BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Sarhisob_2024
#Infografika
❇️BUXORODA MALAKA TOIFASIGA EGA O‘QITUVCHILAR SALMOGʻI QARIYB 80 FOIZGA YETDI

🔹Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 29 934 nafar pedagoglarning 5 742 nafari, ya’ni 19,2 foizi oliy, 8 004 nafari, ya’ni 26,7 foizi birinchi, 9 502 nafari, ya’ni 31,7 foizi ikkinchi va 6 686 nafari, ya’ni 22,3 foizi mutaxassis malaka toifasiga ega o‘qituvchilar hisoblanadi.

🔹Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida malaka toifasiga ega o‘qituvchilar salmog‘i 69,9 foizdan 77,7 foizga, ya’ni 7,8 foizga o‘sishga erishildi.


🔹Attestatsiya jarayonlarida ishtirok etgan o‘qituvchilarning egallagan umumiy o‘rtacha ballari bo‘yicha viloyatimiz pedagoglari eng oldingi o‘rinni band etib turishibdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#Sarhisob_2024
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR XALQARO FAN OLIMPIADALARIDA 22 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔹2024-yilda viloyatimiz o‘quvchilari respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, salmoqli natijalarni qayd etishdi.

🔹 Xalqaro fan olimpiadalarida 3 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza, jami 22 ta medal qo‘lga kiritildi.

🔹Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida esa o‘quvchilarimizning 4 nafari 1-, 3 nafari 3-o‘rinni egallab, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi👆

Batafsil matn👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-13-4

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍61
#Sarhisob_2024
#Infografika
❇️TO‘GARAKLAR – O‘QUVCHILARNING QIZIQISH VA QOBILIYATLARINI YUZAGA CHIQARMOQDA

🔹O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni qiziqish va iste’dodiga qarab yo‘naltirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida viloyatdagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 7 ming 684 ta to‘garaklarga 160 ming 556 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

🔹Bundan tashqari, bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 39 ming 666 nafar o‘quvchilari maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 2 ming 419 ta to‘garaklarga jalb etilgan.

🔹Shuningdek, 75 ming 120 nafar o‘quvchilarimiz turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Sarhisob_2024

❇️Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari xorijiy til o‘qituvchilarining qariyb 75 foizi xalqaro va milliy sertifikatga ega bo‘ldi

Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning malakasini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Maktablarda xorijiy tillarni o‘rgatishda ham bu jihatga alohida e’tibor qaratilgan. Ayni paytda mavjud xorijiy til o‘qituvchilarining 2 225 nafari, ya’ni 74.2 foizi xalqaro hamda milliy sertifikatga ega. Bu sertifikatli o‘qituvchilar salmog‘ining o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga oshganligini ko‘rsatadi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-17

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#Sarhisob_2024
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR XALQARO FAN OLIMPIADALARIDA 22 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔹2024-yilda viloyatimiz o‘quvchilari respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, o'tgan yillardagidan ancha salmoqli natijalarni qayd etishdi.

🔹 Xalqaro fan olimpiadalarida 3 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza, jami 22 ta medal qo‘lga kiritildi.

🔹Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida esa o‘quvchilarimizning 4 nafari 1-, 3 nafari 3-o‘rinni egallab, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi👆

Batafsil matn👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-18-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Sarhisob

2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni joriy etishga doir 23 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Xususan, tizimga oid 2 ta qonun, Prezidentimizning 4 ta farmoni va 8 ta qarori, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.

Hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
#Infografika
#Sarhisob_2024

❇️Ta’lim sifatini oshirishda umumta’lim maktablarida qulay shart-sharoitlarning yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. 2024-yilda Buxoro viloyatida ham ta’lim muassasalarining moddiy-texnik ba’zasini boyitish, infratuzilmasini yaxshilashga alohida ahamiyat qaratildi.

Joriy yil Investisiya dasturi asosida viloyatdagi 38 ta umumta’lim maktablari, va 10 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bu jarayonda 1 ta yangi ta’lim muassasasi qurilib, 42 tasida rekonstruksiya, 5 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.


🔹Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 2024-2025-o‘quv yilida 13 794 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan yangi o‘quv binolari, 1 170 tarbiyalanuvchi o‘rniga ega MTT binolari va 8 ta sport zal, foydalanishga topshirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
#Sarhisob_2024
#Infografika

❇️Buxoro viloyatida 534 ta umumta’lim maktablari kutubxonalari mavjud bo‘lib, ularda jami kitob fondi 1 261 220 nusxani tashkil etadi.

📚Kutubxonalarda jami kitobxonlar soni 301 930 nafar bo‘lib, 106818 nafari 1-4-sinf, 161225 nafarsh 5-11-sinf o‘quvchilari, 33 887 nafari ektron resurslardan foydalanuvchilardan iborat.

📚Bu umumiy o‘quvchilar soniga nisbatan 92% ni tashkil etadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

2024-yil davomida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan eng muhim ishlar sarhisobi

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_2024
❇️BUXORODAGI 13 TA MAKTABDA KASB-HUNARGA O‘QITISHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILDI

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Buxoro viloyatidagi 13 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ham o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etildi.

🔹Ushbu maktablarda 34 ta kasb-hunar xonalari tashkil etilgan bo‘lib, 32 nafar tajribali kasb ustalari jalb etilgan.
Ayni paytda maktablarning 10-11-sinflarida ta’lim olayotgan 1023 nafar o‘quvchilar duradgorlik ishlari ustasi, ganch ishlari ustasi, tikuvchilik, elektromantyor, internet marketing, fotomuharrir, Veb-dizayner, mebel ishlari ustasi, erkaklar sartaroshi kompyuter operatori kasblar bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#Sarhisob_2024
❇️BUXORODA 3-7-YOSHLI BOLALARNING MAKTABGACHA TA’LIMGA QAMROVI 86.4 FOIZNI TASHKIL ETDI

🔹Ayni paytda viloyatimizda 2 143 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 492 tasi davlat, 1517 tasi oilaviy, 113 tasi davlat xususiy sheriklik asosidagi, 21 tasi xususiy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

🔹Joriy yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 17 taga, oilaviy MTTlar 265 taga, DXSH asosidagi ta’lim tashkilotlari 16 taga, xususiy MTTlar soni esa 3 taga oshdi.

🔹Ushbu MTTlarga viloyatimizda mavjud jami 156 695 nafar 3-7 yoshli bolalarning 13 5016 nafari, ya’ni 86,4 foizi qamrab olindi. Qamrovning 60,2 foizi davlat, 39,8 foizi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-28

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#Sarhisob

2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagoglar malakasini oshirish maqsadida qator ishlar olib borildi. Jumladan:

Malaka oshirishda vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bogʻlaydigan vertikal tizim yoʻlga qoʻyildi;

Tizimda faoliyat olib borayotgan 420 571 nafar rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi;

Ko‘plab pedagoglar xorijiy davlatlarga (Fransiya, Xitoy, Turkiya, Belorusiya va Rossiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya) malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi;

Yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadigan 1 130 ta tayanch maktab va 326 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti tanlab olindi;

13 ta Pedagogik mahorat markazi tranformatsiya qilindi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Sarhisob_2024

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2024-yilda samarali ishlar amalga oshirildi


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook