BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.5K subscribers
35.2K photos
3.21K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

Maktablardagi sinf doskalarini taʼmirlash qay tartibda tashkil etiladi?

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-241-son qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga:

hududdagi maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash;

maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari qoʻyilgan.


👉 Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining IV guruh xarajatlari tegishli tuman va shaharlar budjetlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

📍 Shunga muvofiq, umumtaʼlim muassasalari rahbari mahalliy hokimliklar tomonidan umumtaʼlim muassasalarini moddiy-texnik bazasani mustahkamlash uchun ajratilayotgan tegishli mablagʻlar hisobidan sinf doskalarini taʼmirlash va boʻr sotib olishni taʼminlaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

Mening ikki nafar farzandim bogʻchaga boradi. Bogʻcha tarbiyachilari shu oydan boshlab bogʻcha puli oshganligini aytyapti. Agar toʻgʻri boʻlsa, endilikda ikki nafar bolamga qancha pul toʻlayman?

❗️ Ha, toʻgʻri. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilanganligi koʻrsatilgan.

👉 Ushbu toʻlov miqdorlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

📍Maʼlumot uchun: davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar toʻlovi belgilangan.

Bu tartibni poytaxtimiz misolida oladigan boʻlsak, maʼlum bir oiladan davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan bir nafar bola uchun 272 ming soʻm, oʻsha oiladan aynan shu davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan ikki va undan ortiq bolalarning har bir uchun 194 ming soʻm toʻlanadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2
#Сўраган_эдингиз

Farzandimni xususiy maktabdan Toshkent shahridagi davlat maktabiga o‘tkazishim uchun qayerga murojaat qilishim kerak?

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn shaklda ariza yuborish lozim.

Yuborilgan ariza maktab ma’muriyati tomonidan 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va arizaga ijobiy javob berilgan taqdirda bu haqda elektron tizim orqali xabar beriladi.

Shundan so‘ng, o‘quvchining hujjatlari (baholar tabeli, tibbiy kartasi) avvalgi maktabidan olinib, yangi maktabiga olib borib beriladi va farzandingizni maktabga qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifa

Attestatsiyada qatnashish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? Eshitishimcha, qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi hujjat ham kerak ekan, shu rostmi?


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda ushbu tartib koʻrsatib oʻtilgan.

Unga koʻra, nomzod pedagog tomonidan oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan soʻrovnomaga pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma) ilova qilinadi.

Shuningdek, agar nomzod pedagogning qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi mavjud boʻlsa, u ham taqdim etiladi.

Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

❗️Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi.


👉 Maʼlumot uchun: notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifa

Men birinchi malaka toifa olganimga besh yil boʻldi. Maktabimiz direktori toifa uchun bu yil qayta imtihon topshirishimni aytyapti. Shunda men majburiy imtihon topshiramanmi yoki ixtiyoriy? Agar oʻtolmasam, hozirgi malaka toifamdan ayrilamanmi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:

pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

❗️ Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Shuning uchun pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.

Amaldagi tartibga koʻra, majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan birinchi malaka toifasiga ega pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:

80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa, oliy malaka toifasiga ega boʻlgan;

70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa, attestatsiyadan oʻtgan hamda birinchi malaka toifasini saqlab qolgan;

70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va ikkinchi malaka toifasiga tushiriladi.

👉 Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2
#сўраган_эдингиз

Maktab oshxonalarida oʻquvchilar uchun qaysi oziq-ovqatlar tavsiya etilgan?


“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” (Adliya vazirligi tomonidan 2021-yilda 32-raqam bilan hisobga olingan)da bu haqida batafsil maʼlumot keltirib oʻtilgan.

Umumtataʼlim muassasalaridagi bolalar va oʻsmirlar uchun isteʼmolga tavsiya etiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti

Umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari roʻyxati

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
#Сўраган_эдингиз

Savol:
Men defektologiya bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarida o‘qimoqchi edim. Yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼlumot bersangiz?

Javob:
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining qayta tayyorlov kurslarida maxsus taʼlimning quyidagi 4 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishingiz mumkin:

Logopediya
Oligofrenopedagogika
Surdopedagogika
Tiflopedagogika


Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilinadi

📞Bog‘lanish uchun tel:

55 508 06 67
+998 93 705 13 19


🌐Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook
 
📺YouTube📷Instagram
#Сўраган_эдингиз
❇️KIMLAR SINF RAHBARI BO‘LISHI MUMKIN?

🔹
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.


🔹Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍3😱1
#Сўраган_эдингиз
❇️BIR O‘QITUVCHI BIR VAQTNING O‘ZIDA IKKITA SINFGA RAHBAR BO‘LA OLADIMI?

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra,


🔹Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi. Shu tartib 5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qo‘llaniladi.

🔹Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va boshqa sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifa

Men navbatdan tashqari malaka sinovlarida qatnashish uchun fevral oyining soʻnggi kunida murojaat yuborgandim. Ammo shaxsiy kabinetimda arizam qabul qilinganligi haqida maʼlumot chiqmayapti. Murojaatimni qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilsam boʻladi?


Avvalo shuni aytib oʻtishimiz lozimki, joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilishi belgilangan malaka sinovlarida ishtirok etish uchun barcha murojaatlar 1-martga qadar, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun yuborilgan murojaatlar uchun toʻlovlar 10-martga qadar qabul qilindi.

❗️Agar siz ushbu vaqtlarga qadar murojaat yuborgan (toʻlov qilgan) boʻlsangiz, arizangiz ayni vaqtda oʻrganish jarayonida. Oʻrnatilgan tartibga koʻra, ushbu jarayonlar 25-30 kun vaqtni oʻz ichiga oladi.

👉 Shu vaqt ichida sizga oʻrganish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetingizga xabar yuboriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
#сўраган_эдингиз
#2_savolga_2_javob

Maktab bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar aynan qaysi oʻquvchilarga beriladi?


❗️ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:

Oltin medal umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha choraklik, yillik va yakuniy nazorat baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga;

Kumush medal umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Oltin va kumush medallar uchun oliy taʻlim muassasasiga kirishda imtiyozlar beriladimi?

❗️Mazkur Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilarga imtiyozlar berilishi koʻzda tutilmagan.

👉 Ushbu taqdirlashdan asosiy maqsad, oʻquvchilarni taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish va iqtidorli oʻquvchilarning bilimini ragʻbatlantirishdan iboratdir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍3🤔1
#сўраган_эдингиз
#2_savolga_2_javob

Maktab bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar aynan qaysi oʻquvchilarga beriladi?


❗️ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:

Oltin medal umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha choraklik, yillik va yakuniy nazorat baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga;

Kumush medal umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Oltin va kumush medallar uchun oliy taʻlim muassasasiga kirishda imtiyozlar beriladimi?

❗️Mazkur Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilarga imtiyozlar berilishi koʻzda tutilmagan.

👉 Ushbu taqdirlashdan asosiy maqsad, oʻquvchilarni taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish va iqtidorli oʻquvchilarning bilimini ragʻbatlantirishdan iboratdir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Сўраган_эдингиз
#инклюзив_таълим

Nodavlat maktablarda ham inklyuziv sinflar tashkil etish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

nodavlat taʼlim tashkilotlari ham barcha zarur sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etishlari mumkin.


Nodavlat taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

👉 Maʼlumot uchun: Nizomga muvofiq, inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etishdagi asosiy talablardan biri — oʻquvchilarning maktab binosi ichida harakatlanishi va taʼlim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
#Сўраган_эдингиз
❇️KIMLAR SINF RAHBARI BO‘LISHI MUMKIN?

🔹
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.


🔹Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍3
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025

Bu yil farzandim 1-sinfga boradi. Biz yashaydigan mahallada ikkita yonma-yon 7- va 17-sonli maktablar bor. Uyim maktabga biriktirilganligini qanday aniqlasam bo‘ladi?

Аmaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuman, shahar hokimliklari qarori bilan mikrohudud belgilanadi, ya’ni, maktablarga yaqin hududlar (mahalla, ko‘cha, ko‘p qavatli uylar) maktablarga biriktiriladi.

Shuningdek, Vazirlikning my.maktab.uz elektron portalida yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan maktabni topish imkoniyati yaratilgan.

Buning uchun, yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib, farzandingizni ta’lim olish tilini tanlab qidirish tugmasini bossangiz qaysi maktabga biriktirilganligi bilib olishingiz mumkin.

❗️Bu bo'yicha vazirlik tomonidan videoyo'riqnoma ham tayyorlangan.

Farzandimni maktabga joylashtirish uchun onlayn ariza topshirmoqchi edim, ammo avval ro‘yxatdan o‘tgan degan xabar chiqmoqda. Bu masalada kimga murojaat qilishim kerak?

Siz ro‘yxatdan o‘tish uchun kiritgan telefon raqami orqali my.maktab.uz tizimida avval ham ro‘yxatdan o‘tilganligi sababli shu xatolik yuzaga kelgan.

Qayta ariza topshirish uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan boshqa telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki “Call markazi”mizga
71-203-07-04, 71-203-04-03 murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron platforma orqali ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Yashash manzilim topilmadi” degan yozuv chiqmoqda, nima qilish kerak?

Bu holatda siz hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yoki tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak. Yashash manzilingizni elektron platformaga kiritilganidan so‘ng, ariza bera olishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025

Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsam bo‘ladimi?

Yo‘q, dastlab joriy yilning 31-iyuligacha faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustgacha esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.

Men xorijiy davlat fuqarosiman. Farzandimni O‘zbekistondagi maktabga 1-sinfga qo‘ya olamanmi? Buning tartibi qanday?

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portali my.gov.uz platformasida “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025

Farzandim yashash hududimga biriktirilgan maktabga elektron platforma orqali onlayn qabul qilib bo‘linganidan so‘ng, fikrim o‘zgarsa — yana boshqa maktabga ariza yubora olamanmi?

Agar ariza maktab tomonidan qabul qilib bo‘lingan bo‘lsa, arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, 1-avgustdan boshlab shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab qayta ariza bera olasiz.

Tanlangan maktabdagi bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqib, farzandingiz mazkur maktabga qabul qilinishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida tashkil etilgan “Call markazi”ga 71-203-07-04, 71-203-04-03 murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron platforma orqali ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Yashash manzilim topilmadi” degan yozuv chiqmoqda, nima qilish kerak?

Bu holatda siz hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yoki tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak. Yashash manzingiz elektron platformaga kiritilganidan so‘ng, ariza berishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Сўраган_эдингиз
#kasbiy_sertifikatlash

Men ishga kirganimga bir yil toʻlmasdan tugʻruq taʼtiliga chiqqan edim va joriy yil boshida ishga qaytdim. Maktabimiz rahbari yangi oʻquv yilidan dars berishim uchun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishim lozimligini aytyapti, shu toʻgʻrimi?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga asosan, pedagogik kasbiga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozimligi belgilangan.

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ga koʻra, quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar (taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);
uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar (davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida);
uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar (ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida).

❗️ Bundan koʻrinib turibdiki, siz qaror talablariga binoan keyingi yil oʻtkaziladigan kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishingiz tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

00:01 dan boshlab ➡️ maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

02:13 dan boshlab ➡️ 2 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish mumkinmi, buning tartibi qanday??

👉 Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Gulbahor Parpiyeva batafsil javob beradi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯1
#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

Men oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bogʻcha rahbariman. Endilikda kambagʻal oilalar bolalari uchun oilaviy bogʻcha uchun toʻlanadigan pulning maʼlum bir qismi davlat tomonidan berilarkan, shu toʻgʻrimi?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli qarorida bu haqida batafsil keltirib oʻtilgan. Unga koʻra:


🔹 2025-yil 1-avgustdan boshlab — ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibi joriy qilinadi.

Bunda kompensatsiya miqdori ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi.

👉 Kompensatsiya oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga ularga ajratiladigan subsidiyalar bilan birga toʻlab boriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2