BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
20.5K subscribers
34.1K photos
3.1K videos
179 files
14K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:

3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so'm;
3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so'm;
oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;
oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so'mdan.

✔️Shuningdek, yolg'iz fuqarolarga, farzandi bo'lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga oylik 380 ming so'm moddiy yordam tayinlanadi.

📌
Ma'lumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1519

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?

2025-2026-o‘quv yili uchun pedagog xodimlarga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati bilan tanishing.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1072

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Bilasizmi

O‘quvchilar darslarni radio orqali tinglab ham darsga qatnashgan hisoblanadi — Avstraliya

Avstraliyaning chekka hududlarda yashovchi ba’zi o‘quvchilar maktabga borish imkoniyatiga ega bo‘lmagani uchun darslarni radio orqali tinglash orqali ta’lim oladi va bu rasmiy o‘qish jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1091

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Bilasizmi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishda tashkilot direktori va tibbiyot xodimining vazifasi nimadan iborat?

Batafsil
👉 https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-19-4

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Bilasizmi?
❇️Maktabgacha ta’lim tashkilotida Brakeraj komissiyasi faoliyati qanday tashkil etiladi ?

🔹Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bugun bolalarni sifatli va sog’lom ovqatlantirish ,ularni sog’lom va barkamol o’sishini ta’minlash ,oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash ,taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga mos sharoit yaratish lozim.Shu sababli har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat maxsulotlari va taomlar sifatini o’rganish bo’yicha brakeraj komissiyasi tashkil etilgan.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-03-4

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Bilasizmi

"G'or maktabi" haqida eshitganmisiz?

Xitoyda joylashgan bu maktab o‘zining noyob joylashuvi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. 1984-yili g‘orda 8 nafar o‘qituvchi va 186 nafar o‘quvchi bilan maktab ish faoliyatini boshlagan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/895

Telegram I Facebook I YouTube
#Bilasizmi

🪙Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

✔️Bunda mazkur sertifikatlar boshlang‘ich darajada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darajada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplanadi.

❇️Bundan tashqari, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko‘ra, inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan.

❇️Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim tashkil etiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va кmaktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘lingh:👇
Telegram | Facebook
#Bilasizmi

🤩Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1519

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?
🟢Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglar qanday tartibda jalb qilinadi?

Boshqa hududlardan jalb etiladigan o‘qituvchi-pedagoglar

tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
dars berayotgan fani bo‘yicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi;
boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan bo‘lishi;
amalda faoliyat yuritayotgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatida mavjud bo‘lmasligi talab etiladi.

Boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglarga qanday tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar belgilanadi.

Bunda:
bir ma’muriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida;
boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan — boshqa viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida maxsus ustamalar to‘lanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi o‘quv yili uchun ham to‘lanadi.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan maktabning Ishchi guruhi tomonidan o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasidan belgilangan ustama miqdori (foizi) bir o‘quv yili davomida saqlanadi va keyingi o‘quv yilida ushbu maktabning Ishchi guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa hududdan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglarga munosib sharoitlar yaratish uchun ularni borgan hududda uy-joyi bo‘lmagan taqdirda, tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishini ta’minlaydi.

Boshqa hududlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan vakant soatlar bo‘yicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumta’lim maktabi direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori