BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Bugun

✳️GʻIJDUVON MAKTABLARIDA BUGUN AHVOL QANDAY?

🔹Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi umumta’lim maktablari faoliyatini kompleks o‘rganish, mavjud bo‘shliqlar, muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida boshqarma mas’ullari, tajribali metodist va pedagoglardan iborat ishchi guruhlari shakllantirilgan bo‘lib, reja asosida o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹Bugun, 2-dekabr kuni boshqarma boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva boshchiligidagi ishchi guruhlari Gʻijduvon tumani maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlarining olib borilishi, ta’lim sifati va samaradorligi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#bugun

✳️Buxoro tumanidag 1-IDUMda “Dars jarayonlarida PISA xalqaro tadqiqotlari topshiriqlarining qo‘llanilishi va tadqiqotlarga tayyorgarlik” mavzusida viloyat seminari bo'lib o'tdi.

🔹Seminarda "Ko'makchilarning ma'no turlari", “Boburnoma” va “Dunyoning ishlari” asarlari ustida ishlash mavzusida namunaviy ochiq darslar hamda seminar ishtirokchilari, o'qituvchilar uchun "She’riy san’atlarni o‘tishda zamonaviy yondashuv (“Shoh va mot” metodi), "Attestasiyaga tayyorgarlik:test yechish texnologiyasi", “O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash: muammo va yechimlar” mavzusida mahorat darslari bo'lib o'tdi.

🔹Buxoro viloyat XTB va Buxoro VXTXQTMO hududiy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlari, o‘z ustlaridan ishlashlariga, darslarni yanada sifatli o‘tishlariga zamin yaratdi.
#bugun
❇️Qorako‘l tumanidagi 5- umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirning rasmiy ochilish marosimida tuman hokimi Xurshid Toxirov ishtirok etib, musoboqada ishtirok etadigan o‘quvchilarga omad tiladi.

🔹Mazkur tanlovda tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 50 ta maktabning har biridan 5 nafardan, jami 250 nafar o‘quvchi ishtirok etib, xorijiy til bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#bugun
❇️Kogon tumanidagi 21- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirning rasmiy ochilish marosimida tuman hokimi Esanov Muhiddin Turdiyevich ishtirok etib, musoboqada ishtirok etadigan o‘quvchilarga omad tiladi.

🔹Mazkur tanlovda tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 21 ta maktabning har biridan 5 nafardan, jami 105 nafar o‘quvchi ishtirok etib, xorijiy til bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

KANALGA OBUNA BÕLING:
👇👇👇
https://t.iss.one/kogon_tumanxtb
#bugun
❇️"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Olot tuman bosqichi ham samarali tashkil etildi.

🔹Tanlovda tumandagi 32 ta maktab terma jamoalarining jami 159 nafar o‘quvchilari ishtirok etishdi.

🔹Tadbirning shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida barcha jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#bugun

❇️“Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan yurish marafonida erta tongdan viloyatimizdagi korxona, tashkilot va o‘quv muasasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va talabalar ishtirok etdilar.

🔹Buxoro shahridagi “Sitora” istirohat bog‘idan “Ark” qo‘rg‘onigacha bo‘lgan hududni qamragan marafonda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari ham alohida faollik ko‘rsatdilar.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Forwarded from Fikrat
#bugun soat 16:30 da| "Fikrat" ko'rsatuvi

Xalqning ta'limiga mas'ullar: Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari bilan suhbat

Mehmonimiz:
Komilov Temurjon Kalandarovich

💬 Mavzu yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni YouTube'da, ushbu ko'rsatuvning izohlar bo'limida yozib qoldirishingiz mumkin.

Havola 👉 https://youtu.be/8gaVt2LqKXE
​​#bugun
#muhim_sana

⚡️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Ushbu Qonunning 2-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir”, deb belgilab qo‘yilgan

Davlat suvereniteti ramzi bo‘lgan madhiya matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan. Unga O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov musiqa bastalagan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi mustaqillikka e’tiqodni targ‘ib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo‘lida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, kurashga chaqiradi, milliy g‘ururni uyg‘otadi.

Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, yuqori ahamiyatli tadbirlar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.

Davlatimiz madhiyasi - tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.

Bizni va farzandlarimizni g‘alabaga undab turuvchi hayot qo‘shig‘imizdir!

