BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI
ANGLIYADAGI MAKTABLARDA
DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍4
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgani haqida
xabar bergandik.

🔴 Bugun ushbu tanlovda g’olib bo’lgan direktorlar Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirish uchun jo’nab ketishdi.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Jarayonlar haqida rasmiy sahifalarimizda yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Таълим_саёҳати
#Angliya

Buyuk Britaniya: xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktablar o’quvchilarining ta’lim sayohati boshlandi


Ayni vaqtda “Xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilari ta’lim sayohati uchun Londonda bo’lib turishibdi.

Kunning birinchi qismida o’quvchilar Temza, Trafalgar maydoni, Bukingem saroyi, “Big Ben” va “Tower Bridge” kabi diqqatga sazovor joylarda bo’lishdi.

📍Sayohat davomida shuningdek Angliya ta’lim jarayonlari, jumladan, “Ardmor” til o‘qitish maktabi, Kembrij, Oksford universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, Kembrij, London, Vinzor, Oksford shaharlari, Temza daryosi bo‘ylab sayohat qilish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5