BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#informatika_olimpiadasi
#jarayon
#Peshku

❇️Ayni paytda tuman maktabgacha
va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 28-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tayotgan informatika fan olimpiadasining tuman bosqichida 180 nafardan ortiq 5-8-sinf o'quvchilari ishtirok etishmoqda.

Sinov jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan 30 ta topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt berilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#amaliy_seminar
#Peshku

Viloyat prokuraturasi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan navbatdagi o‘quv-amaliy seminari Peshku tumanida tashkil etildi.


🔹Tumandagi 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda MTTlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi ta’minotchi korxonalar vakillari,shuningdek, MTT mudiralari, hamshiralar, oshpazlar hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirlar ishtirok etishdi.

🔹Seminar jarayonida hamkor tashkilot mutaxassislari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarining standart talablariga rioya qilish va ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladigan talablar ko‘rgazmali tarzda batafsil tanishtirib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
#Сўнгги_қўнғироқ
#Peshku_tumani

🔔 Peshku tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov ishtirok etib, maktab bitiruvchilariga mustaqil hayotga ilk qadamlarini boshlayotganlari va bugungi tadbir bilan samimiy tabrikladi.

💥“So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirida tuman hokimi tomonidan tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini shaxsan o‘qib eshittirilishi, o‘quvchilarga, xususan maktab bitiruvchilariga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan ko‘tarinki ruhda davom etib, nihoyat so‘ngi qo‘ng‘iroq baralla chalinib, 2023-2024 o‘quv yilining bitiruvchilariga oq yo‘l tilandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_milliy_forumi
#Peshku

❇️Peshku tumanida ham “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostidagi Uchinchi Ustozlar milliy forumining bayramona yalpi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🔹Tuman hokimligi katta yig'ilishlar zalida bo‘lib o‘tgan mazkur forumning yalpi yig‘ilishida tuman hokimi Vahob Qahhorov hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i, ta’lim muassasalari rahbarlari, hamkor tashkilotlar va 250 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdilar.

🔹O'tgan o'quv yilda samarali mehnat ko'rsatdan 100 dan ortiq pedagoglar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#Bilimlar_kuni
#Peshku_tumani

❇️Peshku tumanidagi mavjud 49 ta umumta’lim va xususiy maktablarda birinchi qo’ng’iroq tadbirlari va “Mustaqillik darslari” ko’tarinki ruhda tashkillashtirildi.

🔹Tuman hokimi Vahob Qahhorov tumandagi bir qator ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan o’tkazilgan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi tadbirlarda ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_va_Biz
#Peshku_tumani

1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni Peshku tumanida ham tantanali nishonlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Dolzarb_90_kun
#Peshku

Peshku tumanidagi umumta'lim maktablarida o'quvchilarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari ko'tarinki ruhda qizg'in davom etmoqda.

🔹Jumladan, 16-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham bir qator to'garaklar tashkil etilgan bo’lib, o'quvchilar ertalabki badantarbiya, ona tili -millat koʼzgusi, tarixdan saboqlar mavzusidagi mashg'ulotlarda kunlarini mazmunli o'tkazishmoqda.

❇️Ta'lim muassasalarda tashkil etilayotgan bu kabi to'garaklar yozgi ta’til davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda mavjud imkoniyatlarni to‘la ishga solishga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
1
#Dolzarb_90_kun
#Jarayon
#Peshku_tumani
❇️HOKIM SOVRINI UCHUN” FAN OLIMPIADASI BO’LIB O’TMOQDA

🔹Tumandagi “Bilol School” xususiy maktabida bo’lib o'tayotgan olimpiadada umumta'lim maktablaridan 156 nafar 8-10-sinf o'quvchilari ishtirok etib, matematika fanidan test sinovlari asosida bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
#Jarayon
#Peshku
🤩Dolzarb 90 kun” — o‘quvchilar uchun mazmunli ta’lim va samarali hordiq!

