BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.5K photos
3.25K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бухоро xалқаро тиббиёт техникумида 2025-2026 ўқув йили учун қабул бошланди!

Сиз ҳам тиббиёт ходими бўлишни истайсизми? Унда сизда ажойиб имконият бор! Ҳозирда “Бухоро халқаро тиббиёт техникуми”да ушбу йўналиш бўйича қабул жараёнлари бошланди:
📚 50910203 — Ҳамширалик иши (3 йил).
⚡️ ВАЗИФАЛАР
Инсон саломатлиги йўлида беморларга оғриқсиз инъекция қилиш ва даволаш;
Мавсумий касалликларга қандай тайёрланиш, олдини олиш ва даволаш;
Ўткир касалликларга биринчи ёрдамни юқори даражада тўғри кўрсата билиш;
Врач ёки 103 тез тиббий ёрдам бригадаси келгунга қадар ўткир, сурункали касалликларни тўғри ва тез аниқлаб, керакли ёрдамни бера билиш;
Тиббий деонтологияга қатъий риоя қилиш, қандай вазият бўлмасин, бемор фикри тўғрилигини тасдиқлаб, ижобий ёрдам кўрсатиш.
Компьютер саводхонлиги қисқа курслари
Хорижий тилларни мукаммал ўргатиш

⚡️ АСОСИЙ МАҚСАД

Хорижий давлатлар билан таълим тизимини йўлга қўйиб, Ўзбекистон ва хориж давлатларига малакали тиббиёт ходимларини етказиб бериш ва уларни иш билан таъминлаш.

💻 Ҳужжат топшириш: bxtt.uz (https://bxtt.uz/) сайти орқали
☎️ Мурожаат учун:
+998553037777
+998505877171
+998914102866
+998911706666
+998934597778

📍 Манзил: Бухоро шаҳри, Абу Али ибн Сино номидаги жамоат саломатлиги техникуми биносида

📖 Бухоро халқаро тиббиёт техникуми — юқори сифатли таълим учун масъулмиз!

  Сифатли таьлим янги Ўзбекистон пойдевори
👍2
#Kun_hikmati

🫥Ta’limga kiritilgan har qanday sarmoya — o‘zingiz va kelajagingiz uchun eng ishonchli investisiyadir.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Dolzarb_90_kun
#Ovozli_chat

🔄Hurmatli ustozlar!

🔵Sizlarni Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn dars (Ovozli chat) mashgʻulotlariga taklif etamiz! Oʻz ustida ishlovchi va jamiyat taraqqiyotiga befarq boʻlmagan ustozlarni kutib qolamiz!

✈️Mavzu:Cambridge MFP 
texnologiyasi orqali o'quvchilarning llingvistik kompetentsiyalarini rivojlantirish

📞Ma’ruzachi: Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Ra'no Ergasheva

Oʻtkazilish vaqti: 17.07.2025
16:00


🫥Yana qaysi mavzularda onlayn darslar tashkil etilishini istaysiz? Quyidagi havolada takliflaringizni qoldiring, albatta javob beramiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan

🟢 “Jadidlar izidan” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi Sharapova Madinabonu Farruxovna bilan OVOZLI CHAT!

📅 19-iyul, 2025-yil
🕒 Shanba, 20:00 da

🤔 Sizni “Jadidlar izidan” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bilan o‘tkaziladigan ovozli chatda ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu chatda quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:

1. “Jadidlar izidan” tanloviga tayyorgarlik va izlanishlar.
2. Yosh jadidlar o‘rtasidagi qizg‘in raqobat.
3. Ta‘lim sayohatining kelajak hayotimga ta‘siri.

▶️ Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bizni kuzatib, savollarni berish va muhokamalarga qo‘shilishga chaqiramiz.

📣 Ovozli chat @jadidlarizidanuz telegram kanali orqali o‘tkaziladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🌈Jondor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🌈Buxoroda “Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya
#Bunyodkorlik
🟢Gʻijduvondagi 5 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda

🫥Ayni paytda Gʻijduvon tumanida Investisiya dasturi doirasida 4 ta umumta’lim maktabi va 1 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan,

15-umumta’lim maktabi hududida 660 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilmoqda. Bu maqsadda 9 mlrd 920 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

19-umumta’lim maktabi hududida 540 o‘rinli yangi bino barpo etilmoqda. Loyiha uchun 6 mlrd 480 mln so‘m ajratilgan.

39-umumta’lim maktabi hududida 300 o‘rinli bino qurilishi amalga oshirilmoqda. Bunyodkorlik uchun 3 mlrd 600 mln so‘m yo‘naltirilgan.

46-umumta’lim maktabida esa mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Sinf xonalari, koridorlar va infratuzilmalar yangilanmoqda. Ushbu ishlar uchun 11 mlrd 743 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

63-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 90 o‘rinli yangi bino barpo etilmoqda. 2 mlrd 700 mln so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilayotgan bu loyiha tufayli bog‘chaga qabul imkoniyatlari yanada kengayadi.

🔄Ushbu qurilish va ta’mirlash ishlari tufayli yangi o‘quv yilida tumandagi ta’lim muassasalarida shart-sharoitlar yanada yaxshilanib, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarga zamonaviy va qulay muhit yaratiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Endilikda o'quvchilar dunyoning top-100 oliygohlariga bepul tayyorgarlik ko'rishadi

📣 Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga qabul davom etmoqda. Milliy dasturga qabul qilingan yoshlarga amaliy tajribaga ega mentorlar biriktiriladi.

🖥Ushbu mentorlar tomonidan maxsus platforma orqali darslar tashkil etiladi. Darslarda xorijning yetakchi oliygohlari tomonidan qo'yiladigan talablar va o'quvchilar ushbu talablarga qanday qilib tayyor bo'lishlari o'rgatib boriladi.

🔵Shuningdek, Renessans oromgohida har yili oflayn uchrashuvlar va mahorat darslari ham o'tkaziladi.

😇Bilimli yoshlarimiz uchun xorijning nufuzli universitetlariga ta'lim sayohatlari tashkil etiladi!

💥 Bu hali hammasi emas. Dunyoning top 100 talik reytingidagi oliygohlarga 50% grant asosida qabul qilingan dastur ishtirokchilarining o'qish xarajatlari ham kvota doirasida qoplab beriladi.

🤩Eng quvonarlisi, xorijda o'qiydigan yoshlar yagona hamjamiyatga birlashtirilib, yurtimiz bilan doimiy aloqalari va qaytgach ish bilan ta'minlanishlari yo'lga qo'yiladi.

Milliy dasturga qo'shiling va ushbu imkoniyatlardan foydalanib qoling!

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Мактабгача_таълим
🫥O‘ynab o‘rganamiz!

🟡3–7 yoshli bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishida o‘yin katta ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan shu yoshda bolalar tabiatan o‘yinkqaroq, faol va so‘zsiz bilimni qabul qilishga moyil bo‘ladilar.


🫥Romitan tumanidagi 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ayni shu jihatga e’tibor qaratgan holda o‘quv mashg‘ulotlari qiziqarli o‘yinlar orqali olib borilmoqda. Bu bolalarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, bilimni oson o‘zlashtirishga yordam beradi.

🌈Raqamlarni o‘rganish, ranglar va shakllarni farqlash, tafakkurni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, jismoniy faollikni ta’minlovchi o‘yinlar – bularning barchasi bolalar uchun iloji boricha o‘yin tarzida tashkil etiladi.

📌O‘yin – bu shunchaki ko‘ngilochar vosita emas, balki tarbiya va ta’limning eng samarali usulidir.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32