BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.2K subscribers
35.3K photos
3.22K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#DIQQAT_MUHIM

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida PASPORT (ID KARTA) olishlarini so‘raydi

Ma’lumki, abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.

❗️Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.


🧑🏻‍💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.


Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

⚡️Farzandingizning Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍9
#Diqqat_muhim
#Garvardchilar_maktabi

“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni savollaridan namunalar e'lon qilindi

📝 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati saralash imtihoni uchun test savollaridan namunalar berib borilmoqda.

Bunda siz 3 ta darajadagi savol namunalarini ishlash va saralash imtihoniga tayyorgarlik ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


👉 Mazkur testlar bilan
Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab internati rasmiy telegram kanali orqali tanishib borishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun: maktabda o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.


Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1