BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.03K subscribers
26.8K photos
2.48K videos
111 files
11.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#viloyat_seminari
❇️USMON NOSIR TAVALLUDIGA BAGʻISHLANDI

🔹Kogon tumanidagi 3-umumta’lim maktabida Iste’dodli shoir Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ”Chaqmoqdek chaqnagan chaqin” mavzusidagi viloyat ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda shahar va tuman xalq ta’limi metodistlari va umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida ilg‘or tajribali fan o‘qituvchilari hamda Buxoro davlat universitetining filologiya fakulteti o‘qituvchilari tomonidan namunali mashg‘ulotlar va mahorat darslari tashkil etildi. Bunda ona tili va adabiyoti darslarini o‘tishda kompetensiyalarni shakllantiruvchi ilg‘or pedagogik texnologiyalar va metodlardan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Seminar doirasida “Unutmas meni bog‘im” mavzusida tayyorlangan badiiy-musiqiy tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️JISMONIY TARBIYA HAMDA CHAQIRIQQA QADAR BOSHLANGʻICH TAYYORGARLIK FANLARINI SIFATLI VA SAMARALI O‘QITISH BORASIDA MUHIM TAVSIYALAR BERILDI

🔹Jondor tumanidagi 45-umumta’lim maktabida “Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni jismoniy hamda ruhiy rivojlantirish omillari” mavzusida viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari mas’ul metodistlari hamda umumta’lim maktablarining ilg‘or tajribali o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar davomida tumandagi 3-, 22- va 45-maktablarning o‘ziga xos tajriba va mahoratga ega jismoniy tarbiya hamda chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari tomonidan namunali ochiq darslar va to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔹Bunda mavzularning ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida sifatli va qiziqarli olib borish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
🔹2022-202Z -o'quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida an'anaviy qog'oz ko'rinishidagi sinf jurnallari va qog'oz kundaliklarni yuritish bekor qilinib, o'quvchilarning davomatini va bilimini baholash jarayonini raqamlashtirishda Kundalik.com milliy raqamli ta'lim platformasiga o‘tilishi belgilangan.
Yangi o‘quv yilidan viloyatimizdagi mavjud 538 ta maktablar ham mazkur tizimda ish olib boradi.

🔹Ayni paytda Xalq ta’limi vazirligining yagona elektron tizimi erp.maktab.uz hamda Kundalik.com elektron jurnal patformasidan foydalanish va uni to‘g‘ri yuritish bo‘yicha maktab rahbarlarining mas’uliyatini oshirish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joylarda o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

🔹Mazkur seminarlar jarayonida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan maktab rahbarlariga batafsil ma’lumotlar va tavsiyalar berib borilmoqda.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#Viloyat_seminari
❇️O‘QUVCHI RUHIYATIDAGI SALBIY O‘ZGARISHLARNI O‘Z VAQTIDA ANGLASH VA BARTARAF ETISH MUHIM

🔹Bugun, 15-sentabr kuni Buxoro shahridagi 23-umumta’lim maktabida “Maktablarda o‘quvchilarni tang holatlari haqidagi xabardorlik, bu holatning oldini olish, aralashuv va undan keyingi chora-tadbirlar bo‘yicha ko‘rsatmalar” mavzusida viloyat seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari va umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etdilar.

🔹Seminar davomida mavzu doirasida taqdimotlar, qiziqarli trening-mashg‘ulotlari tashkil etilib, o‘quvchi ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida anglash va bartaraf etish omillari bo‘yicha zaruriy bilim va tavsiyalar berildi

Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️MILLIY DASTUR - KELAJAK POYDEVORI

🔹Kogon shahridagi 9-umumta’lim maktabida “Milliy dastur-kelajak poydevori” mavzusida viloyat seminar tashkil etildi.

🔹Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, metodistlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida TIMSS xalqaro tadqiqotining amaliyotga joriy etilishi va STEAM – ta’lim tizimidagi o‘ziga xos yondashuvlarga alohida ahamiyat qaratildi.

🔹Tajribali o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️YANGI DARSLIKLARGA YANGICHA NIGOH

🔹Buxoro shahridagi 13-umumta’lim maktabida"Yangi darsliklarga yangicha nigoh” shiori ostida "6-, 7-, 10-sinflarda Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga keng joriy etish: muammolar, yondashuv va tahlil" mavzusida viloyat amaliy-uslubiy seminari tashkil etildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-10-06-3

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️Bugun, 20-aprel kuni Buxoro shahridagi 42-IDUMda shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining mas’ullari hamda Buxoro shahridagi umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida viloyat miqyosida amaliy-uslubiy o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-04-20

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#viloyat_seminari
❇️BOLALARGA YO‘L HARAKATI QOIDALARINI O‘RGATIB BORISH – ULARNING XAVFSIZLIGINI TA’MINLAYDI

🔹Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari orasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy o‘rgatish maqsadida “Diqqat yo‘lovchi, diqqat bolalar!” amaliy va nazariy viloyat seminari tashkil etildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-05-04-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
#viloyat¬_seminari
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va IT Park Buxoro viloyati hududiy filiali hamkorligida tuman va shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarining AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha metodistlari hamda informatika fani o'qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida masofaviy ta’lim tizimini kengaytirish, xalqaro “Coursera” platformasining onlayn kurslaridan foydalanish, uzbekcoders.uz platformasida o‘qish orqali yoshlarning IT sohasiga qiziqishini orttirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasi onlayn ta’lim resurslari foydalanish, shuningdek, ushbu platforma orqali o‘quvchi- yoshlarni va davlat xizmatchilarini xalqaro IT-sertifikatlariga o‘qitishni samarali tashkil etish bo‘yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

❇️Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#viloyat_seminari
❇️4K MODELI VA UNI JORIY ETISHNING SAMARALI USULLARI BILAN TANISHILDI

🔹Yangi o‘quv yilidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida ta’lim olishmoqda. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K tamoyili asosida ishlab chiqilganidadir. Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o‘qish-yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi. O‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.

🔹Xo‘sh, 4 k nima va bu yangicha tamoyilni fanlarni o‘qitish jarayonida qanday joriy etish lozim?

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-trening jarayonida ishtirokchilar bu savollarga batafsil javob oldilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-09-19

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |