#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifa
❓ Attestatsiyada qatnashish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? Eshitishimcha, qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi hujjat ham kerak ekan, shu rostmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda ushbu tartib koʻrsatib oʻtilgan.
➖ Unga koʻra, nomzod pedagog tomonidan oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan soʻrovnomaga pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma) ilova qilinadi.
✅ Shuningdek, agar nomzod pedagogning qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi mavjud boʻlsa, u ham taqdim etiladi.
❌ Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
❗️Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi.
👉 Maʼlumot uchun: notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifa
❓ Men birinchi malaka toifa olganimga besh yil boʻldi. Maktabimiz direktori toifa uchun bu yil qayta imtihon topshirishimni aytyapti. Shunda men majburiy imtihon topshiramanmi yoki ixtiyoriy? Agar oʻtolmasam, hozirgi malaka toifamdan ayrilamanmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:
➖ pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
❗️ Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Shuning uchun pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.
✅ Amaldagi tartibga koʻra, majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan birinchi malaka toifasiga ega pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:
➖ 80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa, oliy malaka toifasiga ega boʻlgan;
➖ 70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa, attestatsiyadan oʻtgan hamda birinchi malaka toifasini saqlab qolgan;
➖ 70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va ikkinchi malaka toifasiga tushiriladi.
👉 Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

❓ Men navbatdan tashqari malaka sinovlarida qatnashish uchun fevral oyining soʻnggi kunida murojaat yuborgandim. Ammo shaxsiy kabinetimda arizam qabul qilinganligi haqida maʼlumot chiqmayapti. Murojaatimni qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilsam boʻladi?
✅ Avvalo shuni aytib oʻtishimiz lozimki, joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilishi belgilangan malaka sinovlarida ishtirok etish uchun barcha murojaatlar 1-martga qadar, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun yuborilgan murojaatlar uchun toʻlovlar 10-martga qadar qabul qilindi.
❗️Agar siz ushbu vaqtlarga qadar murojaat yuborgan (toʻlov qilgan) boʻlsangiz, arizangiz ayni vaqtda oʻrganish jarayonida. Oʻrnatilgan tartibga koʻra, ushbu jarayonlar 25-30 kun vaqtni oʻz ichiga oladi.
👉 Shu vaqt ichida sizga oʻrganish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetingizga xabar yuboriladi.