BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI JAHON CHEMPIONI BO‘LDI

🔹Joriy yil 7-9 sentyabr kunlari Xiva shahridagi "Ichan qal’a" majmuasida ilk marta etnosport xalqaro festivali o‘tkazildi.

🔹63 ta mamlakatdan qariyb ikki mingga yaqin sportchi etnosport turlarida kuch bellashdi. Shuningdek, o‘zbek jang san’ati, mergan chavandoz va Temuriylar jangi yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati ham bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Buxoro tumanidagi 38-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Samirbek Sidiqov milliy sportimiz – O‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍9
#faxr
✳️Buxorolik o‘quvchi Bakudagi badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Buxoro shahridagi 33-maktabning  2-B sinf o‘quvchisi Hamrogul Salimova “GymStar International Cup” musobaqasida o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni qo'lga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
7
#faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI XALQARO SPORT MUSOBAQASIDA OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

🔹Buxorolik sportchi o‘quvchilarimizdan yana biri xalqaro maydonda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tardi.

🔹Buxoro shahridagi 29-IDUMning 4- sinf oʻquvchisi Muhabbat Tukliyeva sportning gimnastika turi boʻyicha Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtkazilgan “GymStar International Cup” musobaqasida o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni qo'lga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
#faxr
#Yangi_Uzbekiston_umidlari
✳️6 ta tilda erkin gaplasha oladigan, mobilograflik ortidan oyida 800 dollar daromad topayotgan va sport chempioni bo‘lgan buxorolik iqtidorli o‘quvchi

🔹Buxoro shahridagi 31-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rayhon Po‘latova ana shunday iqtidor egasi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-26

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👏10👍1🔥1
#faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI XALQARO SAT IMTIHONIDA 1510 BALNI QAYD ETDI

🔹Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib kelayotgan Buxoro shahridagi 29-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sherzod Cho‘lliyev yuksak marralarni ko‘zlagan.

🔹Kelajakda u dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olib, dasturlash yo‘nalishida o‘z o‘rniga ega mutaxassis bo‘lishni va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

🔹Ana shu maqsad yo‘lida bu tirishqoq o‘quvchi barcha fanlar qatori ingliz tili va matematika fanlarini ham chuqur o‘zlashtirib kelmoqda. O‘tgan o‘quv yilida u til bilish darajasini belgilovchi IELTS imtihonida 7.5 natija bilan xalqaro С1 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritgan edi.

🔹Yaqinda esa Sherzod xalqaro akademik baholash testi – SAT imtihonida 1510 balni qayd etib, yana bir xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

🔹Kelajak sari dadil odimlayotgan Sherzodga omad tilab qolamiz!

👉Telegram | Facebook |
👏17👍21
#Faxr
✳️4 YOSHLI SHAHZODBEK MENTAL ARIFMETIKASI BO‘YICHA RESPUBLIKA MUSOBAQASI GʻOLIBI BO‘LDI

🌈Romitan tumanidagi "Znayka" maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi 4 yoshli Shahzodbek Egamberdiyev bir muddat ilgari mental arifmetikasi musobaqasining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

🌈Yaqinda bu jajji bilag‘on poytaxtimiz Toshkentda bo‘lib o‘tgan respublika musobaqasida ham g‘oliblik shohsupasini zabt etib, Turkiyaga yo‘llanma oldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍81
#Faxr
❇️RESPUBLIKA CHEMPIONI BO‘LGAN BUXOROLIK O‘QUVCHI JAHON CHEMPIONATIGA YO‘LLANMA OLDI

🔹Umida Sa’dullayeva Buxoro shahridagi 17-maktabda tahsil oladi. Darsdan bo‘sh vaqtlarida esa sportning sambo turi bilan shug‘ullanadi. Bu borada anchagina mahoratga ega bo‘lgan Umidaning e’tirof etguli natijalari bor.

🔹Yaqinda u Xorazm viloyatida o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

🔹Endilikda u Qozog‘iston respublikasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo va Kipr davlatida o'tkaziladigan jahon chempionatlarida ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

🔹Umidli sportchimizga omad tilab qolamiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍61
#faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI RESPUBLIKA TANLOVI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Romitan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Tasviriy san’at” to‘garagi a’zosi Mohinur Bahodirova respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida o‘tkazilgan onlayn tanlovda ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹Tumandagi 41-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tahsil olayotgan Mohinurga respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan berilgan sovg‘alarni viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbari Mavjuda Jamolova topshirdi.

🔹Iste’dodini yoshlikdanoq tinimsiz mashq bilan moʻjizaga aylantirib, sayqal berayotgan Mohinur kabi yoshlarimiz Yangi O‘zbekistonning faxri, g‘ururi va albatta, porloq kelajagidir.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#Faxr
❇️BUXOROLIK RAKETAMODELCHILARDAN NAVBATDAGI GʻALABA!

🔹Kuni kecha Rossiyaning Korolev shahrida bo‘lib o‘tgan raketamodel sporti bo‘yicha II xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi nomidan ishtirok etgan buxorolik raketamodelchilar bu yil ham g‘alaba bilan qaytishdi.

🔹Musobaqada Gʻijduvon tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Aviamodel" to‘garagi rahbari Shaxboz Bafoyev shaxsiy hisobda 1-, o‘quvchilari Sardor Ro‘ziyev 1-, Firuz Bahodirov 2-o‘rinlarni qayd etib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🔹Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan “Barkamol avlod”ning barkamol yoshlari bilan faxrlanamiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
#faxr
❇️JAJJI SAODATBEGIMNING ULKAN YUTUQLARI

🔹Kogon tumanidagi 11-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Saodatbegim Hamroyeva Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi hamkorligida tashkil etilgan "Ziyolilar.maktab" loyihasi g‘oliblari qatoridan o‘rin oldi.

🔹5 yoshidan sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Saodatbegim 7 yoshidan boshlab viloyat va respublika miqyosida yuqori natijalarni qayd eta boshladi. Badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan o‘nlab respublika turnirlarida g‘oliblik shohsupalarini zabt etdi. Joriy yilda esa u poytaxtimiz Toshkentda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹-Kelajakda ta’lim va sportni birgalikda olib borib, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni maqsad qilganman,-deydi u. - Buning uchun berilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilaman.


Telegram | Facebook |
👍4
#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI JAHON CHEMPIONATI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Jasurbek Soliyev Buxoro shahridagi 23-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 8-sinfida tahsil oladi. Darsdan bo‘sh vaqtlarida sportning "Jeyet Kune Do" sport turi bilan shug‘ullanadi.

🔹 Mazkur yo‘nalishda shahar, viloyat va respublika musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelmoqda.

🔹Yaqinda esa Jasurbek Toshkent shahrida "Jeyet Kune Do" sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹O‘z g‘alabalari bilan jahon maydonlarida vatanimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishni maqsad qilgan bu umidli o‘quvchimizga omad tilaymiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
#Faxr
❇️O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIDA BUXOROLIK O‘QUVCHILAR 7 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔹Kuni kecha Andijon shahrida 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab o'quvchilari o'rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan O'zbekiston chempionatida buxorolik o‘quvchilar faol ishtirok etib, jami 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi.


Jumladan:

Buxoro shahridagi 34-maktab o'quvchisi Malika Norkulova
🥇1-oʼrin (standart yoʼnalishi)
🥇1-oʼrin (rapid yoʼnalishi)
🥈2-oʼrin (blits yoʼnalishi)


Buxoro shahridagi 16-DMTT tarbiyalanuvchisi Safiya Nuraliyeva
🥇1-oʼrin (blits yoʼnalishi)

Buxoro tumanidagi 38-maktab o'quvchisi Shaxrombek Karimov
🥈2-oʼrin (blits yoʼnalishi)

Buxoro shahridagi 23-IDUM o'quvchisi Jahongir Nasimov
🥉3-oʼrin (standart yoʼnalishi)

Buxoro tumanidagi 2-maktab o'quvchisi Islom Hikmatov
🥉3-oʼrin (rapid yoʼnalishi)

🏆G'oliblik muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI – OSIYO CHEMPIONI!

🔹Jondor tumanidagi 47-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Nazokat Mardonova boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi!


