAr


@uzedu
#MUROJAAT

⚡️Viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik faollari!

🔹Ma’lumki, ertaga-5-sentabr kuni butun mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari va “Mustaqillik darslari” bilan yangi o‘quv yili boshlanadi.

🔹Mazkur tadbirlarda turli darajadagi rahbarlar, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlar va jamoatchilikning faol vakillari, sobiq bitiruvchilarimizning ishtirok etishlari yurtimizda yaxshi an’anaga aylangan. Viloyat hokimining topshiriqlariga muvofiq, bu yilgi tadbirlarga ham viloyatning eng chekka hududlaridagi maktablarga viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari, korxona va tashkilot rahbarlari biriktirilib, ular ishtirokida tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish rejalashtirilgan.

🔹 Shunday ekan, barchangizni bugungi yutuq va muvaffaqiyatlaringizga erishishda ozmi-ko‘p hissa qo‘shgan qadrdon maktablaringizga tashrif buyurib, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarida faol ishtirok etishga, ustozlar va o‘quvchilarga yanada ko‘proq kuch, yangi ruh va yuqori kayfiyat ulashib, jonajon vatanimizning yanada gullab-yashnashi uchun fidoyi bo‘lgan, bilimli, vatanparvar va yurtga sadoqatli yoshlarni, ertangi kun egalarini tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shishga chaqiramiz. Sizlarning ularga bildiradigan ezgu tilaklaringiz, o‘z hayotiy tajribangiz bilan o‘rtoqlashib, ularga beradigan motivasiyangiz, shubhasiz yoshlarga juda katta kuch, ilhom, shijoat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Zero, ta’lim bu barchamizning sharafli vazifamizdir!

✳️Dilfuza MUSTAFAYEVA,
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
#Murojaat
⚡️Hurmatli pedagoglar, tizim fidoyilari!

❇️Mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga, ustoz, muallimlarga e’tibor yuksak maqomga ko‘tarilgan ayni bir paytda bu e’tirof, bu e’tiborga noloyiq hatti-harakatlar tizim sha’niga putur yetkazishi shubhasiz.


🔹Taassufki, ayrim ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va o‘qituvchilarga turli noqonuniy talablar qo‘yilishi, majburiy mehnatga jalb qilish va moliyaviy o‘zgarishlarga oid vaziyatlar yuzaga kelish holatlari kuzatilmoqda.

🔹Ayniqsa, “Tashabbusli byudjet” loyihasida ovoz to‘plash uchun o‘quvchilar va o‘qituvchilardan noqonuniy tarzda mablag‘ yig‘ishga yo‘l qo‘yilayotgani ham sir emas.

🔹Hurmatli pedagoglar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz albatta, bizga murojaat qiling.

🔹Biz sizlarga barcha huquqlaringizni ta’minlashda va har qanday noqonuniy ishlarning oldini olishda ishonchli va qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvni ta’minlaymiz.

HAMZA ELLIYEV
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
👍8