BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.07K subscribers
26.7K photos
2.47K videos
111 files
11.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#соҳага_доир_ҳужжатлар

Prezidentning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga doir qarori e’lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:


nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;

nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

🔹2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

✔️ Bunda, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi ushbu tashkilot tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#соҳага_доир_ҳужжатлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#соҳага_доир_ҳужжатлар

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🔹Unga ko‘ra, ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi.

❗️Loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;

yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta’lim turlari va darajalari o‘rtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishda vazirlik va idoralarga x,ar tomonlama ko‘maklashish;

ta’lim sifatini nazorat qilish yo‘nalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.


👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1469

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#соҳага_доир_ҳужжатлар
#eslatma

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi tegishli qarori bilan:

2025-yil 1-yanvardan — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi
miqdorlari belgilangan.

👉 To‘lov miqdorlari bilan quyida batafsil tanishish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin