BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
16.9K subscribers
36.4K photos
3.29K videos
182 files
14.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#jarayon
✳️BUXORODA O‘TAYOTGAN “NASRIDDIN AFANDI” FESTIVALIDA MAKTAB O‘QUVCHILARI HAM FAOL ISHTIROK ETISHMOQDA

🔹Bugun, 1-aprel kuni Buxoro shahrida hazil-mutoyiba bayrami – “Nasriddin Afandi” an’naviy festivali bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Festival doirasida “Labi Hovuz” majmuasi, “Nodir Devonbegi” madrasasi, Nasriddin Afandi haykali atrofida xalq sayli va milliy hunarmandchilik yarmarkalari tashkil etilgan.

🔹Shuningdek, turli tomoshalar, mutoyiba davralari hamda ko‘rik-tanlovlar ham bo'lib o'tmoqda.

🔹Mazkur festivalda maktab o‘quvchilari ham o‘z chiqishlari bilan faol ishtirok etishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
📣 2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

👉Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

🔊 Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

🗺 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#jarayon
❇️BUXORODA “TURON” MAKTAB TEATRI” TANLOVIGA START BERILDI

🟣 Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi.

🟢Bugun, 1-aprel kuni Buxoro viloyatida ham mazkur tanlovning tuman(shahar) bosqichlariga start berildi.

Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;
Hududiy bosqichi — 22-apreldan 4-may kunlari;
Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari

🟣Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

Suratlarda tanlovning Buxoro shahar bosqichidan lavhalar aks etgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍9
#Faxr
✳️4 YOSHLI SHAHZODBEK MENTAL ARIFMETIKASI BO‘YICHA RESPUBLIKA MUSOBAQASI GʻOLIBI BO‘LDI

🌈Romitan tumanidagi "Znayka" maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi 4 yoshli Shahzodbek Egamberdiyev bir muddat ilgari mental arifmetikasi musobaqasining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

🌈Yaqinda bu jajji bilag‘on poytaxtimiz Toshkentda bo‘lib o‘tgan respublika musobaqasida ham g‘oliblik shohsupasini zabt etib, Turkiyaga yo‘llanma oldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍81
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchi attestatsiya test sinovi vaqitda uch marotaba boshqa tomonga qarasa test yopilib qoladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda attestatsiyada test sinovi paytida o'qituvchi boshqa tomonga qarab, kim bilandir gaplashgan bo'lsa, yoki ko'p harakatlansa, o'qituvchi yuqori ball yiqqan bo'lsa ham uning natijalari bekor qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi.

xalqtaliminfo.uz tahririyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar qanchalik asosli ekanligiga oydinlik kiritish maqsadida vazirlik mas'ullaridan javob oldi. Batafsil videoda.

Telegram I Facebook I YouTube
👍1👎1
📣 4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.

❗️TALIS - Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganish xalqaro tadqiqoti boʻlib, unda maktab direktorlari va oʻqituvchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali ishtirok etadi.

✔️Tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (shundan tayanch oʻrta taʼlim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. Oʻzbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

👉 Maʼlumot uchun: Ertaga “Dolzarb mavzu” loyihasi orqali vazirlik mutaxassislari bilan shu mavzu doirasida muloqot tashkil etiladi. Unda TALIS 2024 tadqiqotining asosiy maqsadi, oʻtkazilish tartibi, soʻrovnoma orqali qanday maʼlumotlar toʻplanishi xususida batafsil maʼlumot beriladi.

☝️Muloqot vazirlikning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2