O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin jahon arenalarida turib Vatan madhiyasini baralla kuylayversin!

Chunki madhiyamiz — g‘oliblik, hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir.

Ushbu bayram barcha vatandoshlarimizga muborak bo‘lsin!
#bugun
#jarayon
#Press_tur
Buxoro viloyatida aniq fanlar yo'nalishida "Kasbiy rivojlantirish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlarining birinchi bosqichi treninglari bo‘lib o‘tmoqda.


🔹Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tayotgan mazkur seminarlarga aniq fanlar yo‘nalishida 4 nafar master-trenerlar va 21 nafar mentor o‘qituvchilar jalb etilgan.

🔹Seminar-trening mobaynida olingan bilimlar mentor-o‘qituvchilar tomonidan kaskad usulida umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga yetkazilishi belgilangan.

🔹Tadbirga OAV vakillari ham taklif etilib, jarayonlar bilan bevosita tanishdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun
❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI “TURON MAKTAB TEATRI” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI BILAN UCHRASHDI

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 15 mart kuni “Turon maktab teatri” tanlovining Buxoro viloyati bosqichida Kogon shahridagi 3-umumta’lim maktabining “Ibrat” teatr jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan edi.


🔹Boshqarma boshlig‘i Hamza Elliyev mazkur maktabda bo‘lib, teatr jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Ayni paytda ularning respublika bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Har biringiz o‘ziga xos qobiliyat va iste’dod egasisiz, Sizlardan umidimiz katta, -dedi H. Elliyev. - Ishonaman, respublika bosqichida ham o‘z iste’dodingizni to‘la namoyon etib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilasiz.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍17🥰31👏1
#Bugun
🟢JONDOR TUMANIDA 2 TA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI ISH BOSHLADI

Tumandagi “Xumdonak” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Burjoq qishlog‘ida yangidan barpo etilgan zamonaviy va ko‘rkam 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining foydalanishga topshirilishi bu yerlik aholi uchun chinakam bayramga aylandi.


Chunki ular ko‘pdan beri o‘z hududlarida ana shunday zamonaviy bog‘cha qurilishini orziqib kutishgan edi.

Investisiya dasturi doirasida 4 milliard 140 million so‘m mablag‘ hisobiga barpo etilgan 120 o‘rinli ushbu ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar va qulayliklar yaratilgan.

MTTning tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev, tuman hokimligi mutasaddilari, OAV vositalari va mahalla ahli ishtirok etdilar.

Tumandagi “Yosh kuch” mahalla fuqarolari hududida joylashgan 42-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan qismida tashkil etilgan 12-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining foydalanishga topshirilishi ham katta tantanaga aylandi.

Homiylik va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga zamonaviy ko‘rinish va qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda 90 nafar bolajonlarni qamrab olish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun: Jondor tumanida 32 ta davlat va 180 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularga tumanda mavjud maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 76.6 foizi qamrab olingan edi. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishga tushgach, qamrov ko‘rsatkichi 78 foizga ko‘tarildi.

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#Bugun
Olot tumanida yangi zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi binosi foydalanishga topshirildi

Olot tuman Gʻanchi chandir MFY hududida joylashgan 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining avvalgi binosi 1978-yilda qurilgan bo‘lib, anchayin eskirib qolgan edi.


Yosh avlodga munosib ta’lim va tarbiya berish maqsadida joriy yilda ushbu bino o‘rnida 90 o‘rinli, 2 qavatli, zamonaviy va har tomonlama qulay 26-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etildi.

Ushbu yangi muassasa 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qurilib, bolalar uchun xavfsiz va rang-barang muhit yaratishga yo‘naltirilgan barcha infratuzilma va shart-sharoitlarga ega.

Binoning tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev hamda Olot tumani hokimi Nargiza Nematova ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi, ta’lim sifati va maktabgacha ta’lim infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritar ekanlar, ushbu yangi muassasani davlatning bolalarga bo‘lgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligining yana bir yaqqol namunasi sifatida e’tirof etdilar.

⚡️Yangi tashkilot faoliyat boshlashi orqali mazkur hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi yanada oshishi bilan birga, tarbiya jarayoni sifat jihatdan ham yangi bosqichga ko‘tariladi.

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🤔1
#Bugun
🟢Buxoro shahridagi zamonaviy bog‘chalar soni yana bittaga ko'paydi

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangidan yangi muassasalar qurib foydalanishga topshirili kelajagimiz egalariga bo‘lgan e’tibor namunasi hisoblanadi.


Buxoro shaharida ham maktabgacha ta’lim tizimida salmoqli ishlar amalga oshirilishi natijasida bolajonlarning bog‘chalarga qamrov darajasi 100 foizni tashkil qilmoqda.

Bolajonlar va ularning yaqinlari uchun bugun quvonchli kun sababi Buxoro shahridagi 35-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’imi boshqarmasi mas’ullari, mahalla faollari, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur bog‘cha yaqin-yaqingacha 1985 yilda qurilgan, 90 o‘rinli moslashtirilgan binoda o‘z faoliyatini olib borgan. Man’an eskirganligi va foydalanishga yaroqsiz deb topilib o‘rnida yangi zamonaviy bog‘cha qurish ishlari boshlangan edi. Qisqa muddatda "MIRRANSOL KAPITAL STROY INVEST” MCHJ qurilish tashkiloti tomonidan 3.7 mlrd so‘m mablag‘ eavziga barcha qulayliklarga ega zamon talabiga mos 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazildi.

Tantanali ochilish marosimida so‘z olganlar yurtimizda yosh avlod ta’im-tarbiyasi uchun yaratilgan sharoitlar, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, mazkur maktabgacha ta’im tashkilotining ham barpo qilingani ushbu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomi ekanini qayd etishdi.

⚡️Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Buxoro shahrida maktabgacha ta’lim muassasalari soni 135 tani tashkil etadi. Shundan, davlat MTT 77 ta, davlat xususiy sherikchilik asosidagi muassasalar soni 12 ta, xusuiy MTT 15 ta, oilaviy bog‘chalar 31 ta. 3-7 yoshli bolalar soni 18 758 nafar.

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Bugun
🟢GʻIJDUVON TUMANIDA HAM YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Gulistonobod mahallasida Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 4 mlrd 200 mln so‘mlik loyiha asosida yangi 43-DMTT qurilib, foydalanishga topshirildi.


Ushbu muassasa 90 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.

Tashkilotga 30 ga yaqin ishchi-xodimlar, ingliz tili o‘qituvchilar jalb qilinmoqda.

Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ilk bosqichdanoq chet tilini o‘rganishiga keng imkoniyat yaratadi.

Yangi DMTT – bolalarning baxtli va ilmiy rivojlangan kelajagi sari muhim qadam!

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#Bugun
🟢BUXORODA 5 TA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Jondor tumanining Burjoq mahallasida 120 o‘rinli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda ishga tushirildi. Marosimda mas’ullar, nuroniylar va jamoatchilik ishtirok etdi.

Shuningdek, tumandagi “Yosh kuch” mahalla fuqarolari hududida joylashgan 42-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan qismida tashkil etilgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining foydalanishga topshirilishi ham katta tantanaga aylandi.

Olot tuman Gʻanchi chandir MFY hududida joylashgan 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining 1978-yilda qurilgan eski binosi o‘rnida 90 o‘rinli, 2 qavatli, zamonaviy va har tomonlama qulay 26-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Yaqin-yaqingacha 1985 yilda qurilgan, 90 o‘rinli moslashtirilgan binoda o‘z faoliyatini olib borgan Buxoro shahridagi 35-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 120 o‘rinli yangi binosi tantanali tarzda ishga tushirildi.

Gʻijduvon tumanining Gulistonobod mahallasida 4 mlrd 200 mln so‘m mablag' hisobiga 43-DMTT qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu muassasa 90 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
#Bugun
🟢QORAKO‘L TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM QAMROVINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

📌Ayni paytda Qorako‘l tumanida 162 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarda jami 11 441 nafar 3-7 yoshli bola qamrab olingan bo‘lib, bu tumandagi umumiy maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 81 foizini tashkil etadi.

🟡Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Qorako‘l tumanida qamrov ko‘rsatkichlarini yanada oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqdi.

🔴Dastlab tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, dolzarb masalalar muhokama etildi. Shundan so‘ng joylardagi holat o‘rganilib, mavjud infratuzilma va bo‘sh turgan binolarni maktabgacha ta’lim ehtiyojlariga moslash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1