BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.2K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Kogon_tumani

🔹 Kogon tumanidagi "Nur Hayat" restaranida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi   tashkil etildi. O'yin juda qiziqarli, bahs va munozaralarga boy tarzda kechdi.

🔹 Yakuniy natijalarga koʻra, 3-umumta'lim maktabi jamoasi 1-o’rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

🔹 21-maktab jamoasi 2-, 7-maktab jamoasi esa 3-o’rinni
egalladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#Kogon_tumani
❇️O‘QITUVCHILAR ISHTIROKIDA “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” MAVZUSIDA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

🔹Tumandagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda tumandagi barcha maktablardan o‘qituvchilar jalb etildi.

🔹Dastlab o‘qituvchilardan tarkib topgan maktab jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tillar tarixi, o‘zbek tilining asl ildizlari va rivojlanishiga doir savollarga har bir jamoa to‘g‘ri javob topishga harakat qildi.

🔹Shundan so‘ng tadbir badiiy-musiqiy dasturga ulanib ketdi. Ona tilimizni madh etuvchi ta’sirchan she’rlar, jozibali kuy-qo‘shiqlar,sahna ko‘rinishlari tadbirga bayramona shukuh baxsh etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#Kuzgi_taʻtil
#Kogon_tumani
❇️TA'TIL MAROQLI O'TMOQDA

🔹🔸Ta’til yangi izlanish, o‘qib o‘rganish va parvozlar oldidan ruhlantiruvchi madaniy hordiq, mazmunli sayru sayohatdir. Kogon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ham kuzgi ta’til davrida maktab o‘quvchilarining mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔸🔹Viloyatimizdagi muzeylar, qadimiy va tarixiy obidalar bo‘ylab uyushtirilayotgan sayohatlar, teatr tomoshalari o‘quvchilarning Vatanimiz buyuk tarixi, ajdodlarimiz jasorati va boy merosi, yurtimizning betakror go‘zalligi haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kogon_tumani
✳️MAKTABNI A’LO BAHOLARDA TUGATGAN O‘QUVCHILARGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLARI TOPSHIRILDI

🔹2023-2024-o'quv yilida tumandagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini a’lo baholarga tamomlagan, namunali hulqi va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarning 26 nafariga oltin va 11 nafariga kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💥Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etib, erishilgan natijalar bilan o‘quvchilarni samimiy tabrikladilar va oltin hamda kumush medallarni o'z egalariga tantanali tarzda topshirdilar.

🔹Shuningdek, marosimda qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil tumandagi umuta’lim maktablarini 764 nafar o‘quvchi tamomladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#Kogon_tumani
❇️Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi

🔹Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tumandagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zosi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining Mudofaa vazirligi kubogi uchun tuman bosqichi o‘tkazildi.

🔹Ushbu sport musobaqasida o‘quvchi yoshlar “Mohir mergan”, “Turnikda tortilish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Safda qo‘shiq aytish”, “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” va “Vatan tayanchi yulduzlari” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🔹Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍4
#Navoiyga_ehtirom
#Kogon_tumani
❇️O‘QITUVCHILAR O‘ZARO BELLASHDILAR

🔹 Alisher Navoiy - oʻzbek adabiyoti tarixida yorqin sahifa ochgan, xalqimizga katta adabiy va ilmiy meʼros qoldirgan buyuk siymolarimizdan sanaladi.


🔹Ayni kunlarda viloyatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida ulug‘ bobokalonimiz tavalludi munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔹Kogon tumanidagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan “Mutafakkir izdoshlarimiz” tanlovi o‘ziga xos adabiy tadbir bo‘ldi.

🔹Bunda jamoalar A. Navoiy haqidagi va bobokalonimiz ijodiga mansub asarlar asosidagi sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
#Kogon_tumani

SHAXMAT BO'YICHA "HOKIM KUBOGI" MUSOBAQASI BO’LIB O’TDI

🔹Tumandagi 3-umumta'lim maktabida shaxmat bo'yicha Kogon tumani hokimi kubogi musobaqasining tuman bosqichi bo’lib

🔹Unda maktab bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 100 dan ortiq 5-9-sinf o'quvchilari o'zaro kuch sinashdi.

Natijalar quyidagicha:
🥇1-o'rin: Ixtisoslashtirilgan maktab;
🥈2-o'rin: 2-umumta'lim maktabi;
🥉3-o'rin: 3-umumtalim maktabi va 11-umumta'lim maktabi.

🔹Musobaqa yakunida tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari barcha g'olib va sovrindorlarni muborakbod etib, ularni diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍6🔥1👏1
#Kogon_tumani
❇️"HOKIM SOVRINI" OLIMPIADASI
TASHKIL ETILDI

🔹Kogon tumani umumta’lim maktablarining 6-8 sinf o’quvchilari o’rtasida ingliz tili fanidan Kogon tumani hokimi tashabbusi bilan “HOKIM SOVRINI” olimpiadasi tashkil etildi.


🔹 18-umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan ushbu olimpiadada Kogon tumani hokimi Qazoqov Otabek Nodirovich ishtirok etdilar va barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar.

🔹 Olimpiada 2 bosqichda o‘tkazildi: Test va "Speaking".

⚡️ Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇-o‘rinni 25-maktab terma jamoasi;
🥈-o‘rinni 21-maktab terma jamoasi;
🥉-o‘rinni 18-maktab terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun
#Kogon_tumani

❇️YOZGI TA’TIL - BILIM, HUNAR VA HORDIQ!

🔹 “Dolzarb 90 kun” doirasida Kogon tumanidagi 21-umumta’lim maktabida ham fan, hunar va sport yo‘naltishidagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu to‘garaklar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda ularning qiziqish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.


🔹Shuningdek maktabda “Yoshlik” sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda50 nafar o‘quvchi bu yozgi oromgohda miriqib hordiq chiqarishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
👍21
#Dolzarb_90_kun
#Jarayon
#Kogon_tumani
❇️“HOKIM SOVRINI UCHUN” FAN OLIMPIADASI BO’LIB O’TMOQDA

🔹“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi qizg’in davom etmoqda.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Kogon_tumani

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lomlashtirish oyligini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiя kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2