🔹Nazokat 48 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik Yui Hatakeyamani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

🔹Bu yutuq — nafaqat viloyatimiz, balki yurtimizning barcha sportsevar yoshlari uchun ham iftixor va ilhom manbaidir.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👏8👍2🥰1
#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI OSIYO CHYeMPIONI BO‘LDI!

🔹Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umida Sadillayeva bir necha yillardan buyon dzyudo, kurash va sambo sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Bu yuksak iroda va mehnat evaziga u bugungi kunda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, sambo bo‘yicha “Sport ustasi” unvoni sohibi va 4 karra mamlakat chempionati g‘olibasiga aylangan.

🔹Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Osiyo-Okeaniya chempionati”da Umida yana bir karra o‘z salohiyatini namoyon etdi. U 72 kg vazn toifasida qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik raqibalarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi hamda Jahon chempionatiga yo‘llanmani ham ta’minladi.

🔹Gʻalaba muborak!


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍103🔥1
🔴 HAFTA DAYJESTI

28-aprel-4-may kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


❇️Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

❇️XALQARO MUSOBAQALAR GʻOLIBI BO‘LGAN BUXOROLIK O‘QUVCHI TANIQLI KOSMONAVT BILAN UCHRASHDI

❇️BILIM VA MAHORAT SINOVI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA


❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA 6 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITISHDI

❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI BUXORO TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI O‘RGANMOQDA

❇️"NAMUNAVIY MAKTAB KUTUBXONASI" qanday bo’lishi kerak?

❇️BOSHQARMA BOSHLIG’i QOROVULBOZOR TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIG’ILISH O’TKAZDI

❇️Qorovulbozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga yangi rahbar tayinlandi

#viloyat_seminari
❇️YAKUNIY DAVLAT IMTIHONLARI QANDAY TARTIBDA TASHKIL ETILADI?

❇️Buxoroda “Shaxmat festivali” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

❇️Buxoro maktablarida yangi elektron tizim: o‘quvchilar davomati nazorat ostida!

❇️Boshqarma boshlig‘i elektron davomat tizimini taqdimot qildi

❇️“MAKTAB SHAXMAT QIROLI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI BO’LIB O’TDI

❇️“BILIM VA MALAKA SINOV MARKAZI” FAOLIYATI BILAN TANISHISH MAQSADIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

❇️2025-YILNING DASTLABKI CHORAGI YAKUNLARIGA BAGʻISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI


❇️2024-2025 o‘quv yili asosiy fan olimpiadalari natijalari muhokama qilindi


❇️Maktabgacha ta’lim tizimida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi

❇️JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINING SALOHIYATINI OSHIRISH MAQSADIGA XIZMAT QILUVCHI HAMKORLIK
MEMORANDUMI


Direktorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

#мактабгача_таълим
❇️BUXOROLIK JAJJI SHAXMATCHI RESPUBLIKA FESTIVALI GʻOLIBLARI QATORIDAN JOY OLDI


#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI – OSIYO CHEMPIONI!


❇️"Biz korrupsiyaga qarshimiz" tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi

#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI OSIYO CHEMPIIONI BO‘LDI!


❇️”Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi boʼlib oʼtdi

❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI OROMGOHLARNING MAVSUMGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
👍31
#Faxr
❇️BUXOROLIK O’QUVCHI OSIYO CHEMPIONATIDA BRONZA MEDALINI QO’LGA KIRITDI

🔹Ayni kunlarda Iordaniya davlatining Ummon shahrida sportning boks turi bo'yicha yoshlar va kichik o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

🔹Quvonarlisi ushbu nufuzli musobaqada Kogon tumanidagi 15-umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi, sport maktabi tarbiyalanuvchisi Mohichehra Hamidova ham 52 kg vazn toifasida muvafaqiyatli ishtirok etib, Iordaniyalik raqibini mag'lub etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi.

❇️G’alaba muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
👏3👍2
#Faxr
❇️MUALLIM UCHUN O‘Z MEHNATI SAMARASINI O‘QUVCHILARIDA KO‘RISHDAN ORTIQROQ BAXT YO‘Q!

🔹O‘qituvchining faoliyati o‘quvchilari erishayotgan natijalar bilan baholanadi. Shu jihatdan tugallanayotgan 2024-2025 o‘quv yili men uchun nihoyatda samarali kechdi, desam sira mubolag‘a bo‘lmaydi.