Peshku tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi qiziqishlari asosida fan, sport hamda kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga keng qamrovli jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar tajribali va malakali pedagoglar tomonidan olib borilib, o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, iqtidorini yuzaga chiqarish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Ayni_paytda
#Peshku
🟢OLIS HUDUDLARDA MAKTABGACHA TA’LIM QAMROVINI OSHIRISH MASALASI BOSHQARMA BOSHLIG'I E’TIBORIDA

Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta’limning sifatini oshirish, barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.


Ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashayotgan 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida yaratilayotgan mobil guruhlar — ana shu g‘amxo‘rlikning amaldagi yorqin ifodasidir.

Ayni paytda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Peshku tumanida bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmagan hududlarda bolalar qamrovi masalasini o‘rganmoqda.

Dastlabki manzil — “Kamolot” mahalla fuqarolar yig‘ini. Ushbu hududda faoliyat olib borayotgan 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarkibida mobil guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus amalga oshirilsa, hududda yana 40 nafar bola maktabgacha ta’limga qamrab olinadi. Bu esa hududiy qamrovni sezilarli darajada kengaytiradi.

Boshqarma boshlig‘i joydagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, jarayonlarni sifatli va belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda
#Peshku
🟢CHEKKA HUDUDLARDA MAKTABGACHA TA’LIM QAMROVINI OSHIRISH MASALASI BOSHQARMA BOSHLIG'I E’TIBORIDA

🤩
Navbatdagi manzil Peshku tumanidagi «Valfajir» va «Xorkash» mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘ldi.
«Valfajir» MFY hududida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmaganligi ko‘pdan beri mahalla ahliga noqulaylik tug‘dirib kelayotgan edi.

Joriy yilda Ssuda asosida ushbu hududda 120 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Boshqarma boshlig‘i ushbu qurilish ob’yektida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holati bilan yaqindan tanishdi hamda jarayonlarni belgilangan talablar va sifat mezonlari asosida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1
#Ayni_paytda
#Peshku
🟢CHEKKA HUDUDLARDA MAKTABGACHA TA’LIM QAMROVINI OSHIRISH MASALASI BOSHQARMA BOSHLIG'I E’TIBORIDA

Ayni paytda Peshku tumani “Xorkash” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Investisiya dasturi doirasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.


Loyiha doirasida tashkilot tubdan ta’mirlanib, zamonaviy infratuzilma yaratiladi. Ushbu ishlar uchun 3 milliard 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Rekonstruksiya natijasida muassasa 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida qayta faoliyat yuritadi. Bu esa hududdagi bolalarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish imkoniyatini kengaytirishi bilan ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev ushbu qurilish ob’yektida ham bo‘lib, ishlarning borishini bevosita ko‘zdan kechirdi, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini nazoratdan o‘tkazdi hamda mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatdi.

Maktabgacha ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan bunday ishlar, avvalo, bolalarning kelajagi, ta’lim sifati va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.

✔️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun
#Peshku
🟢 “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi – yoshlar bilimi sinovda!

Peshku tumanida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan navbatdagi “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasida 8-, 9- va 10-sinflarda tahsil olayotgan 156 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun
#Peshku
🟢“HOKIM SOVRINI UCHUN” FAN OLIMPIADASI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

”Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi Peshku tumanida ham ko’tarinki ruhda o’tkazib kelinmoqda.


Ayni paytga qadar mazkur fan olimpiadasida 500 nafardan ortiq 8-10-sinf o'quvchilari jalb etilib, ular orasidan eng bilimlilari aniqlandi.

🤩Bugun bo’lib o’tgan tantanali taqdirlash marosimida g’oliblar tuman hokimligi tomonidan munosib taqdirlandilar.

💥Tadbirda tuman hokimi Hayot Davlatov ishtirok etib, g’oliblarni tabrikladi va ularga diplom va pul mukofotlarini topshirdi.

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2