🔹Joriy yilning 8-12-may kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘quvchilarim – Kamronbek Kamolov kumush, Ulug‘bek Olimjonov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

🔹Dunyoning 9 ta davlatidan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida kechgan bu nufuzli musobaqada ular mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishganidan juda faxrlandim.

⚡️ Chunki muallim uchun o‘z mehnati samarasini o‘quvchilarida ko‘rishdan ortiqroq baxt yo‘q!

Behruz AVEZOV,
Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#мактабгача_таълим
#Faxr_va_mas’uliyat

❇️BIZ SHUNCHAKI ODDIY XODIM EMAS, MILLAT KELAJAGI TARBIYACHILARIMIZ!

- deydi faxr bilan Shofirkon tumanidagi 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori o'rinbosari, “Yil tarbiyachisi-2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi 3-o‘rin g‘olibasi Sabina Gʻuzorova.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍5
#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI – O‘ZBEKISTON CHEMPIONI!

🔹Buxoro shahridagi 29-umumtaʼlim maktabining 9-sinf o'quvchisi Asadbek Olimov darsdan so‘ng sportning o‘zbek jang san’ati turi bilan shug‘ullanib keladi.


🔹Bu borada yaxshigina mahorat va tajribaga ega bo‘lgan yosh sportchi bellashuvlarda salmoqli natijalarni qayd etib kelmoqda.

🔹Yaqinda Asadbek o‘zbek jang san'ati sport turi bo'yicha o‘tkazilgan Oʻzbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni qo‘lga kiritib, “O‘zbekiston chempioni” degan nomga musharraf bo‘ldi.

⚡️Gʻalaba muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍5🔥1
🔴 HAFTA DAYJESTI

19-25-may kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


#Xalqaro_hamkorlik
❇️BUXORO SHAHRIDAGI MAKTABGA KOREYALIK O‘QUVCHILAR TASHRIF BUYURISHDI


#Jarayon
📚 KASBIY RIVOJLANISH KUNI — O‘SISH VA YANGILANISH SARI QADAM!


❇️Olot tuman “Barkamol avlod" bolalar maktabidak "Barkamol avlod bolalari” festivali bo‘lib o‘tdi.

#Ўқув_семинар
❇️ INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLAGA TENG IMKONIYAT!


❇️”OROMGOHLAR BIZNI CHORLAYDI” mavzusida tegishli tashkilotlar hamkorligida viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

BOSHQARMA BOSHLIGʻI MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANMOQDA


❇️BUXORODA “DOLZARB 90 KUNLIK” TADBIRLARIGA START BERILDI

“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALINING VILOYAT BOSQICHI

#мактабгача_таълим
❇️"GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI


#Jarayon
❇️BUXORODAGI 24 TA TAYANCH MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA NAVBATDAGI "METODIK MAHORAT KUNI" TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA


❇️Olot tumanida ta’lim tizimidagi islohotlar va 2024–2025-oʻquv yili sarhisobiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

#Faxr
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI – O‘ZBEKISTON CHEMPIONI!

❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI MAKTABGACHA TA’LIM SIFATINI O‘RGANMOQDA

#мактабгача_таълим
❇️"GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASINING SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI


#Jarayon
❇️“YOZ MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZAYLIK” SHIORI OSTIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA


❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI PESHKU TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI O‘RGANMOQDA

❇️"Gimnastikada ilk qadam" musobaqasining Buxoro tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

❇️“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining Buxoro viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

#халқаро_hamkorlik
❇️BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KOREYA TA’LIM MARKAZI DIREKTORI BILAN UCHRASHDI


🟢BUXORODA “GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

#Fotolavha
#Topshiriq_va_ijro
❇️BUXORODA “INNOVASION TA’LIM KLASTERINI TASHKIL ETISH ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” MAVZUSIDA VILOYAT FORUMI O‘Z ISHINI BOSHLADI


❇️"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING BUXORO VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

❇️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIDA SO’NGGI QO’NG’IROQ TADBIRLARI BO’LIB O’TDI

❇️“ILM – ENG BUYUK SHARAF!” SHIORI OSTIDA SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
👍4